Mavzu: MIKROORGANIZMLARNI ZAMONAVIY
SISTEMATIKASI
Reja:
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlari.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada chuqurroq bilish.
K. Linney taklif qilgan binominal nomenklatura talabi.
Aniqlagichda jami mikroorganizmlar
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o’rganib, ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqazo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologo — biokimyoviy xususiyatlari, mikroorganizmlarini yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo’lib ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi:
1. SHakli va o’lchami;
2. Harakati (xivchinlarining bor — yo’qligi va joylanishi);
3. Kapsulasi;
4. Endospora hosil qilishi;
5. Gram usulida bo’yalishi;
6. Modda almashishi;
7. Energiya olish;
8. Tashqi muhtni o’zgartirishi;
9. Tashqi muhtning mikroorganizmga ta’siri.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada chuqurroq bilishni talab etdi. SHu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy hisoblangan bo’lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o’rganish kerak buldi va molekulyar biologiya erishgan yutuqlar bunga imkoniyat yaratdi, ya’ni 1) mikroorganizm nuklein kislotasining nukleotid tarkibi, purin va pirimidin asoslarining bir—birlariga bo’lgan nisbatlari o’rganiladi va shu asosda ikki guruh mikroorganizmlar farqlari aniqlanadi.2) ikki guruhga mansub mikroorganizm nuklein kislotalarini bir —birlari bilan gibridlab, ular orasidagi nukleotid gomologiyasi (uxshashligi) o’rganiladi. Agar, nuklein kislota tarkibi 80 — 90% ga gomologiya bo’lsa, o’rganilayotgan mikroorganizmlar yakin "karindosh", gomologligi 50% dan kam bo’lsa mikroorganizmlar uzok "qarindosh" hisoblanadiMikroorganizm xususiyatlari aniq o’rganilgandan so’ng, unga K. Linney taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi ikki lotin atamasidan tashkil topgan ilmiy nom beriladi.
Birinchi atama — avlod nomini belgilab, mikroorganizm morfologiyasi yoki fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf ztgan olimning ismi-sharifi yoki ajratib olingan muhtni ifodalaydi.
Ikkinchi so’z esa kichik harfda yozilib mikroorganizmni koloniyasining rangi, kelib — chiqish manbaini, yoki shu mikroorganizm yuzaga keltiradigan jarayon yoki kasallikni yoki boshqa farqlovchi belgilarni bildiradi. Masalan, Bacillus albus. Birinchi so’z — Bacillus - spora hosil tayoqcha, Gram musbat kabi xususiyatlarnianglatsa, ikkinchi so’z - albus - koloniya rangining oq ekanligini bildiradi (albus- oMikroorganizmlarga 1980 yil 1 yanvarda Halqaro bakteriya nomenklaturasi kodeksi koidalariga asosan nom beriladigan bo’ldi. Mikroorganizmlarni yakin belgilariga qarab guruhlash uchun tur (species), avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo’lim (divisio), saltanat yoki odam (regnum) kabi taksonomiya kategoriyalari ishlatiladi.
Tur deb, fenotipik o’xshashlikga ega bo’lgan bir genotipga mansub individlar yiggindisini bildiruvchi taksonomik birlikga aytiladi. Ular kichik tur va variantlarga bo’linadi.Mikrobiologiyada shtamm va klon kabi terminlar ham ishlatilib shtamm deganda har xil tabiiy muhitdan (suv havzasi, tuproq va hokazo) yoki bir muhtdan har xil muddatda ajratilgan yoki har xil ekologik muhit yoki geografik xududdan ajratib olingan bir turga kiruvchi mikroorganizmlar guruhi tushuniladi.Klon — bir hujayradan olingan mikroorganizm kulturasidir. Bir turga kiruvchi individlarning tuplami — (populyatsiyasi) toza kultura deyiladi. Mikrobiologiya, mikroorganizmlar evolyutsiyasi va filogeniyasi haqida ma’lumot yetarli bo’lmaganligi sababli, yuqori o’simliklar va hayvonlar singari, tabiiy sistematikaga ega emas.
SHuning uchun ham, Mikroorganizmlarni sistematikasi sun’iy bo’lib mikroorganizmlarni tashhis qilish va ularni identifikatsiya qilish uchun xizmat tayoqcha aniqlagich vazifasini bajardi. Quyida biz, D.X.Bergining 1984 yilda 9 martda nashr etilgan "Bakteriyalar aniqlagichi" da keltirilgan eng muhim mikroorganizmlarining qisqacha tavsifini Mishustin (1987) tarifi buyicha keltiramiz.
Aniqlagichda jami mikroorganizmlar Procariotae dunyosiga birlashtirilib, u o’z navbatida turt bo’limga, bo’limlar esa sinflarga, tartiblarga, oilalarga, avlodlarga va turlarga Bulinadi.
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining bor-yo’qligi va ularning turiga qarab bo’limlarga, sinf va undan mayda (kichik) taksonomik birliklar esa mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologo — biokimyoviy belgilari yiggindisiga qarab Bulingan.
Bergi Procariotae dunyosini to’rtta bo’limga ajratadi.
I. — Gracilicutes' bo’limi
Bu bo’limga grammanfiy hujayra devoriga ega, sharsimon, ipsimon yoki tayoqchasimon bakteriyalar kiritilgan bo’lib ular harakatchan yoki harakatsiz: endospora hosil qilmaydi. Lekin, meva tanalar hosil tayoqcha miksobakteriyalar miksosporalar hosil taqsim Ko’ayishi kurtaklanish yoki binar bo’linib sodir bo’ladi.. Bo’limga 3 sinf kiradi.
I. Scotobacteria sinfiBu sinf eng katta sinf bo’lib 10 guruhni o’z ichiga oladi.
1 — guruhga Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kiradi. Saprofit, odam va hayvonlarda yukumli kasallik ko’zgatadigan vakillari bor.
2 — guruhga Spirillaceae oilasi kirib, qattiq, spiralsimon buralgan tayoqcha shakliga ega. Saprofit va parazit vakillari bor. Bdelvibrio degan vakili bakteriyalarda parazitlik tayoqcha mayda, bir hujayrali mikroorganizmdir.
3 — guruhga Pseudomonaceae (vakillari tayoqchasimon shaklga ega), Azotobacteriaceae {vakillari oval, tayoqchasimon), Rhizobiaceae (vakillari tayoqchasimon), Methylcoccaceae (vakillari tayoqcha va sharsimon) va boshqa oilalarini o’z ichiga olib, vakillari azot o’zlashtirish jarayonida qatnashadi yoki o’simliklarda har xil kasalliklar yuzaga keltiradi va hokazo.
4 - rypyh Entherobacteriaceae va Vibrionaceae oilalaridan tashkil topgan bo’lib Esherihia, Salmonella, Shigeila, Ervinia koida Vibrio, Protobacterium. va boshqa avlodlarni o’z ichiga olib, ba’zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik ko’zgatsa, ba’zilari tuproqda, suvda yoki epifat mikroflora shaklida uchraydi.
5 - guruhga odam va hayvonlar ichida uchraydigan Bacterioidaceae oilasiga mansub vakillar kiradi
6 - guruhga ammiak yoki nitratlarni nitratdagacha oksidlaydigan tayoqchasimon, sharsimon, oval shaklli Nitrobacteriaceae oilasi vakillari hamda sharsimon, tayoqcha shaklli kapsulali va kapsula ustida temir yoki marganets oksidlarini to’playdigan Siderocapsaceae oilasiga mansub vakillar kiradi.
7 - guruhga sirpanuvchi bakteriyalar — miksobakteriyalar kirib, ular ikki tartibga (Myxobacteriales va Cytofagales) kiruvchi oilalar vakillaridan tashkil topadi. Miksobakteriyalar bir hujayrali, shilliq qalin: bilan qoplangan organizmlar. Ularning hujayra devorlari oson egiluvchan — elastik bo’lib hujayra shaklini o’zgartirishi mumkin. Sirpanib harakatlanish xususiyatiga ega. Rivojlanishining ma’lum davrida meva tanasi hosil taqsim
8 - guruhxlamidobakteriyalar deb atalib, bakteriya hujayrasi usti kobik bilan uralgan.
9 — guruhga kurtaklanuvchi yoki poyali bakteriyalar kirib, tayoqchasimon oval yoki loviyasimon shaklli bo’ladi.
10 — guruhga riketsiya va xlamidalar deb nomlangan Rikcettsiales va Chlamidiales tartiblari kiradi. Tayoqchasimon, sharsimon yoki ipsimon shaklga ega bo’lib har xil yuqumli kasalliklarga sabab bo’ladi.. Masalan, Rhycketsia prawarekii toshma tif kasalligini yuzaga keltiradi. Gracilacates bo’limiga kiruvchi ikkinchi sinf Anocyphotobacteria o’z ichiga fototrof bakteriyalarni oladi va ularga Rhodospirillaies (kirmizi bakteriyalar) va Chlorobiales (yashil bakteriyalar) tartiblari ham kiradi.
Fototrof bakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon, vibrion va spiral shakllariga ega. Hujayralar oltingugurt tomchilari to’tadi. fototrof bakteriyalar bakterioxlorofill va karatinoid pigmentlarga ega bo’lib fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Atmosfera molekulyar azotini o’zlashtirishi mumkin. Bular aksari suv muhiti bakteriyalaridir.
Oxyphotobacteria sinfiga Cyanobacteriales (sianobakteriyalar) va Prochlorales (proxlorofitlar) tartiblari kiradi. Fotosintez jarayonida molekulyar kislorod ajraladi.
Sianobakteriyalar hujayrasi kapsula bilan qoplangan bo’lib sirpanib harakatlanadi. Sianobakteriyalar bir hujayrali, koloniyali va ko’p hujayrali organizmlarda hujayralari sharsimon, tayoqchasimon yoki buralgan shaklga ega. Ko’p hujayralilari ipsimon shaklga ega bo’lib trixoma deb ataladi. Sianobakteriyalarning 1000 dan ortik turlari mavjud bo’lib ular tuproqda, suv havzalarida keng tarkalgan.
Proxlorofitlar — bir hujayrali, simbioz holda yashovchi sharsimon organizmlaridir. Sianobakteriyalardan tarkibidagi pigmenti va fotosintetik apparatini ichki tuzilishi bilan farq taqsim Tenericutes bo’limi
Rigid (qattiq), hujayra devori yuk, grammanfiy, peptidoglikan sintezlamaydigan prokariotlar kiradi. Bo’limga odam, hayvon va o’simliklarda kasallik ko’zgatuvchi mikoplazmalar kiradi. Ularda hujayra devori yo’q. Hujayra membranasi 3 qalin:dan iborat bo’lib oval yoki sharsimon shaklli, ba’zilari ipsimon shohlangan bo’lishi. mumkin. Kattaliklari 125 — 250 nm bo’lib eng kichik bakteriyalarga yaqin. Viruslar kabi bakterial filtrdan oson o’tadi.
Men quyidagi mustqilishimni Termiz shahridagi Surxondaryo viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markaziga qarashli bakteriologiyalabaratoriyasi va shu tashkilotga qarashli virusalogiyalabaratoriyasida bajardim. Bundan tashqari Termiz shahridagi universitetimizga yaqin joydagi bakteriologiya labaratoriyasidaushbu mustaqil ishlarimizni bajardik.Ulardan lavhalar:
Savollar
1.Mikroorganizmlar o'z xujayrasida kanday moddalar sintez kiladi?
A) Alkaloidlar B) Antiboitiklar
S) Fermintlar D) Xammasi to'g'ri
2.Mikroorganizmlar ishtirokida eng ko'p ishlab chikarilgan moddalar?
3. Filomintoz zamburuglardan kancha antibitiklar ishlab chikarilgan?
A) 1000 B) 2000
S) 3000 D)1500
4.Filomintoz bulmagan bakteriyalardan kancha antibiotiklar ishlab chikarilgan?
A) 500 B) 1000 S) 2000 D) 3000
5.Aktinomitsitlardan kancha antibitiklar ishlab chiqarilgan?,
A) 3000 B) 2000 S) 1500 D) 30006.Organik moddalardan birinchi bo'lib ajratib olingan kislotani toping?
A) Sut kislota B) Sirka kislota
S) Oksalat kislota D) Moy kislota
7.Janubiy Koriya va Yaponiyada kancha mikdor lizin ishlab chikarilgan?
A) 100000t B) 20000t
S) 120000t D)30000t
8.Filamintoz zamburug'lar nechta oilaga mansub?
A) 6 B) 5 S) 4 D) 3
9.Mikroorganizmlardan gen injeneriyasi orqali ajratib olingan gormonlarni toping?
A) Insulin B) Somototropin
S) Interferon D) Hammasi tug'ri
10.1980-yilda fermentatsiya yuli bilan qancha lizin ishlab chiqarilgan?
A) 40000t B) 30000t S) 20000t D) 10000t
Do'stlaringiz bilan baham: |