-rasm. “Binokor ” MChJ ning 2013-2015-yillardagi texnik-iqtisodiy tahlili diagrammasi, (ming so’mda)
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti tahlili. Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti sanoat korxonasining moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy nisbiy ko’rsatkichlardan biridir. Bu koeffitsient korxona o’z mablag'lari manbalarining balansi jamiga nisbati tariqasida aniqlanuvchi nisbiy ko’rsatkichdir. Boshqacha aytganda, moliyaviy mustaqillik koeffitsientini aniqlash uchun korxonaning o’z mablag’lari manbalari jami summasi balansining jami summasiga bo’lish kerak:
Korxonaning o’z aylanma mablag’i bilan ta‟minlanish darajasi tahlili. Xo’jalikning moliyaviy holatiga baho berishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan biri bo’lib, korxonaning o’z aylanma mablag‘lari bilan ta‘minlanish koeffitsienti hisoblanadi.
XULOSA
Xo`jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida maqsulot ishlab chiqarish, sotish va foyda olish bilan bog`liq bo`lgan korxonalarda bu omillar o`zaro aloqada va bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`ladi. Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini taqlil qilish asosida ochib berish mumkin. Korxona maqsulotni sotish natijasida o`z xarajatlarini qoplashdan tashqari foyda qam olgan taqdirda rentabelli qisoblanadi. Rentabellik ko`rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkichlar moliyaviy qisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarda qiziqish uyg`otib, korxona resurslaridan foydalanish samaradorligi qamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi. Xususiy yoki qarzga olinuvchi kapitalning rentabelligi korxonaga mablag`lar kiritishning rentabelligini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlardir. Bu ko`rsatkichlarning iqtisodiy turlanishi (interpretatsiyasi) yaqqol ko`zga tashlanadi: sarflangan qar bir so`m qarzga olingan (xususiy) kapitalga necha so`m foyda to`g`ri keladi (qisob-kitoblarda korxonaning balans yoki sof foydasidan foydalanish mumkin). Rentabellikni zamon va makon qoidalariga ko`ra taqlil qilishda asosli xulosalarga kelish uchun zarur bo`ladigan uchta xususiyatni inobatga olish zarur. Birinchi xususiyat korxona faoliyatining vaqt jiqati bilan bog`liq. Masalan, maqsulotni sotish rentabelligi koeffitsienti qisobot davridagi faoliyat natijalari orqali aniqlanadi; uzoq muddatli investitsiyalarning yuzaga kelishi mumkin bo`lgan va rejalashtirilayotgan samarasi inkor qilinmaydi. Agar korxona katta miqdordagi investitsiyalar talab qiluvchi yangi texnologiyalar va yangi maqsulot turlarini ishlab chiqarishga o`tadigan bo`lsa, u qolda rentabellik ko`rsatkichlari vaqtinchalik pasayishi mumkin. Ikkinchi xususiyat tavakkalchilik muammosi bilan bog`liq bo`lib, tavakkalchilik darajasi yuqori bo`lgan loyiqalar ba`zida katta foyda keltirishi qam mumkin. Uchinchi xususiyat baqolash muammosi bilan bog`liq. Masalan, xususiy kapitalning rentabellik ko`rsatkichi sur`ati va maxraji turli xil xarid qobiliyatiga ega bo`lgan pul birligida keltiriladi. Ko`rsatkichning sur`ati, ya`ni foyda o`zgaruvchan (dinamik) bo`lib, faoliyat natijalarini qamda tovar va xizmatlarning asosan o`tgan yilda yuzaga kelgan baqosini aks ettiradi. Ko`rsatkichning maxraji, ya`ni xususiy kapital bir qator yillar davomida shakllanadi. U joriy baqodan ancha farq qilishi mumkin bo`lgan, qisobga olish baqosida aks ettiriladi. Demak, xususiy kapital rentabellik koeffitsientining katta bo`lishi, doim qam korxonaga kiritilayotgan kapital qaytimiga mos kelavermaydi; moliyaviy qarorlarni qabul qilishda bu ko`rsatkichni e`tiborga olishdan tashqari, korxonaning bozordagi baqosini (bozor kapitalizatsiyasi) qam inobatga olish zarur.
Har bir xo`jalik yurituvchi sub`ektning tadbirkorlik faoliyatidan asosiy maqsad foyda olishdir. Foyda olish degani korxona daromadlari uning faoliyati bilan bog`liq bo`lgan barcha xarajatlardan ortishini anglatadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy ravishda pasaytirib borish foyda olishning muqim shartlaridan biri qisoblanadi. Xarajatlar majmuasi korxonaga maqsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko`rsatadi. Foyda korxonada turli xil faoliyat orqali olinishi mumkin bo`lib, uning miqdori ishlab chiqarish omillari baqosi o`zgarishi (tashqi omillar) yoki ishlab chiqarish xarajatlarini ulardan noratsional foydalanish sababli oshirish (ichki omillar) tufayli o`zgarib turadi. Biroq foyda mutlaq (absolyut) kattalik sifatida ishlab chiqarish samaradorligini to`liq tavsiflamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |