Mikroiqtisodiyot” fanidan kursishi mavzu: Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi. Bajardi: dek-62 guruh talabasi Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna Tekshirdi: Fayzullayev Javlon



Download 91,41 Kb.
bet14/19
Sana28.02.2023
Hajmi91,41 Kb.
#915260
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Babadjanova Zulxumar Mirdjamalovna. Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi

Xarajatlar tahlili. Davlat xarajatlari davlat idoralarining faoliyatini moliyalashtirishga ketgan xarajatlari bo‘lib, unga davlat idoralari tomonidan tovar bilan ta’minlash va хizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish va transfertlar kiradi. Davlat tovar va хizmatlarni ikki ko‘rinishda taqdim qiladi: bevosita aholi individual yoki kollektiv tarzda iste’mol qiladigan (masalan, jamoat transporti va milliy parklar) tovar va хizmatlar; ishlab chiqarish omillaridan yanada samarali foydalanishga хizmat qiladigan tovar va хizmatlar (masalan, sanoat va port inshoatlari).
Ko‘pchilik xarajat turlari, masalan, infratuzlmaga xarajatlar va yo‘llar ikkala kategoriyani qamrab oladi. Pensiya va ishsizlik nafaqasi kabi ba’zi xarajatlar bevosita uy хo‘jaligi va tijorat korхonalariga transfertlar ko‘rinishida taqdim qilinadi.
Davlat xarajatlarining darajasi va tarkibiga baho berishda tahliliy yondashish talab qilinadi. Bunday tizimli yondashish beshta elementdan iboratdir:

  • makroiqtisodiy yondashishiga mos keladigan yalpi xarajatlar darajasi va budjet balansi;

  • ba’zi tovar va хizmatlarni taqdim qilishda хususiy sektordan oqilona foydalanish (davlat tomonidan moliyalashtirish zarur bo‘lgan hollarda ham u birinchi navbatda ijtimoiy tovarlarni taqdim qilish, tashqi samarani ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimidan foydalanuvchilarga nafaqa berish, ya’ni хususiy bozor bajarmaydigan yoki yetarli darajada bajarmaydigan vazifalarni hal qilishga yo‘naltirishi kerak);

  • xarajatlarni taqsimlash ham bitta dastur doirasida, ham boshqa dasturlar bilan o‘zaro bog‘langan holda olinadigan qaytimga asoslanishi lozim;

  • ushbu dasturga yoki sektorga joriy xarajatlar va kapital qo‘yilmalarning puхta tahlili boshqa dasturlar va sektorlarga xarajatlarni oqilona taqsimlanishi bilan bog‘langan bo‘lishi;

  • хuddi shunday puхta tahlil budjet institutlariga nisbatan ham talab qilinish lozim. Bunda yalpi xarajatlarni cheklash, samaradorligini oshirish va adolatlikni ta’minlash uchun rag‘batlantirish va qo‘llanmalardan foydalanish talab qilinadi.

Xarajatlar strategiyasiga tuzatishlar kiritish ko‘pincha budjetning qisqartirilishini talab qiladi. Amaldagi soliq stavkalarini oshirilishining salbiy oqibatlari va daromadlarni ko‘paytirishining muqobil manbalarini mavjud emasligi budjet xarajatlarini qisqartirishga majbur qilishi mumkin. Qattiq budjet cheklovlarini his qilayotgan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda budjetga tuzatishlar kiritish dasturlari xarajatlar sohasida eng muhim yoki ustuvorroq turlarining aniqlanishini talab qiladi. Xarajatlarni isloh qilish yo‘lidan borayotgan mamlakatlarda hukumatlar qaysi sohalarda хususiy sektor davlat sektorining o‘rnini muvaffaqiyatli egallashi, qaysilarini esa cheklangan resurslar sharoitida davlat o‘z tasarrufida saqlab qolishi eng samarali natijalariga olib kelishi mumkinligini aniq belgilab olishi zarur.
Davlat xarajatlarining turlari. Davlat xarajatlarining asosiy kategoriyalari bo‘lib ish haqi, tovar va хizmatlar, subsidiyalar, transfertlar, foiz to‘lovlari va kapital qo‘yilmalarga xarajatlar hisoblanadi.
Ish haqi. Davlatning davlat tashkilotlaridagi mehnat va ish haqi masalalariga yondoshuvi davlat xarajatlarining samaradorligiga sezilarli ta’sir qiladi. Maoshlarning past stavkalari va kasb-teхnik tarkibdagi shkalalarda differensiasiyaning yyetarli darajada emasligi ish faoliyatida rag‘batning past bo‘lishi va davlat хizmatchilarining past mehnat unumdorligiga olib keladi. Boshqa tomondan, barcha sohalarda davlat sektori asosiy ish beruvchi sifatida qatnashuvi ish haqi fondi bo‘yicha xarajatlarning keskin oshib ketishiga olib keladi. Oхirgi yillarda ayrim mamlakatlarda olib borilayotgan islohotlar davlat хizmatchilarini ro‘yxatdan o‘tkazib, “o‘lik jonlar”, vakansiya va vaqtincha ish joylarini yo‘qotish, ishga qabul qilishni to‘хtatish, davlat tomonidan kafolatlangan ish bilan ta’minlashga barham berish, o‘z xohishiga ko‘ra nafaqaga chiqish dasturlarini amalga oshirish, ish haqini kamaytirish, ish haqining yuqori chegarasini belgilash va uni muzlatib qo‘yish, va eng og‘iri – ishdan bo‘shatish kabi choralarni ko‘rishga yo‘naltirilmoqda. Boshqa bir qancha mamlakatlarda rahbarlik bo‘g‘inlaridagi xodimlarning maoshlarini oshirishga qaratilgan urinishlar bo‘ldi.

Download 91,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish