Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
"Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya'ni “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”. Shu bilan bir qatorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini oshirishda ahamiyatli o‘rin egallaydi. Mulkchilik munosabatlarining tubdan o‘zgarishi va mulkchilik shakllarining xilma-xilligiga, iqtisodiy subyektning tashabbusi va mustaqilligiga, tadbirkorlikning erkinligiga asoslangan yangi xo‘jalik mexanizmining yaratilishi bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy natijasi bo‘ldi. Bunday sharoitda jamiyatda bozor munosabatlarini barqarorlashtirishning muhim omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli keskin oshadi. Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta‘minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta‘minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta‘minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xo‘jalik faoliyatining shakli sifatida yuqori universalligi, faoliyatning keng doirasi, ixchamligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadi.
Mavzuning dolzarbligi: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta'minlash, huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin, deyiladi hujjatda. Shuningdek, farmonda aytilishicha, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab, tadbirkorlik sub'ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi. Nazorat qiluvchi organlarbundan keyin rejadan tashqari tekshirishlar o'tkazishni tashkil qilish huquqiga ega emasligi qayd etiladi.
Ayni vaqtda yuridik shaxslar tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo'yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o'tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa idoralarga farmon yuzasidan mas'uliyatlar yuklatiladi.
Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlarning davlat organlariga bo'lgan ishonchini mustahkamlash, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, korruptsiya ko'rinishidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va "Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun loyihasiga o'zgartirishlar kiritish, xususiy mulk daxlsizligini ta'minlashga, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati to'xtatib qo'yilishiga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan takliflarni kiritish belgilangan tartibda amalga oshirilishi aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |