19-Amaliy mashg’ulot mavzusi
MIKROPREPARAT TAYYORLASH TARTIBI
Darsning maqsadi: Dorivor o’simlik maxsulotlarini aniqlashda mikropreparatlar tayyorlash bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lish.
Kerakli jixozlar: O’simlik namunalari, etiketkalar, namuna olish tartibi ko’rsatilgan GOST, SOP, qo’lqop, qisqich elektron torozi,
Dorivor o’simlik mahsulotlarni anatomik mikroskopik usulda haqiqiyligini aniqlashda mikroskop bilan ishlashdan oldin uning tozaligini tekshirish kerak. SHundan keyin mikroskopning dastali tomonini o’ziga qaratib to’g’rilanadi.
Dorivor o’simlik mahsulotidan mikropreparat tayyorlash uchun uni yumshatish kerak. Materialni turli usullar bilan: sovuq, issiq, suv bug’i yordamida yoki nam kamerada yumshatiladi.
Sovuq usul bilan yumshatish. Tekshirilayotgan o’simlik mahsulotlari: po’stloq, meva, urug’, yer ustki qismlari, qalin barglarini suv-glitserin-spirt (1:1:1) aralashmasiga solinadi va o’simlik to’qimlalariga suyuqlik to’liq shimilishi uchun bir necha kun unda saqlanadi. Bu vaqt davomida o’simlik xo’jayralaridagi havo chiqib ketadi va mahsulot qisman tiniqlashadi. Materialni sovuq xo’llash usullaridan nacha oddiysi va ko’p qo’laniladigani ob’ektni 1-3 soat davomida suvga solib qo’yish va namlangandan so’ng uni glitserin va spirt (1:1) yoki glitserin-suv-spirt (1:1:1) aralashmalarida 1-3 kun davomida saqladir.
Materialni yumatishni nam akamerada ham olib borish mumkin. Nam kamera sifatida suv solingan eksikatordan foydalaniladi. Mahsulot suvga tegmasligi va faqat u kameradagi nam havo yordamida yumshatilishi kerak. Bu yumshatish usuli ancha vat talab qilsa ham, xujayra strukturasi va uning tarkibi o’zgarmamaydi, ya’ni xujayra shishidan, shilliqnashidan, yuvilishidan va boshqa holatlardan saqlanadi.
Ko’pincha nam kamerada yupqa materiallar 1 kun, qattiq, qalin materiallar 2-3 kun saqlanadi va ular mog’or bilan qoplanmasligi uchun kameradagi suvga 1-2 tomchi fenol, formalьdegid yoki xloroform qo’shiladi. Bu usul bilan mahsulot yumshatilganda undan havo butunlay chiqib ketmaydi, perepart tayyorlayotgan vaqtda, qizdirib havoni chiqarishga to’g’ri keladi.
Issiq usul bilan yumshatish. Bu usul eng oddiy va tez bajariladigan usul hislanadi. Buning uchun mahsulotni 1-2 sm uzunlikdagi qismlari suvda (po’stloq 3-5 daqiqa, o’simlik yer sotki qismi uning qalinligi va to’qimalarining yog’ochlanishi darajasiga qarab 10-30 daqiqa davomida) qaynatiladi. Meva va urug’lar asosan suv qaynab hosil bo’lgan bug’i ustiga dokaga joylashtirilgan holda 15-30 daqiqa yoki undan ko’proq vaqt davomida osib qo’yib yumshatiladi.
Barg va ugllar qalinligiga qarab 2-5 daqiqa davomida 3-5% li ishqor eritmasida qaynatilib yumshatiladi va yoritiladi. So’ngra aralashma Petri idiiga yoki chinni idishgacha solib suv bilan bir necha marta yuviladi. Keyinchalik yumshatilgan mahsulotdan tegishli mikropreparat tayyoralanadi.
Dorivor o’simliklarni laboratoriya sharoitida o’rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |