Jami
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Tosh kumir
|
110,9
|
4052,4
|
3940,5
|
7993,0
|
Koks
|
1,6
|
58,6
|
13,7
|
72,3
|
Neft mahsulotlari
|
1146,6
|
41905,3
|
9116,5
|
51021,8
|
Ruda
|
194,1
|
7094,3
|
3268,3
|
10362,5
|
Qora metallar
|
302,8
|
11067,1
|
941,7
|
12008,8
|
O‘rmon-yog‘och maxsulotlari
|
222,3
|
8126,5
|
745,8
|
8872,3
|
Qurilish mahsulotlari
|
559,3
|
20443,1
|
3947,2
|
24390,2
|
Minera o‘g‘itlar
|
399,9
|
14617,5
|
2998,5
|
17615,9
|
Non mahsulotlari
|
234,7
|
8578,8
|
1268,9
|
9847,7
|
Sement
|
281,8
|
10299,7
|
2693,8
|
12993,5
|
Sanoat xom-ashyo
|
135,8
|
4962,2
|
2824,5
|
7786,7
|
Pahta
|
185,7
|
6787,1
|
302,8
|
7089,9
|
Boshqa yuklar
|
1260,6
|
46072,7
|
11410,7
|
57483,4
|
Xammasi
|
5036,2
|
184065,3
|
43472,9
|
227538,1
|
*Manba: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ statistik hisobot ma’lumotlari
Keltirilgan 1-chi jadval ma’mulotlari shuni ko‘rsatadiki, hisobot davrida (1 chorakda) jami bajargan ish, ya’ni netto yuk tashish ko‘rsatkichi 5036 mln. tonno-km tashkil etdi. Shu davrda ishlab chiqarish xarajatlari esa 184065,3 mln. so‘mni tashkil etdi. Boshlang‘ich-yakuniy operatsilarga ketgan jami xarajatlar 43472,9 mln.so‘mda ifodalangan.
Statistikaning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari
Mutloq miqdorlar
Statistikaning tub mohiyatidan kelib chiqan holda umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar jumlasiga mutlaq miqdorlar, nisbiy miqdorlar va o‘rtacha miqdorlar kiradi.
Mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki boshlang‘ich ko‘rinishidir. Mutlaq miqdorlar yordamida ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdori, hajmi o‘rganiladi.
Ijtimoiy hodisa va jarayonlar bilan bogliq bo‘lgan ma’lumotlarni jamlab yakunlash natijasida statistik ma’lumotlar hosil bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar nima to‘g‘risida bo‘lsa, o‘shaning nomini ko‘rsatib, mutlaq sonlarda ifodalanadi. Bular statistik kuzatish natijasida olinadigan dastlabki, boshlang‘ich mutlaq miqdorlar deyiladi. Xo‘jaliklar soni, ташилган юклар ҳажми, ишчилар сони, ташилган йўловчилар сони, daromad, sof foyda kabi boshqa to‘plangan miqdorlar haqidagi ko‘rsatkichlar mutlaq miqdorlarga misol bo‘la oladi.
Mutlaq miqdorlar ma’um davrda va ma’lum hududda u yoki bu hodisaning fizik miqdori (hajmi)ni ifodalaydi. Ular barcha ijtimoiy hodisalar to‘g‘risida hisob-kitoblarning, tadqiqotlarning va iqtisodiy-statistik tahlilning asosi hisoblanadi. Mutlaq miqdorlar ifodalanishi bo‘yicha quyidagi 2 turga bo‘linadi:
1. Yakka mutlaq miqdorlar;
2. Umumiy mutlaq miqdorlar.
Yakka mutlaq miqdorlar o‘rganiladigan to‘plamning alohida birliklarining miqdoriy belgilarini tavsiflaydi va ular statistik tadqiqot uchun manba hisoblanadi. Masalan, yuk tashuvchi vagonlarning inventar parki, mavjud lokomotivlar parki, har bir ishlovchining olayotgan ish haqisi va hokazolar yakka mutlaq miqdorlar hisoblanadi.
Umumiy mutlaq miqdorlar o‘rganiladigan u yoki bu to‘plam birliklarining umumiy miqdorini ta’riflaydi. Masalan, темир йўл тасарруфидаги вагонлар инвентар парки, ishlovchilarning ish haqi fondi kabi ko‘rsatkichlar umumiy mutlaq miqdorlar hisoblanadi. Umumiy mutlaq miqdorlar boshlang‘ich statistik kuzatish materiallarini jamlash natijasida yuzaga keladi. Umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatidan bir xil bo‘lgan yakka mutlaq miqdorlar yig‘indisi hisoblanadi. Xullas, umumiy mutlaq miqdorlar ijtimoiy hodisalarning umumiy sonini, hajmini, qiymatini o‘zida aks ettirib, muayyan olingan mamlakat, viloyat, tuman, korxona, tashkilot faoliyatining turli tomonlarini tavsiflaydi.
Mutlaq miqdorlar natura, shartli-natura, pul va kompleks o‘lchov birliklarida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |