O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot ” FANIDAN
NAZORAT ISHI
MAVZU: Soliqlarning makroiqtisodiy siyosati va soliq siyosati
Topshirdi: 924-20-guruh talabasi Musanov Abdulaziz
Qabul qildi: Muxtorov Botir D
Jizzax 2022
Reja:
Kirish.
1.Soliq atamasiga nisbatan turli xil qarashlar.
2.Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va b’ektiv zarurligi.
3. Soliqlarning funksiyalari va tamoyillari.
4. Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishi
5. Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari.
Xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
KIRISH:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning jamiyat hayotidagi rolini oshib borishi bilan davlat byudjeti daromad bazasini qay tarzda va darajada shakllanishiga bog’liqdir. Soliq bozor konyukturasini boshqarishga o’ziga xos vosita hisoblanadi. Soliq vositalari orqali iqtisodiy tarmoqlarini rivojlantirish va kerak bo’lsa ularni inqiroz holatiga tushib qolishiga sababchi bo’lishi mumkin. Shu bois moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va ularni to’g’ri yo’naltirish, samaradorligini oshirish, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda soliq munosabatlari muhim rol o’ynaydi. Soliq siyosatini oqilona yuritish nafaqat makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, balki mukammal byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga erishish mumkin bo’ladi. Shu nuqtai-nazardan mazkur kurs ishi mavzusi dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |