Korrupsiyasiz oliy ta'lim



Download 12,56 Kb.
Sana09.04.2022
Hajmi12,56 Kb.
#539220
Bog'liq
Zebiniso Temirova 2.1kim-20


"Korrupsiyasiz oliy ta'lim "
Reja:

Kirish:
1.Oliy taʼlim korrupsiyasiz soha


Asosiy qism:
1.Korrupsiya koʻrinishlari va davlat,jamiyat xavfsizligiga tahdidi
2. Yoshlar korrupsiyaga qarshi
3. Oʻzbekiston yoshlari korrupsiyaga qarshi kurashadi
Xulosa:
1. Men korrupsiyaga qarshiman
Joriy yilning 4-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining katta majlislar zalida “Oliy taʼlim - korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan video-selektor shaklidagi seminar tashkil etildi.Mazkur seminar 9-dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.Seminarni oʻtkazishdan asosiy maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmoni hamda oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijrosiga bagʻishlanadi.Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmoni asosida, ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi.Seminarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rahbar xodimlari, boshqarma va boʻlimlar boshliqlari, respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda uning Akademiyasi xodimlari ishtirok etdi. “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetidan – birinchi prorektor J.Eltazarov, boʻlim boshliqlari, bosh yuriskonsult, matbuot kotibi mazkur video-seminarda ishtirok etishdi.

Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda.Mamlkatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktyabr oyidan boshlandi.SHu yilning 14 oktyabrida O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi va 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi.Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat qilmaslik muhitini yaratish ko‘zda tutildi.YUqori bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqador bo‘lmaydi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar davlat mulklarini o‘marishga ( qo‘shib yozish, pora olib ishga joylashtirish, urug‘aymoqchilik va hakozalarga urinayotganligi ma’lum bo‘lmoqda) harakat qiladilar.O‘rta bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqada bo‘ladi. Bunda yuqori lavozimlarda ishlaydigan mansabdorlar jinoiy guruhlardan pora olib turadi va ularning jinoiy faoliyatlarini amalga oshirishda rahnomalik qiladi, hamda sezilib qolayotgan jinoyatlarini yopishga harakat qiladi.Mayda bo‘g‘inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqasi bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Mayda bo‘g‘inli korrupsiya o‘rta va kichik lavozimli rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Mayda ko‘rinishlar kommunal xizmat tarmog‘ida, soliq, yig‘im, jarima kabi aholidan olinadigan tulov sohalarida, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruhsat beruvchi idoralarda, davlat nazoratini amalga oshiruvchi xizmatlarda seziladi.

Korrupsiya… Naqadar, naqadar qabih illat. Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan bu illat azaldan jamiyat va davlat ravnaqiga zimdan toʻsqinlik qilib kelayotgan eng jirkanch omillardan biridir. Korrupsiya haqida soʻz yuritar ekanmiz, bu soʻzning lugʻaviy ma’nosi barchani birdek oʻylantirsa ajab emas, albatta. Keling, bu borada toʻxtalib oʻtsak. “Korrupsiya” atamasi lotinchadan olingan boʻlib, “corrumpo” – “poraga sotilish”, “aynish” degan maʻnolarni anglatadi. Kengroq ifodalaydigan boʻlsak, mansabdor shaxsning mansabi boʻyicha berilgan huquq va valokatlarni oʻz manfaatini koʻzlab, shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiste’mol qilishi bilan bogʻliq boʻlgan amaliyotdir.Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, insoniyat shakllanish jarayonining ilk davri boʻlmish ibtidoiy jamiyatlarda ham korrupsiyaning ayrim koʻrinishlari boʻlib, oʻsha davrda qabila oqsoqoliga yoki harbiy boshliqlarga muayyan bir imtiyozni egallash uchun haq toʻlash tabiiy hol hisoblangan. Keyinchalik esa davlat boshqaruvining takomillashuvi va murakkablashuviga koʻra, korrupsiyaning ham turli xil shakllari yuzaga kelib, oxir-oqibatda u global muammolardan biriga aylanib ulgurdi. Bilamizki, shaxs, jamiyat hamda davlat tushunchalari oʻzaro chambarchas bogʻliq. Shu sababli jamiyatning biron a’zosiga taʻsir qilgan biror illat, albatta, butun jamiyatga oʻz taʻsirini oʻtkazmay qolmaydi. Korrupsiya paydo boʻlishi va rivoji mazkur mamlakatning taraqqiyotiga zimdan toʻsqinlik qiladi hamda davlatning olib borayotgan islohotlariga qarshilik koʻrsatadi. Korrupsiya illatiga qul boʻlgan amaldorlar davlatning, jamiyatning, xalqning bildirgan ishonchini suiste’mol qilib, oʻz manfaatlarini xalq va davlat manfaatlaridan ustun qoʻyadilar. Bu esa davlar siyosatining oʻsha amaldorlar boshqarayotgan boʻgʻinida ish sifatining buzilishiga olib keladi. Natijada butun bir jamiyat zarar koʻradi. Korrupsiya davlatni nafaqat moddiy, balki ma’naviy-ahloqiy jihatdan ham yemirib, xalq va davlat oʻrtasida ishonchsizlik deya atalmish ulkan chegaraning vujudga kelishiga olib keladi. Bu esa xalq oʻrtasida Vatanga daxldorlik va kelajakka ishonch tuygʻularining soʻnishiga olib keladi.Mustaqillik yillarida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiSh.M.Mirziyoyevning “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qarori alohida e’tiborga loyiqdir. Shunday ekan, biz ham bir tan-u bir jon boʻlib, korrupsiya deya atalmish bu jirkanch illatga qarshi kurashib, yurtimiz taraqqiyoti yoʻlida barcha imkoniyatlarimizni ishga solishimiz darkor. Biz – korrupsiyaga qarshimiz. Zero, bizdan ozod va obod Vatan qolsin!

Mansabdor shaxslar pora oluvchilar ,ularga pora taklif qiluvchilar pora beruvchilar deb ataladi va korrupsiyaning vujudga kelishga sababchi vositalar sanaladi.Korrupsiya bor joyda o’sish bo’lmaydi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki korrupsiya shaffoflikni yo’qotadi. Shaffoflik bo’lmagan joyda esa o’sish va rivojlanish sur’ati pastlab ketadi, ko’zbo’yamachilik avj oladi. Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, tarraqiyot yo’liga g’ov bo’ladi. Shu asnosda ta’lim tizimida ham korrupsiyani avj olishi natijasida, kelajakda jamiyatimiz uchun munosib kadr bo’lib xizmat qilish istagi bilan bilim olayotgan yoshlarimizning ongida ham o’ziga bo’lgan ishonch, intilish, bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi asta-sekinlik bilan so’nib boradi hamda jamiyatimizda raqobatbardosh kadrlar safiga kira olmaydi. Shu bilan bir qatorda o’zining kelajakdagi o’rnini topish yo’lidagi to’siqlarga bardosh bera olmay taslim bo’lishiga zamin yaratib beradi.Hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan mustaqil O’zbekiston Respublikasidagi ayrim sohalarining tarraqiy etishiga to’sqinlik qilayotgan korrupsiya sekin astalik bilan yo’qolib bormoqda desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Lekin bu zararli illatni nafaqat ta’lim tizimi balki jamiyatimining barcha sohalaridan quvib chiqarishimiz uchun hamma birdek harakat qilmasa, korrupsiya holatlari yuzaga chiqishi bilan o’z vaqtida chora-tadbir ko’rmasa barcha Yurtboshimiz tomonlaridan barcha amalga oshirilayotgan islohotlar o’z natijasini ko’rsatmaydi.Zero, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda, qonunlar va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Ularni ijrosi ta’minlanishida barchamiz birdek harakat qilishimiz va ushbu zararli illatga qarshi tura olishimiz kerak.Xulosa o’rnida ta’kidlab o’tishimiz joizki, hozirgi kunda Respublikamizda Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qizg’in ishlar olib borilmoqda. Korrupsiya bo’lmasdan shaffoflik bo’lsa barcha sohalarning darajasi o’zgaradi, ya’ni sifati oshadi.Taklif o’rnida shuni ta’kidlab o’tmoqchiman, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada kuchaytirishimiz zarur. So’zimni yakunida shuni aytib o’tmoqchimanki, Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, korrupsiyani har bir sohadan quvib chiqaraylik.



Ertalab ostona hatlab o’qishga, ishga otlanganimizda onalarimiz-u momolarimiz qo’llarini duoga ochib: “Iloyo o’qishlaring, ishlaring o’ngidan kelsin, doimo xonadonimizga, mahalla- ko’yimizga va yurtimizga tinchlik – omonlik bersin,” – deya Yaratgandan yaxshi tilaklar tilaydilar. Bunda nihoyatda hikmat ko’p. Inson hayotda yashar ekan, yaxshi yashash uchun harakat qiladi.Kimdir bu yo’da ezgulik amallarini tanlasa, kimdir qing’ir yo’llarga kirib,manzilga osonlik bilan borishni istaydi.
Esimda,qachonlardir bir hikoyatni o’qigan edim.
Mimg yil umr ko’rgan Nuh payg’ambardan sorabdilar: Tiriklikni nimaga o’xshatding? Ikki eshikli uyga o’xshaydi, biridan kirdim, ikkinchisidan chiqdim. Yaxshi odam shu uyga o’zining ezgu amallari bilan g’isht qo’yib ketsa, yomon odam shu imoratdan g’ishtni ko’chirib ketar ekan. Taniqli yozuvchi O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari ham mazmun- mohiyati bilan shu asosga qurilganligini har bir o’quvchi ichi – ichidan sezadi. Beixtiyor o’ylanaman. Men bu umr yo’llarida qaysi yo’ldan boraman?!
Men hozirgi davrda XXI asrni tahlikaga solgan korrupsiyani vijdoniga qarshi borib,shaxshiy manfaatini el manfaatidan yuqori qo’yib, ishini yengillik bilan bitirib, pora olib, pora berish kabi salbiy holatlarni tushunaman. Hazrat Alisher Navoiy bundan qariyb olti yuz oldin:
Ming jafo qilsa menga bir qatla faryod aylaram,
Elga qilsa bir jafo ming qatla faryod aylaram.
Men korrupsiyani hazrat Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, elga zulm qilish , deb baholayman.
Korrupsiya inson va jamiyat hayotini izdan chiqarib, jamiyatning rivojiga rahna soluvchi, illat ekanligini har bir vijdonli odam sezadi. Negaki, pul berish orqali bilimi yo’q talaba oily o’quv yurtida mutaxassislik diplomini oladi, pul orqali inson tanish – bilish orqali ishga kiradi. Bularni sanayversak, sanog’iga yetolmaymiz. Tasavvur qiling. Pul bilan o’qigan talaba o’qituvchi bo’ldi. U bir emas, minglab, millionlab o’quvchilarning qalbiga bilim urug’ini emas, savodsizlik urug’ini sepdi. U yillar o’tib hosilini berdi. Jamiyatda bir emas, minglab , millionlab hech narsani his qilmaydigan hamda oila va jamiyat hayotini yaxshilash uchun harakat qilmaydigan insonlar ko’paydi. Buni ongli odam ich- ichiga sig’dira olmaydi. Yoinki haydovchini olaylik. U o’qimasa, yo’ harakati qoidalarini bilmasa, yo’l harakati hodisalari ko’payib,insonlar hayoti xavf ostida qoladi. Bu haqiqatdan hazrat Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, elga zulm –ku!
Biz bu umr yo’llarida qaysi yo’ldan boramiz?! Hozirgi davrda korrupsiya deb atalmish balo- ofatlardan qanday himoyalanib, unga qarshi kurash olib boramiz? Inson bu yo’lda ishonch bilan o’z e’tiqodi asosida Baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyamiz belgilab bergan qonun- qoidalarga rioya etgandagina, albatta, to’g’ri yo’lda borishi, shubhasiz.
Biz baxtiyor ona yurt — O’zbekiston tuprog’ida yashayotganimizdan g’urur- iftixor bilan faxrlanamiz!
Avliyolar, daholarning beshigisan,
Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.
Tiriklikning parvozi ham qo’shig’isan.
Sen azizsan, muqaddassan,ey sajdagoh,
O’zbekiston, ota- makon, ona tuproq!
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev hozirhi kunda korrupsiyaga qarshi qattiq kurash olib bormoqda. Buni har kuni ommaviy axborot vositalari orqali ko’rib, o’qib bormoqdamiz.
Download 12,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish