6.7- rasm. Ishlab chiqarish funksiyasining omillari to‘liq almashtiriladigan
holati
158
6.8-rasm. Tarkibi belgilangan omillardan foydalanishni ifodalovchi ishlab
chiqarish funksiyasi
Har bir ishlab chiqarish hajmi aniq proporsiyadagi omillar kombinatsiyasidan
foydalanishni talab kiladi. Masalan, Q
1
miqdorda mahsulot ishlab chiqarish K
1
va
L
1
miqdordagi resurslar kombinatsiyasini sarflashni talab kiladi; Q
2
va Q
3
miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishda — mos xolda (K
2
,L
2
,) va (K
3
,L
3
)
tarkibdagi resurslar kombinatsiyalarini sarflash talab qilinadi. Berilgan tarkibdagi
resurslardan birortasining miqdori oshirilgan bilan mahsulot ishlab chiqarish
oshmaydi.
Shunday qilib to‗g‗ri burchakli izokvantaning gorizontal va vertikal qismlarida
chekli kapital va chekli mehnat mahsuldorliklari (MPK va MPL) nolga teng. Agar
sarflanadigan resurslar bir vaktning o‗zida, ma‘lum kombinatsiyada oshsa,
mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshadi. Masalan, A nuqtadan B nuqtaga va C
nuqtaga o‗tganda omillar sarfi kombinatsiyasi mos ravishda (K
1
,L
1
) dan (K
2
,L
2
) ga
va (K
3
,L
3
) ra o‗zgarganda ishlab chiqarish hajmi ham mos xolda Q
1
dan Q
2
ga va
Q
3
ga o‗sadi. A, B va C nuqtalar texnik nuqtai nazardan samarali omillar
kombinatsiyalari hisoblanadi.
6.2. Cheklangan mablag‘da maksimal mahsulot ishlab chiqarishni
ta’minlaydigan resurslar miqdorini aniqlash, ishlab chiqaruvchi muvozanati.
Ishlab chiqarish resurslari cheklanganda maksimal mahsulot ishlab chiqarish
masalasi firmalar uchun asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalani
159
soddalashtirish uchun ikkita o‗zgaruvchi omilni ko‗ramiz: mehnat va kapital.
Mehnat sarfi (L) soatbay ish haqi bilan, kapital sarfi (K) ~ uskuna, mashina va
mexanizmlardan foydalanish vaqti (soatlarda) o‗lchanadi. Faraz qilaylik, mehnat
va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanadi va ijaraga olinadi. Mehnat
haqi bir soatlik ish haqi bilan o‗lchanadi va uni W orqali belgilaymiz. Kapital narxi
— uskuna, mashinalarning bir soatlik ijara haqiga teng deylik va uni r deb
belgilaymiz.
Mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanishi va ijaraga
olinishini e‘tiborga olsak, ularning narxi bozorda aniqlanadi va o‗zgarmaydi.
Demak, mehnat va kapital narxlari o‗zgarmaydi. Berilgan xarajatlarda ishlab
chiqarishni maksimallashtirish masalasini qarashda harajatlar chizig‗idan, ya‘ni
izokostadan foydalanamiz.
Izokosta — bu ishlab chiqarish harajatlarini ifodalovchi chiziq bo‗lib, u
umumiy qiymati bir xil bo‗lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha
kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o‗z ichiga oladi, ya‘ni umumiy qiymati
bir xil bo‗lgan mehnat va kapital sarflari kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni
o‗z ichiga oladi.
Agar firmaning ishlab chiqarish omillariga sarflanadigan byudjetni S deb
belgilasak, ishchi kuchiga sarfini W- L va kapitalga sarfini, r•K desak, izokostani
ifodalovchi tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
'C=W
L+r
K
(6.4)
Demak, firmaning ishchi kuchiga sarfi bilan kapitalga sarfi yig‗indisi uning
umumiy harajati S ga teng.
Izokostani grafikda (6.9-rasm) quyidagicha aniqlaymiz:
(6.4) munosabatdan K = 0 bo‗lsa, ya‘ni firma mablag‗lari fakat ishchi kuchiga
sarflasa, u L=
miqdorda ishchi kuchi yollashi mumkin.
— nuqtani gorizontal bo‗yicha belgilaymiz. Agar firma mablag‗ini faqat
kapitalga sarflasa, ya‘ni L=0 bo‗lsa, K=
kapitalni ijaraga olish mumkin.
-
nuqtani vertikal o‗q, bo‗yicha joylashtiramiz.
160
va
nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq, (6.4) tenglamani ifodalovchi izokostani
beradi. Izokostaning har bir nuqtasiga mos keluvchi resurslar sarfi
kombinatsiyasining qiymati umumiy harajat C ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |