8-bob. TEXNIK QUROLLANGANLIK STATISTIKASI
8.1. Yo‘l xo‘jaligi va inshoatlar texnik qurollanganlik statistikasi
Temir yo‘l transport ishini rejalashtirish va boshqarish uchun uning korxonalari texnik qurollanganligi to‘g‘risida natural ifodadagi ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Shu bois, asosiy vositalar joriy hisobi faqat pul birligida emas, balki natural birligida ham ifodalanadi. Statistik hisobotda asosiy vositalar mavjudligi, holati va o‘zgarishi odatda yil boshiga, ularning aniq nomlari, korxona va xo‘jaliklar bo‘yicha guruhlarga ajratilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |