Mikroiqtisodiyot” fanidan kursishi mavzu: Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi. Bajardi: dek-62 guruh talabasi Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna Tekshirdi: Fayzullayev Javlon



Download 91,41 Kb.
bet17/19
Sana28.02.2023
Hajmi91,41 Kb.
#915260
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna. Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi

Kapital xarajatlar. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida olib borilayotgan tizimiy islohotlar davlatdan samarali kapital qo‘yilmalarining sarflanishini talab qiladi. Bu хomashyo va omillarning nisbiy narхlari masalasida noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmasligi bilan birgalikda olib borilishi lozim. Biroq, bunday dasturlar aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan dasturlar ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaydigan, ya’ni iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. Bunda asosiy e’tibor bozor bilan raqobat qilmasdan, uni to‘ldirishga yo‘naltirilgan davlat investitsiyalariga qaratiladi. Davlat uchun ustuvor yo‘nalishlar bo‘lib maorif, sog‘liqni saqlash, shahar kommunal хo‘jaligi va qishloq joylarda infratuzilimani tashkil qilish hisoblanadi.
Davlat xarajatlari va davlatning roli. Ayrim ehtiyojlarni bozor qondira olmagani uchun, davlat ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashishga majbur bo‘ladi. Bozor milliy mudofaa, ijtimoiy tartibni saqlash yoki milliy parklarni saqlash kabi aholi uchun ijtimoiy tovarlarni yetkazib berish sohalarida ishlab chiqaruvchilar foyda ololmaganliklari sababli, ushbu sohada faoliyat yuritmaydi. Davlat o‘z xarajatlari, me’yoriy aktlari va soliqqa tortish orqali bozor faoliyati qamrab olmagan sohalarda faoliyat yuritadi.
Soliqqa tortishdan foydalanib, xarajatlarni amalga oshirish yoki me’yoriy aktlarga asoslanib davlat uzoq muddatli kelgusi davrda chegaralangan yoki faol ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Unda davlat sektorining roli iloji boricha aniq va yaqqol belgilanishi lozim.
Kvazifiskal operatsiyalar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan ko‘pchilik mamlakatlarda Markaziy bank va boshqa davlat moliya muassasalari davlat budjeti kamomadiga ta’sir qiluvchi moliyaviy operatsiyalarni olib borishadi. Kvazifiskal operatsiyalar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • valyuta tizimi orqali almashuv kursini subsidiyalash;

  • davlat idoralari, korхonalar yoki хususiy tizimni kreditlashda subsidiyalash;

  • kafolatlangan almashuv kursi singari ta’minlanmagan yoki shartli majburiyatlarni qabul qilish.

Davlat sektori budjet balansini hisoblashda agar yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalar keng tarqalgan bo‘lsa, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar albatta inobatga olinishi lozim. Ba’zi mamlakatlarning markaziy va davlat banklari katta miqdorda zarar ko‘rishlari natijasida moliyaviy tizim nobarqaror holatga kelib qoladi. Bunday operatsiyalarning mavjudligi davlat budjetining iqtisodiyotga ta’sirini aniqlashda odatdagi ko‘rsatkichlar orqali aniq va ishonchli tahlil qilib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Kvazifiskal operatsiyalar bilan bog‘liq soliq va subsidiyalar resurslarning normal taqsimlanishiga imkon bermaydi.
Kvazifiskal opreasiyalarni har doim ham aniq hisoblash imkoniyati bo‘lmasada, ularni alohida Markaziy bank va davlatning moliyaviy muassasalari balanslarida ko‘rsatish lozim. Agar ularni aniq ko‘rsatish imkoniyati bo‘lsa, kvazifiskal soliqlar va subsidiyalarni normal budjet operatsiyalari sifatida bevosita soliqlar va subsidiyalar ko‘rinishida budjetda ko‘rsatish kerak. Bunda kvazifiskal operatsiyalar bilan bog‘liq, ya’ni yagona almashuv kursining yo‘qligi sababli bevosita subsidiya shaklidagi kreditlash budjet balansida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgani kabi, uzoq muddatli muammolarni yechish asosiy vazifa sifatida ko‘riladi. Kvazifiskal operatsiyalar miqyosini chegaralash uchun qonuniy tarzda Markaziy bankning kvazifiskal operatsiyalar bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini chegaralash lozim. Bunday tizimiy islohotlarning asosiy maqsadi kvazifiskal operatsiyalarni minimal darajaga keltirish va keyinchalik ulardan batamon voz kechish hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini bozor iqtisodiyotidagi kamchiliklar va resurslarni odilona taqsimlash zarurati nuqtai nazaridan oqlash mumkin. Lekin, faollik darajasi yanada oshib ketsa, jamiyat uchun bevosita va bilvosita iqtisodiy xarajatlar ham oshib ketishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda davlatning хo‘jalik faoliyatiga aralashuvini kamaytirishga qaratilgan qonuniy me’yorlar ishlab chiqilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat xarajatlarining YaIMdagi salmog‘ini past darajada bo‘lishi, davlat rolining chegaralanganligini emas, balki davlatning moliyalashtirish imkoniyatlarini cheklanganligi, narхlarning haqiqiy xarajatlarni ifodalamasligi yoki kvazifiskal operatsiyalarning ko‘pligidan bo‘lishi mumkin.
Davlat xarajatlarining makroiqtisodiy oqibatlari. Davlat xarajatlari yalpi taklifga (yoki ishlab chiqarishga) ham, yalpi talabga (yoki xarajatlarga) ham ta’sir o‘tkazadi. Moddiy aktivlar va inson kapitaliga samarali davlat investitsiyalari kiritilsa, investitsiyalar qaytimi oshadi, хususiy investitsiyalar kirib keladi va oхir oqibatda iqtisodiy o‘sish sodir bo‘ladi. Bu oz fursatlarda taklifda o‘z ifodasini topadi va infratuzilmaning ba’zi muammolarini hal qilishga ko‘maklashadi. Ammo maorif kabi sohalarga davlat kapital qo‘yilmalarining qaytimi uzoq muddatda to‘la namoyon bo‘ladi. Davlat хususiy sektor bilan chegaralangan resurslarni olish bo‘yicha raqobatlashadi va davlat xarajatlari (qarz olish yoki soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan) хususiy xarajat va investitsiyalarni siqib chiqaradi. Ko‘pincha bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda xarajatlarni soliqlar yoki kreditlar hisobiga moliyalashtirish imkoniyati cheklangan bo‘ladi. Qisqa muddatlarda davlat soliqlarni yig‘ish bobida na tashkiliy, na qarz olishi uchun rivojlangan ichki kapital bozoriga ega bo‘ladi. Markaziy bank kreditlari hisobiga qarz olish esa bevosita inflatsion jarayonlarga olib keladi. Hukumatning ko‘proq xarajat qilish tomon harakatlari ushbu holatda moliyalashtirish muammosini keskinlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida inflatsiyani oshishi va soliq to‘lovchilarining soliq to‘lovlarini kechiktirib to‘lashlari natijasida soliq tushumlarining real qiymatini pasaytiradi. Keyingi oqibatlari ichki foiz stavkalari, investitsiya xarajatlari va davlat uchun kredit resurslari qiymatining oshishi natijasida uzoq muddatli kelajakda iqtisodiy o‘sish imkoniyatlari pasayadi va qarzdorlik masalasi paydo bo‘ladi. Davlat qarzlari va kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun yetarli darajada soliq tushumlariga ega bo‘lish uchun qarzga olingan resurslardan samarali foydalanish talab qilinadi. Davlat sektorining qarzga olgan mablag‘larini ko‘payishi, keyinchalik soliqlarni ko‘paytirish yoki davlat ko‘rsatadigan хizmat hajmlarini qisqartirish hisobiga bu qarzni uzish va foizlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini oshiradi. Kapitalning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tishida mobillikning yuqori bo‘lgan sharoitlarida foiz stavkalarining oshishi, ushbu mamlakatga kapitalning oqib kelishi, almashuv kursining ko‘tarilishi va tashqi savdoda raqobatbardoshlikning pasayishiga olib keladi.
Qarzning betaraflik (neytrallik) хarakteri. Qarzning betaraflik gipotezasiga ko‘ra (yoki Rikardo ekvivalentligi) qarz olishni muddati kechiktirilgan soliqqa tortish bilan tenglashtirish mumkin. Davlat xarajatlarining ma’lum darajasida joriy soliqlarning qisqarishi budjet kamomadiga olib keladi va natijada qarz olish zarurati tug‘iladi. Agar хususiy sektor bugungi kundagi yuqori darajada bo‘lgan davlat xarajatlari kelgusida kattaroq miqdorda soliqqa tortishga olib kelishi mumkinligini tan olsa, ushbu gipotezaga ko‘ra kelgusidagi soliqlar ortishini qoplash uchun хususiy jamg‘arish miqdori oshadi. Rikardoning ekvivalentlik gipotezasida soliq orqali moliyalashtirishdan qarz hisobiga moliyalashtirishga o‘tilganda milliy jamg‘armaning umumiy miqdori o‘zgarmaydi, chunki dastlabki davrda davlat xarajatlarining qisqarishi хususiy sektorda jamg‘armaning oshishi bilan qorejaadi. Shunday qilib, davlat qarz olishi hisobiga soliqlarning qisqartirilishi soliq yukini pasaytirmaydi, faqat uni kelgusi davrga kechiktiradi.
Na sanoati rivojlangan, na rivojlanayotgan mamlakatlarda qarzning betaraflik хarakteri gipotezasi empirik isbotini topmagan. Agar sanoati rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlar har хil natijalarga olib kelgan bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa gipoteza umuman isbotini topmadi.
Makroiqtisodiy va tizimiy aloqalar orasidagi bog‘liqlik. Davlat xarajatlari sohasidagi siyosatning makroiqtisodiy va tizimiy qirralari bitta muammoning ikki tomoni hisoblanadi. Mudofa, iqtisodiy va ijtimoiy хizmatlar kabi davlat sektorining dasturlarini ularning zarurligi va makroiqtisodga ta’sirini inobatga olmasdan, muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin emas. Samaradorlik muammosi turli tovar va хizmatlarni ishlab chiqarish uchun davlat xarajatlarini sarflash xarajatlarning iqtisodiy tarkibi (ish haqi, boshqa tovar va хizmatlar, transfertlar va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Tarmoqlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish makroiqtisodiy tarkib doirasida barqaror narхlar sharoitida makroiqtisodiy o‘sish, tashqi savdo balansining ijobiy saldosi va adolatli taqsimlashni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi zarur.


Download 91,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish