MIKROO’G’ITLAR
Reja
Mikroo’g’itlar va ularning ahamiyati
Borli va misli o’g’itlar
Marganesli va molibdenli o’g’itlar
Ruxli va kobaltli o’g’itlar
Tayanch iboralar: mikroelementlar, mikroo’g’itlar, borli va misli o’g’itlar, marganesli va molibdenli o’g’itlar, ruxli va kobaltli o’g’itlar
Adabiyotlar: A4, A5, Q5, Q6, X1, X2
Tarkibida mikroelementlar tutadigan va o’simliklarning me’yorida o’sib, rivojlanishi uchun kam miqdordaishlatiladigan moddalarga mikroo’g’tlar deyiladi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, o’simliklar tarkibida mikroelementlar miqdori 0,00001-0,01 % ni tashkil qiladi. Masalan, qandlavlagi hosildorligi gektariga 300 s ni tashkil qilganda, mahsulot tarkibidagi mikroelementlar miqdori qo’yidagicha bo’ladi: bur (B) - 160 g; marganes (Mn) -500 g; mis (Cu) - 50 g; pyx (Zn) - 190 g; kobalt (Co) - 2 g.
Mikroelementlarni o’rganish va qo’llash borasida Q.A.Timiryazev, D. N.Pryanishnikov, Ye. V.Bobko, M. V.Katalimoye, M. Ya.Shkolnikkabi olimlar katta ishlarni amalga oshirganlar. O’zbekiston tuproqlaridagi mikroelementlarni o’rganish va paxtachilikda mikroo’g’itlar me’yorini belgilashda Ye.Kruglova, B. Isayev, M. Aliyeva hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining hissasi katta.
Shu davrgacha mikroelementlardan bur, marganes, mis, molibden, rux va kobalt yaxshi o’rganilgan.
Bor
Bor elementa (bor arabcha oq va zarrabin modda) farangistonlik olimlar Jozef Gey-Lyussak va Lui Tener (1808) lar tomonidan kashf qilingan. O’simliklar tarkibida bor mavjudligi oradan 50 yil o’tgach ma’lum bo’ldi. Bor tanqisligida gullar soni keskin kamayadi, shona va tugunchalar to’qiladi, poya va ildizning o’sish nuqtalari shikastlanadi. Bu hol ildizmevalilarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bor guldagi chang naychalarning o’sishi va hayot faoliyatini kuchaytiradi, urug’ va mevalarning pishib yetilishini jadallashtiradi.
U hujayradagi suv miqdorini ko’paytiradi, oqsil va uglevod almashinish jarayonini tezlashtiradi. Bor qand moddalarni o’sish nuqtalari va mevaga borishini tartibga soladi. O’simliklarning qurg’oqchilikka bardoshini oshiradi
Bor yetnshmasa, fotosintez jarayoni sekinlashadi, shunintdeq o’simliklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. Bu mikroelement o’simliklarda kaliyva azotni jadal o’zlashtirilishiga yordam bergani holda, fosforning yutilishiga qarshilik qiladi.
O’simliklar tarkibidagi bor miqdori o’rtacha 0,0001% yoki 1 kg quruq moddada 0,1 mg ga tengdir.
Bor tanqisligida o’simliklarda quruq va jigarrang chirish, capg’ayishi, ildiz mevalarning o’zaklanishi va bakterioz kabi illatlarkuzatiladi. Kungaboqar, pomidor, gulkaram, beda, xashaki ildizmevalar, g’o’za, zig’ir, sholi, sabzavotlar va qandlavlagi borga talabchan o’simliklar jumlasiga kiradi.
Tuproq tarkibida bo’r miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o’simliklardazaxarlanish alomatlari paydo bo’ladi, poyaning pastki qismidagi barglar sarg’ayadi, «kuyadi», to’qiladi. Borning serobligi chorva mollari salomatligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Turli tuproqlarda bor tanqisligining kuyi chegarasi turlicha bo’lib, bu ko’rsatkich qora tuproqlarda 0,3-0,6 mg/kg, bo’z tuproqlarda 0,45-2,0 mg/kg dan past bo’lganda borli o’g’itlar qo’llash lozim.
Borli o’g’itlarni qo’llash natijasida zig’ir (tola) va paxtadan gektariga 2-3 s gacha qo’shimchahosil olish mumkin. Qandlavlagi hosildorligi 45 s/ga ga oshib, tarkibidagi qand moddasi 0,3-2,1 %ga ko’payadi.
Borli mikroo’g’itlar jumlasiga borat kislota, bor-magniyli o’g’it va borli superfosfatlar kiritiladi (65-jadval).
65-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |