Agarli
blok
usuli.
Buning
uchun
test-mikrobi
Petri
likobchasidagi zich oziqa muhitga ekiladi. Sinalishi kerak bo'lgan
antibiotik metall yoki shishadan yasalgan har xil hajmdagi
silindrchalarga solinadi, so'ng ularni boshqa sterillangan Petri
likobchadagi oziqa muhit ustiga 5-6 ta agarli blok qo'yiladi. So'ngra
Petri likobchalari termostatga 20-24 soatga qo'yiladi. Antibiotik
silindrchalar atrofidagi oziq muhitga diffuziyalanib mikrobni o'stirmay
qo'yadi va u qancha kuchli bo'lsa, silindrchalar atrofida mikrob
o'smagan doira shuncha keng bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |