"Osilgan" tomchi tayyorlash. "Osilgan" tomchi tayyorlash
uchun o’rtasida dumaloq chuqurchasi bo’lgan maxsus buyum
oynalaridan foydalaniladi. Chuqurchaning tashqi chetlariga vazelin
surtiladi, so’ngra toza qoplag’ich oynaning o’rtasiga mikrobiologik
sirtmoq bilan yuqorida aytilgan usulda bakteriyalar aralashgan kichik
suv tomchisi surtiladi. Shundan keyin qoplag’ich oyna tomchili
tomoni bilan shunday ag’darib qo’yiladiki, undagi tomchi buyum
oynasidagi chuqurchaning o’rtasi ustidan osilib turadi, qoplag’ich
oynaning chetlari chuqurcha chetlariga surtilgan vazelinga yopishadi.
Vazelin surtilganligi uchun chuqurchaga havo kirmaydi va tomchi
qurib qolmaydi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |