N
Taqqoslash jihatlari
Raqobatchilar
A
B
S
1
Sifat
2
Miqdor
3
Narx
4
Assortiment
5
Servis
6
Reklama
7
Mustahkamligi
8
Imedji
Biznes rejada “PERSONAL” bo’limi ham asosiy o’rin tutadi. Chunki siz
rejalashtirayotgan faoliyatingizni kimlar bilan ( mutaxasisligi, malakasi, mahorati)
qanaqa maosh to’lash sharti bilan, doimiymi yoki o’rindoshlik asosidagi shartlar
bilan amalga oshirishingiz faoliyatingiz natjasiga katta ta’sir o’tkazadi.
Shuningdek tashkilotlarning samaradorligi xodimlarning to’g’ri jalb qilish
siyosatiga ko’p jihatdan bog’liq.
Faoliyatingiz uchun talab qilinayotgan ishchilar soni aniqlangandan keyin kadrlarni
tanlash va ishga qabul qilish bosqichini amalga oshirish mumkin .
Xodimlarni ishga qabul qilingandan so’ng, ular bajaradigan vazifalar va
funktsiyalar tushuntirilishi lozim.
Ishga qabul qilinayotgan xodimning quyidagi xislatlariga jiddiy e’tibor qaratish
lozim:
tajribasi(hayotiy,ish);
kasbiy bilimi(nazariy)
kasbiy amaliy ko’nikma va mahorati,
shaxsiy xislatlari,
psixologik xislatlari,
sog’ligi va ishchanligi,
malaka darajasi,
xodimning karyerasi,
qiziqishlari,
kamchiliklari,
mehnatga haq to’lash.
62
Mahsulotingiz realizatsiyasini maksimallashtirish uchun siz o’zingizning bozoringizni
tanlashingiz va uni o’rganib chiqishingiz lozim. Bozorni tanlash uchun siz
avvalanbor bugungu mijozlaringiz mavjud bozorni tanlashingiz kerak, shuningdek
kimda sizning mahsulotingizga ehtiyoj borligini aniqlab shu segmentdagi mijojalar
bozoriga xizmat qilishingiz lozim.Siz xizmat qilmoqchi bo’lgan segmentni tanlab
bo’lgandan Bozor tanlangandan so’ng uni chuqur o’rganib chiqish lozim. Bozorni
tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:
bozor sig’imini baholash;
bozorni segmentlash;
bozor o’zgarishlari va rivojlanish tendensiyalari tahlili( iqtisodiy, fan texnika,
demografik, ekologik, qonunchilik kabi omillar tahlili.)
bozor tuzilmasini o’rganish,
sotuv hajmini bashorat qilish.
BOZOR SIG’IMI – belgilangan darajada va baholarda tovarni sotish imkoniyatlari
tushuniladi.
Bozor sig’imi tadqiqotlari kutilayotgan sotuv hajmini bashorat qilishga imkon beradi.
Bozor sig’imining ikki xil darajasi mavjud:
1. Potensial;
2. Real
Potensial bozor sig’imi xonadonlar va davlat ehtiyojlari yig’indisi bilan aks ettirilsa , real
bozor sig’imi bu haqiqatda sotilgan Tovarlar miqdoridir.
BOZOR SEGMENTI – bu bozorni muayyan ko’rsatkichlar asosida guruhlarga
ajratish. Segmentlash obyekti bu birinchi navbatda iste’molchilardir.
So’ng raqobatchilarni tahlil qilishimiz lozim.
Shu maqsadda siz quyidagi kriteriyalarnni o’rganib chiqishingiz kerak:
1. Asosiy raqobatchilaringiz kimlar?
2. Ularni kamchiliklari va yutuqlari qanday? Kuchli va kuchsiz jihatlari nimadan
iborat?
3. Ularning sizga nisbatan afzalliklari? Sizning ularga nisbatan afzalliklarii?
4. Raqobatchi tovarlar yoki xizmatni taqqoslash?
Raqobatchilarni tahlil qilishda siz quyidagi jadvaldan foydalanasiz.
Biznes rejada siz albatta raqobat strategiyangizni ko’rsatishingiz kerak: misol
raqobatchiga nisbatan sifatni yaxshilash orqali, narxni kamaytirish orqali, servis xizmatni
joriy qilish yoki uni yaxshilash orqali.
Xulosa qilib aytsak biznes rejaning bu bo’limida siz bozrni tahlil qilib uning sig’imini ,
segmentlarini, raqobat muhitini o’rganib raqobat strategiyangizni tanlab ko’rsatishingiz
lozim.
63
Biznes rejani tuzishda, shuningdek yaxshi foydani ta’minlashda korxonaning
MARKETING SIYOSATI asosiy omillardan biri bo’lib, u juda katta mehnat talab
qiladi.
Uning eng asosiy vazifasi bozorning kutiladigan o’zgarishlarini oldindan ko’ra
bilish va shu bilan birga o’zgarishlarga o’z vaqtida moslashish.
Ko’pgina korxonalar iste’molchi uchun kerakli Tovar ishlab chiqara turib, marketing
siyosatini to’g’ri amalga oshira olmaganliklari tufayli bankrotlikka uchragan, shuning
uchun to’g’ri tuzilgan marketing rejasi 50% muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Eng avvalo siz o’z biznesingizning mijozni jalb qiluvchi xususiyatini aniqlab uni
ko’rsata olishingiz lozim , misol: yutuq e’lon qilish, xizmat qilish kafolati muddatini
oshirish, bepul qadoqlash, servis xizmat ko’rsatish va h.o. lar
Biznes rejaning marketing bo’limini tuzish uchun siz quyidagi savollarga javob
berishingiz lozim:
Siz o’z mahsulotingizni bozorda qanday tartibda sotasiz?( korxona marketing
strategiyasi).
Siz o’z mahsulotingiz yoki xizmatingizga qanday tartibda narx belgilaysiz?
Siz qanaqa reklama siyosatini yurgizasiz?
Sotish hajmining doimiy o’sishiga qanday erishasiz?
Qanaqa va qanday servis xizmatini tashkil qilasiz?
Servis xizmatiga qancha mablag’ sarflaysiz?
Siz korxonangiz va mahsulotingiz nufuzini qanday ko’tarmoqchisiz.
Mukammal tuzilgan marketing rejasi yuqori daromadni ta’minlaydi.
Avvalanbor siz realizatsiya bozoringizni o’rganib chiqib, mahsulotingizga aynan bu
bozordagi talab qanday. Siz iste’molchi sifatida qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz.
Shunday nuqtai nazar bilan siz ishlab chiqaradigan mahsulotingizning yoki
xizmatingizning to’liq ko’rsatkichlarini baholashingiz mumkin.
Shuningdek narx shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganib chiqishingiz
kerak:
3. Qiymat,2.Talab va taklif orasidagi nisbat,3.Tovar nafliligi,4.Raqobat muhiti
Do'stlaringiz bilan baham: |