O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatlardir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajatlar). O`zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog`liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta′mirlash, ma′muriy xarajatlar kiradi.
165. Qanday xarajatlarga o`zgaruvchan xarajatlar deb ataladi?
Oʻzgaruvchi xarajat — ishlab chiqarish hajmining oʻzgarish taʼsir etadigan xarajatlar.
O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajatlar, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajatlar. O`zgaruvchan xarajatlar Q ga bog`liq funksiya bo`lib, TVC(Q) ko`rinishida yozilishi mumkin
166.Chekli xarajat nimani ifodalaydi?
Chekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha umumiy xarajatdir:
167.Mukammal raqobatlashgan bozorning asosiy shartlari nimalar?
Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo`ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:
˗ sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo`lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga qila olmaydilar;
˗ bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan;
˗ sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqolmaydi;
˗ bozor sub′ektlari bozor to`g`risida to`liq axborot olish imkoniyatiga ega.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor, sof raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deb qaraladi.
168. Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini qanday maksimallashtirishtiradi?
Qisqa muddatli oraliqda firma kapitali razmeri o`zgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan o`zgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajmini tanlashi lozim bo`ladi. Ma′lumki, foydani maksimallashtirish bu umumiy daromad bilan umumiy xarajatlar ayirmasini maksimallashtirish demakdir, ya′ni:
π(Q)=TR(Q)-TC(Q).
Agar abtsissa o`qi bo`yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini, ordinata o`qi bo`yicha - umumiy daromadni joylashtirsak, daromadning masulot hajmiga bog`liqligi (TR(Q)=PQ) koordinata boshidan chiquvchi nur bilan ifodalanadi. Umumiy xarajatlar esa o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisidan hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |