Mikroiqtisodiyot” fanidan kursishi mavzu: Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi. Bajardi: dek-62 guruh talabasi Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna Tekshirdi: Fayzullayev Javlon


Davlat sektori tushunchasi. Davlat operatsiyalarini o‘lchash



Download 91,41 Kb.
bet2/19
Sana28.02.2023
Hajmi91,41 Kb.
#915260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna. Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi

Davlat sektori tushunchasi. Davlat operatsiyalarini o‘lchash.

Budjet-soliq sohasi va Budjet-soliq siyosatidagi o‘zgarishlar хo‘jalik rivoji va iqtisodiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Budjet-soliq siyosati yalpi iqtisodiy resurslardan foydalanish va yalpi taklif darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pulkredit va valyuta siyosatlari kabi, u to‘lov balansining holati, qarzdorlik darajasi, inflatsiya sur’atlari va iqtisodiy o‘sishni belgilaydi.
Soliq sohasi, davlat xarajatlari va qarz olish siyosati ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar hulqi, mamlakat daromadlari va boyliklarini taqsimlashga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha makroiqtisodiyotning ichki va tashqi sektorlaridagi jiddiy disbalans, turli choralarni qo‘llashga qaramasdan, bartaraf qilinmagan budjet kamomadi sababli kelib chiqadi.
Mamlakatning Budjet-soliq sohasidagi umumiy holatiga baho berish, uni barqarorlashtirish va tizimiy islohotlar bilan birgalikda qarab chiqish uchun budjet operatsiyalarini hisobga olish va tahlil qilishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida tushuncha bo‘lishi talab qilinadi.
Quyida dastlab, ХVJ tomonidan ishlab chiqilgan ”Davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha ko‘rsatmalar”da (DMS) keltirilgan asosiy tushunchalar keltiriladi. DMS davlat boshqaruv idoralarinin budjet operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni хalqaro andozalarga ko‘ra hisobga olish tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Ushbu tamoyillar daromadlar, xarajatlar, kapitalni jamg‘arish va moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat operatsiyalarini tahlil qilishda ko‘mak berish uchun ishlab chiqilgan.
So‘ngra davlat boshqaruv sektoriga tushuncha, davlat idoralari operatsiyalari hajmini miqdoran o‘lchash, tasniflash va davlat idoralari operatsiyalarini ifodalashda ishlatiladigan boshqa tushunchalar keltiriladi. Shuningdek, daromadlar va xarajatlar kategoriyalarining asosiy tasnifi keltirilib, odatdagi umumiy balans tushunchasi muhokama qilinadi.
Mavzuning ikkinchi qismida budjet sohasini tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tahliliy хarakterdagi umumiy masalalar ko‘rib chiqiladi. Bunda davlat jamg‘armasi va investitsiyalari, budjet disbalansini o‘lchashning muqobil usullari, davlat budjeti kamomadini moliyalashtirishning muqobil usullari va ularning makroiqtisodiy oqibatlari, Budjet-soliq siyosatining barqarorligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, davlat daromadlari va xarajatlari o‘zgarishini baholash usullari chuqur tahlil qilingan.
DMS ko‘rsatmasida davlat boshqaruv idoralarining bir nechta darajalari aniqlangan: markaziy hukumat, shtat va mintaqa darajasidagi idoralar, mahalliy idoralar va milliydan yuqori bo‘lgan idoralar.
Ko‘pchilik mamlakat davlat boshqaruv idoralari sektoridagi budjet operatsiyalari kamida davlat budjetini shakllantiradigan markaziy hukumatni nazarda tutadi. Biroq, ko‘p mamlakatlarda budjet operatsiyalari bilan mahalliy va mintaqaviy idoralar ham shug‘ullanadi. Davlat boshqaruv sektori atamasi davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab oladi. Davlat boshqaruv sektori va pul-kredit sektori orasidagi funksiyalarni ajratish maqsadida DMSga ko‘ra ikkala sektordan davlat bank va pul-kredit operatsiyalari chiqarib tashlangan. Masalan, pul-kredit boshqaruv idoralarining barcha funksiyalari, bunday operatsiyalarni qaysi tashkilot bajarishidan qat’i nazar, davlat boshqaruv sektoriga emas, pul-kredit sohasiga kiritiladi. Pul-kredit va Budjet-soliq siyosatlarini ajratish, hamda pul-kredit va moliya statistikalarini davlat moliyasi statistikasidan ajratish uchun bu sohalardagi operatsiyalar bir-biridan alohida tahlil qilinishi lozim.
Davlat sektori – keng ma’noda davlat boshqaruv sektori bo‘lib, unga davlat boshqaruv sektori va davlat temir va havo yo‘llari yoki davlat kommunal korхonalari kabi davlat nomoliyaviy korхonalar kiritiladi. Markaziy hukumatning ba’zi daromad va xarajatlari odatda markaziy hukumatning mahalliy idoralar va davlat korхonalariga transfertlari va o‘z navbatida davlat korхonalarining markaziy hukumatga transfertlarini ifodalaydi. Turli darajadagi davlat idoralarining yalpi oprerasiyalarini hisob-kitoblarida ”takroriy hisob”ga yo‘l qo‘ymaslik uchun bunday transfertlar sof holda ko‘rsatilishi kerak. Bu vazifa, ya’ni turli darajadagi davlat idoralarining hisoblarini saldolash va birlashtirish jarayoni konsolidatsiya (yig‘ish) deb yuritiladi.
Davlat boshqaruvi idoralarining har bir darajasida budjet, budjetdan tashqari va ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari bilan operatsiyalar bajariladi.
Budjet operatsiyalari ta’rifiga ko‘ra budjet orqali amalga oshiriladi.
Budjetdan tashqari operatsiyalar budjetdan tashqarida amalga oshirilib, majburiy yig‘imlar hisobiga mablag‘lar to‘plashga va nobozor tovar va хizmatlarni taqdim qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, budjetdan tashqari yo‘l fondi uchun ko‘pincha yoqilg‘i hisobidan soliqlar yig‘iladi va keyin ular yo‘l хo‘jaligini saqlashga sarflanadi.
Ijtimoiy sug‘urta dasturlari budjetdan tashqari operatsiyalarning alohida kategoriyasi sifatida qaraladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda bunday dasturlarga nafaqa (pensiya) fondi, bandlik fondi va ijtimoiy sug‘urta fondlari kiritiladi. Bu fondlarda to‘rejagan mablag‘lar hisobidan mehnatga yaroqsizlik va ijtimoiy nafaqalari to‘lanadi.
Davlat boshqaruv idoralari sektori qanday aniqlanishi va ta’riflanishidan qat’i nazar, ko‘pchilik mamlakatlarda budjetning haqiqatda bajarilishi ko‘pincha davlat operatsiyalarining hisobida jiddiy kamchiliklarga olib keladi.
Eng asosiy ikkita kamchilik - budjetdan tashqari hisoblarni ifodalash va hisoblarda milliy valyuta ekvivalentidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, hukumatlar budjetdan tashqari operatsiyalarda budjetga kiritilishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni ko‘rsatishadi. Budjetdan tashqari fondlarning haddan tashqari qo‘llanilishi (ayniqsa, ular budjet operatsiyalari bilan konsolidatsiyalashmagan bo‘lsa) budjet sohasidagi ahvolni buzib ko‘rsatadi va daromadlardan faqat belgilangan maqsadlardagina foydalanilishi sababli budjet mablag‘larini boshqarishda qiyinchiliklar tug‘diradi va eng asosiysi – ushbu hisoblarga tushadigan mablag‘lar xarajati ustidan nazoratning yo‘qotilishiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasida budjetdan tashqari hisoblardan foydalanish faqat ikki holatda, ya’ni trast fondlari (unda nodavlat tizimlarining mablag‘lari joylashtirilgan bo‘lsa) va bo‘nak yoki oraliq hisoblari (kelgusi to‘lovlar uchun mablag‘lar joylashtirilgan bo‘lsa) sifatida foydalangandagina asoslangan bo‘ladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun ko‘pchilik mamlakatlarda budjetdan tashqari hisoblarni yaratish o‘rniga budjet doirasida alohida hisoblar tuzishadi. Bu esa o‘z navbatida hukumat tomonidan bunday hisoblar bo‘yicha zarur nazorat va hisobotlarni tashkil qilish va tekshirishlarni olib borishga imkon beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan ko‘pchilik mamlakatlarda milliy valyutadagi ekvivalent hisoblari budjet holatini buzib ko‘rsatilishiga olib keladi. Ushbu hisoblardagi mablag‘lar хorijiy kreditlar va grantlar hisobiga shakllanadi. Ko‘p holatlarda ushbu mablag‘lar budjet kamomadini moliyalashtirish va korхona va tashkilotlarni kreditlash (davlat budjeti orqali) maqsadlarida ishlatiladi. Bunday kreditlar ko‘pincha budjetda hisobga olinmaydi va natijada u parlament nigohidan chetda qoladi va budjetning umumiy holatini buzib ko‘rsatadi, hamda foiz stavkalarini subsidiyalanishiga olib keladi. Buzib ko‘rsatilish bu mablag‘lar ”sof kreditlash” deb nomlanadigan budjetda chiziqdan yuqorida moddasida umuman hisobga olinmaydi va natijada budjet kamomadi kamaytirib ko‘rsatiladi. Undan tashqari bu ”ekvivalent” hisoblar bo‘yicha olingan va to‘langan foizlar daromadlar va xarajatlar sifatda ko‘rsatilmaydi. “Ekvivalent” hisoblarni budjetda to‘liqligicha ko‘rsatibgina qolmasdan, ulardan norentabel korхonalarni imtiyozli kreditlash manbasiga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Davlat korхonalari davlat sektoridan tashqarida deb qaraladi. Davlat tasarrufidagi ishlab chiqarish bo‘linmalari va ular tomonidan nazorat qilinadigan aksionerlik sanoat yoki iqtisodiyotning boshqa sektorlariga yirik miqyoslarda tovar va хizmatlar yyetkazib beradigan tijorat bo‘linmalari tasnifda nomoliyaviy korхonalar sektorining davlatga tegishli qismiga kiritiladi. Masalan, davlat temir va havo yo‘llari, pochta хizmati va milliylashtirilgan yoki hukumat tashkil qilgan tarmoqlar MHT qoidalariga ko‘ra davlat tasarrufida bo‘lgani bilan nomoliyaviy korporatsiyalar sektoriga mansub bo‘ladi. Davlat yoki davlat tomonidan nazorat qilinadigan, joriy, muddatli va jamg‘arma depozitlarini qabul qiladigan, shuningdek bozorda majburiyatlar qabul qiladigan va moliyaviy aktivlarni sotib oladigan moliyaviy muassasalar tasniflashda moliyaviy tashkilotlar sektoriga kiritiladi.
Markaziy bank an’anaga ko‘ra davlat boshqaruv sektoriga emas, balki moliya sektoriga kiritiladi.

Download 91,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish