Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot



Download 3,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/202
Sana11.03.2023
Hajmi3,91 Mb.
#918219
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
 
 



1. MIKROIQTISODIYOT VA MAKROIQTISODIYOT FANI 
MIKROIQTISODIYOT QISMINING MAZMUNI VA VAZIFALARI
1.1. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fani mikroiqtisodiy qismining
o‘rganish ob’ekti, vazifalari va usullari. 
Bizga ma‘lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot 
jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar va 
alohida iste‘molchilar qay darajada foydalanishini o‗rganadi. Mikroiqtisodiyot 
yunoncha: mikro – kichik so‗zidan olingan bo‗lib, iqtisodiyotning dastalbki hal 
qiluvchi bo‗g‗ini bo‗lgan firma, korxona, mikrofirmalar, turli xil xalq xo‗jaligi 
sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo‗jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari 
ta‘sirida sodir bo‗ladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni iqtisodiy qonunlar 
harakatini, ularni namoyon bo‗lish shart sharoitlarini, oqibatlarini o‗rganib tahlil 
qilib xulosalar yasaydi.
Bu jarayonda iste‘molchilar, ishchilar, yer egalari, sarmoya qo‗yuvchilar, 
fermerlar, turli xildagi korxonalar, umuman iqtisodiyot sohasida faoliyat 
ko‗rsatishda muhim rol o‗ynaydigan jismoniy shaxs va xo‗jalik sub‘ektlari ishtirok 
etadi.
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanida mikroiqtisodiyotning mohiyatini 
quyidagi masalalarni bilish, o‗rganish yordamida yoritish mumkin:
- hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti mexanizmini o‗rganish; 
- umumiy muvozanat va iqtisodiy fikrlash; 
- bozor xo‗jaligi sharoitida firmalar, korxonalar, uy xo‗jaligi va ularning tutgan 
o‗rni, turlari, ahamiyati, vazifasi, samaradorligini ta‘minlash; 
- talab va ehtiyoj nazariyasi asoslarini bilish; 
- bozor taklifi va talabi; 
- talab va taklif o‗zgaruvchanligi; 
- raqobatlashuv va korxonalar samaradorligini oshirish; 
-ishlab chiqarish va uni tashkil etish; 
- ishlab chiqarish harajatlari va foyda; 
- resurslardan foydalanish samaradorligi, ish haqi va baho. 



Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fani boshqa ijtimoiy-siyosiy, texnologik 
va iqtisodiy fanlar bilan o‗zviy bog‗liq bo‗lib, ular, iqtisodiyot nazariyasi, 
makroiqtisodiyot, korxona iqtisodiyoti, qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti, kichik biznes 
va tadbirkorlik, tarmoqlar iqtisodiyoti, mehnatni tashkil etish, buxgalteriya hisobi, 
pul-kredit va banklar, marketing, menejment va boshqalardir. 
Fanning asosiy vazifasi talabalarga bozor munosabatlari sharoitida 
iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlarni, bozor mexanizmining nazariy va 
amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojini qondirish 
zaruriyati to‗g‗risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritishni va uni amalda tadbiq 
etish yo‗llarini o‗rgatishdan iborat.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‗tishi bilan jamiyatda bozor 
iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan 
korxonalarning (firmalarning) xo‗jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor 
sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona 
foydalanish yo‗llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini 
o‗rgatuvchi bilimga bo‗lgan ehtiyoj ortib boradi. Bu masalalarni hal qilishda 
―Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot‖ fanining ahamiyati katta, chunki bu fan 
iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi bo‗lib, u korxonalar, firmalar, birlashmalar, uy 
xo‗jaliklari va bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining quyi qismida 
amal qiladigan barcha bozor sub‘ektlarining faoliyatini keng miqiyosda tahlil etish 
asosida tegishli xulosalar chiqarib, qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi.
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanida mikroiqtisodiyotning bozor 
iqtisodiyoti sub‘ektlari faoliyatiga bevosita ta‘sir etuvchi talab va taklif, foydalilik 
va iste‘molchilarning bozordagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish harajatlari 
va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona 
foydalanish yo‗llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli 
va shu kabi qator boshqa masalalar o‗rganiladi. 
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fani mikroiqtisodiyotning firma va uy 
xo‗jaliklarining qarorlarini va ularning maxsus bozorlardagi o‗zaro aloqalarini, 
firma va uy xo‗jaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilish va ularning bozordagi 



o‗zaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik ularni xatti 
harakatlariga ta‘sir qilishini ham o‗rganadi. Mikroiqtisodiyot ayrim sub‘ektlar 
faoliyati bilan bog‗liq. Bo‗lar jumlasiga iste‘molchilar, er egalari, firmalar, ya‘ni 
iqtisodiyotning amal qilishida muxim o‗rin tutuvchi xo‗jalik sub‘ektlari kiradi.
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fani mikroiqtisodiyotning o‗rganish 
usullari ikki ko‗rinishi o‗zaro farqlanadi: 
-pozitiv mikroiqtisodiyot; 
-normativ mikroiqtisodiyot. 
Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy xodisalarni va ularning aloqadorliklarini 
o‗rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi xodisalarni tushuntirishni bildirsa, 
normativ tahlil bo‗lar qanday bo‗lishi kerak degan tahlilga javob beradi. Masalan, 
metroda yurish bahosi keyingi 2 yilda 1000 so‗mdan 1400 so‗mga oshgan bo‗lsa 
bu pozitiv yondoshuv. Agar biz metroda yurish bahosini 1000 so‗mdan 1400 
so‗mga ko‗payishi, kishilar daromadini kamaytirib, turmush tarzini pasaytirgan 
bo‗lsa bu normativ yondoshuv hisoblanadi.
Pozitiv mikroiqtisodiyot nazariyasini o‗rganishda taxlil va sintez, iqtisodiy 
statistik, hisoblash-konstruktiv, tajribaviy, abstrakt mushohada, matematik 
modellashtirish, induksiya va deduksiya, optimallashtirish, muvozanatni aniqlash 
kabi usullardan foydalaniladi. 
1. Me‘yoriy tahlil yoki marjinalizm, uning mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy 
hodisalar nafaqat tayyor (umumiy, o‗rtacha qiymatlarni o‗rganish), balki doimiy 
o‗zgaruvchan shaklda ham tahlil qilinadi. 
2. Funksional tahlil, bu quyidagi izlanishlar ketma-ketligini o‗z ichiga oladi: 
birinchi navbatda hodisaning tipik sifati aniqlanadi, keyin bu sifatga ta‘sir etuvchi 
omillar belgilanadi. Va nihoyat, omillarni oldindan belgilangan sifat bilan o‗zaro 
bog‗lash usuli - funksiya belgilanadi.Agar qiymat ma‘lum omillar ta‘sirida uning 
qiymatini o‗zgartirsa, u o‗zgaruvchan deb hisoblanadi. Masalan, u bu tarzda 
yozilgan x funksiyasi: u = f (x), bu yerda y - funksiya, i,ai - funksiyaning 
argumenti. 



3. Muvozanat yondashuvi shuni anglatadiki, mikroiqtisodiyot tizimning nisbiy 
barqarorligini o‗rganadi, ya‘ni bunday holat o‗zgarishiga ichki moyilliklar 
bo‗lmaganda, agar tashqi sharoitlarning bir oz o‗zgarishi bilan iqtisodiy vaziyat 
sezilarli darajada o‗zgarsa, bunday muvozanat beqaror deb ataladi. Agar tizimning 
o‗zida bo‗lgan tashqi o‗zgarishlar bilan tizimda oldingi pozitsiyani tiklaydigan 
kuchlar mavjud bo‗lsa, unda bunday muvozanat barqaror deyiladi. 
4. Tekshiruv (sinab ko‗rish) nazariyasi usuli, unga ko‗ra nazariya amalda 
qisman yoki bilvosita tasdiqni olishi kerak. Agar nazariya faktlarga mos kelmasa, 
nazariya yaxshilanadi yoki rad qilinadi va yangisi yaratiladi. Pozitivistlar 
iqtisodiyotda ro‗y berayotgan xodisa va jarayonlarga ob‘ektiv baho berish kerak 
deb hisoblaydilar. 

Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish