Partisipativ iqtisodiyot (yangi tizim).
Qadimda Yunon filosoflaridan biri Ksenofont oʻzining ilmiy ishlaridan birini „Ekonomikos“ deb ataydi. Bu asar orqali mamlakatida roʻy berayotgan mahsulot almashinishi xamda ishchi xalqni qishloq hoʻjaligidan unumli foydalanib oʻzining moddiy ahvolini yaxshilashi borasida ilk marotiba soʻz yuritilgan. Keyinchalik bu sohalar borasida rivojlanish statistika oqimini keltirib chiqargan bir necha oqimlar vujudga keladi ulardan ayrimlari Oʻrta asrlarda vujudga kelib oʻzining yoʻnalishi bilan bir necha mamlakatlar aro yaxshigina shuhrat qozongan:Merkantilizm — oqimidir bu yoʻnalish „merkante“ italyancha soʻzdan olingan boʻlib savdogar, xaridor maʼnosini anglatadi, XVI-asrning boshlarida paydo boʻlgan bu oqimning asoschilari taniqli italyan iqtisodchisi Tomas Men va fransuz iqtisodchisi Jan Batist Kolberg oʻzlarining ilmiy va amaliy ishlarida asos soluvchilar qatoridan joy olishdi.Merkantilizm tarafdorlari halq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu uning savdo bilan shugʻullanishi, eksport-importning izchilligidadir deb xisoblashishgan.Klassik iqtisodiyotchilar-bu oqim bizning zamonamizga oʻzaro bogʻlikligi bilan ajralib turadi. XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning boshlarida Adam Smith,William Petty,David Ricardo,Jean Baptist Sayning iqtisodiy ruknda ishlari ularni bevosita bu oqimni yaralishiga olib kelgan. Bu iqtisodchilarning fikricha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi oʻzaro mahsulot ishlab chiqarish, raqobat faoliyatini kengaytirishi asosida yaratiladi deya xisoblashgan va oʻzlarining amaliy ishlarida buni yaqqol isbotlab berishgan. Iqtisodiyot hamisha jamiyat hayotining asosini tashkil etadi. Odam yashashi uchun oʻz ehtiyojlarini qondirishi kerak,Hamma ehtiyojlarni qondirish esa ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bogʻliq.Inson sanʼat, adabiyot bilan shugʻullanishdan oldin avval ovqatlanishi, kiyinishi va yashash joyiga ega boʻlishi kerak.buning uchun zarur mahsulotlar, kiyim-kechak va boshqa tovarlar ishlab chiqarishda yaratiladi. Shu tarzda kishilarning moddiy turmush darajasi, moddiy ehtiyojlarning qondirilishi iqtisodiyotning holatiga, iishlab chiqarishning rivojlanishiga tugʻridan-toʻgʻri va bevosita bogʻliqdir.
Ilmiy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi insonlar va jamiyatning koʻp maqsadlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan noyob resurslardan foydalanish usulini qanday tanlshlarini oʻrganuvchi fan.Amaliy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan qonuniyat, nazariya, takliflarni bevosita iqtisodiy tizimning alohida elementlari faoliyatiga tatbiq qilish imkoniyatlarini oʻrganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |