Mikroorganizmlar tomonidan karbonat angidridning o`zlashtirilishi.
Avtotrof mikroorganizmlar o`stirilganda ularni СO2 bilan oziqa muhiti ta`minlash uchun natriy bikarbonat kushiladi va yopiqidishdagi havoda СO2 mavjudligi ta`minladi. Ba`zan karbonat
angidridni puflab kirgizsa ham bo`ladi.
Geterotrof o`sishiga organik manbai talab qiluvchi mikroorganizmlarga ham CO2 zarur. Konda, tukima yoki ichaklarda parazitlik qilib yashaydigan ko`pgina mikroorganizmlar karbonat angidridning ancha Yuqori kontsentratsiyasiga moslashgan. Shuning uchun bunday bakteriyalar
karbonat angidrid bilan boyitilgan 10% xajm muhitda o`stiriladi.
Mikroorganizmlar o`zlashtiradigan azotli organik va mineral bioikmalar. Eng qulay azot manbai ammoniy tuzlaridir. Ba`zi prokariotlar molekulyar azotni kaytarish hususiyatiga ega, boshqalari azotini aminokislotalardan oladi.
Oltingugurt hujayrada sulfgidril guruhlar sifatida uchraydi. Ko`pgina mikroorganizmlar oltingugurtni sulfatlarni qaytarib oladi. Ba`zilari esa vodorod sulfid yoki tsisteinni oltingugurt manbai sifatida ishlatadi.
Fosfor. Nuklein kislotalar, fosfolipidlar, kofermentlar tarkibiga kiradi. ATF, ADF lar tirik organizmlar tomonidan energiyani akkumulyatsiya qilishda ishlatiladi. Fosforsiz mikroorganizmlar rivojlanmaydi Fosforning eng yaxshi manbai ortofosfor kislotasining tuzlaridir.
Mikroorganizmlarning azot bilan oziqlanishi
Azot elementiga munosabatiga ko`ra, mikroorganizmlar turli gruppalarga bo`linadi. Ba`zilari oqsil va peptonlarni o`zlashtirsa, boshqalari nitratlarni, uchinchilari ammiakni, turtinchilari atmosfera azotini o`zlashtiradi.
Oqsil va peptonlar proteoliz (parchalanish) va dezaminlanishdan so`ng o`zlashtirilsa, aminokislotalarning tuliq aralashmasi
bevosita parchalanadi, ba`zi vakillari nitratlarni, ko`pchiligi ammiakni o`zlashtiradi.
Patogen mikroorganizmlarni ham aminokislotalarda o`stirish mumkin. Hayvonlar singari bakteriyalar ham o`zi sintez qila
olmaydigan aminokislotalarni talab qiladi, lekin hayvonlarning ko`pchiligi 8—10 ta aminokislota talab qilsa, bakteriyalarning ayrimlari 2—3 ta, ba`zilari esa 17 taga yaqin aminokislotani talab qiladi. Ayniqsa patogen, sut kislota hosil qiluvchi va chirituvchi bakteriyalar uchun aminokislotalar nihoyatda zarur. Zamburug`lar , turushlar va aktinomitsetlar ozig`ida aminokislotalar bo`lsa, ular tez o`sadi, mabodo, aminokislotalar bo`lmasa, ularni o`zi sintezlay oladi.
N.D.Ierusalimskiy (1963) aminokislota sintezlovchilarni aminoavtotroflar, sintezlay olmaydiganlarni aminogeterotroflar deb atagan. Mikroorganizmlar uchun zarur bo`lgan aminokislotalar ro`yhatini aminogramma deb ta`riflagan.
Mikroorganizmlarning normal o`sishi uchun V vitaminlar gruppasiga kiradigan va suvda eriydigan moddalar zarur. Ba`zilari, nuklein kislotalar yoki fermentlar tarkibiga kiradigan komponentlardir. Ba`zi mikroorganizmlar o`zi vitamin
sintezlaydi, ularni Shopfer (1938) auksotroflar deb atagan. Geteroauksotroflar vitamin sintezlay olmaydi.
Bakteriyalarning uglevodorodlarni o`zlashtirishi. V.O.Tauson 1925 yildan boshlab to 1935 yilgacha uglevodorodlarni oksidlovchi bakteriyalar va zamburug`lar ustida ish olib boradi va ularni ikki gruppaga: aeroblar va anaeroblarga ajratadi. U parafinlarning Asp. flavus tomonidan parchalanishini va oraliq mahsulot — murakkab efirlar hosil bo`lishini kuzatgan.
Keyinchalik u ochiq zanjirli uglevodorodlarni oksidlovchi formalarni ham topgan. Toluol, benzol, ksilolni parchalovchi
turlarni aniqlagan. Ba`zilari faqat toluolni parchalasa, boshqalari 2 xalqali (definil, naftalinni), uchinchilari uch xalqali (fenantren va antratsen) uglevodorodlarni parchalaydi. Tauson neft, terpinlar va smolalarning oksidlanishini ham aniqlagan. Uning bu ishlari geterotrof mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi jarayoni nihoyatda xilma-xil ekanligini kursatadi.
Yashil va qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez. Barcha yashil o`simliklarning eng muhim hususiyatlaridan biri quyosh nurlari yordamida СO2 va Н2O dan organik modda hosil qilish, ya`ni fotosintez jarayonidir. Uni tubandagi tenglama bilan
ifodalash mumkin:
6СО2 + 6Н2О → С6Н12О6 + 6О2
Fotosintez jarayonida yorug`lik energiyasi yutiladi va organik moddada tuplanadi, atrofga esa kislorod ajralib chiqadi.
Tuban organizmlardan ko`k-yashil va bir hujayrali yashil suvo`tlarda ham fotosintez jarayoni boradi, Ayniqsa xlorella
muhim ahamiyatga ega. Yuksak o`simliklardan farq qilib, yashil bakteriyalar (Chlorobium, Pelodictyon), ko`k-yashil suvo`tlar xlorofillni qorong`ida hosil qiladi. Rus olimi Artari (1899, 1913) aniqlashicha, ko`pchilik yashil suvo`tlar va lishayniklar tanasidan ajratib olingan suvo`tlar agar-agarda yaxshi o`sadi (ya`ni oziqda glyukoza, pepton, mineral tuzlar bo`lganda). Bu esa V.N.Lyubimenko va A.I.Oparinning fikrini tasdiqlaydi, ya`ni ular geterotrof oziqlanish avtotrofdan oldin kelib chiqadi deganlar. Yashil bakteriyalar va yuksak o`simliklardagi xlorofill, turli nurni yutadi. Yuksak o`simliklardagi xlorofill qizil va ko`k-binafsha nurni yutsa, bakteriyalardagi xlorofill olti xil rangli nurni yutadi.
Qirmizi rang bakteriyalardagi xlorofill o`simliklardagi «a» xlorofilldan farq qiladi, o`simlik xlorofilidagi birinchi pirol xalqada vinil gruppa, ya`ni СН2 bo`lsa, bakterioxlorofillda СН2, ya`ni
Do'stlaringiz bilan baham: |