Kerakli asboblar va reaktivlar: mikroskop, buyum va
qoplag'ich oynalar, mikrobiologik sirtmoq, spirt lampasi, fitopatogen
va tekshirish uchun olingan mikroorganizmlarni probirkalardagi sof
kulturasi, agarli oziqa quyilgan Petri likobchasi, qog'ozli filtr disklar,
pinset, termostat.
Tabiatda tarqalgan mikroorganizmlar yakka-yakka rivojlanmay,
balki bir-biri bilan aralashib yashaydi. Shuning uchun ham ularning
o'rtasida antagonistik va hamkorlik munosabatlar paydo bo'ladi.
Organizmlar o'rtasidagi hamkorlik munosabat simbioz deyiladi,
bunda bir xil mikroorganizmlar ikkinchi xil mikroorganizmlarga
ularning yashashi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Mikroorganizmlar yashash va rivojlanish jarayonida muhitga
moslanish natijasida bir-biriga nisbatan qarama-qarshi munosabatda
bo'ladi, bunday munosabat mikroorganizmlar antagonizmi deyiladi.
Paster birinchi bo'lib kuydirgi kasalining mikroorganizmi bilan ko'k
yiring hosil qiluvchi bakteriyalar o'rtasidagi munosabatlarni kuzatib
mikroorganizmlar o'rtasidagi antagonistik xususiyatlarini aniqlagan
bo'lsa, Mechnikov sut kislota hosil qiladigan bakteriyalarning
chirituvchi
bakteriyalarga
nisbatan
bo'lgan
antagonistik
munosabatlarini aniqlagan. Shuning uchun ham Paster bilan
Mechnikovlar antagonizm nazariyasining asoschilari hisoblanadi.
Antagonistik munosabat faqat bakteriyalar orasida emas, balki
zamburug'lar va aktinomisetlar orasida ham uchraydi. Olimlarning
aniqlashicha, tuproq mikroorganizmlari orasida, ayniqsa, go'ng solinib
o'g'itlangan tuproqda patogen va fitopatogen mikroorganizmlariga
nisbatan antagonistlar ko'p uchraydi. Bir tur mikroorganizm ikkinchi
tur mikroorganizmga nisbatan antagonist bo'lsa, u hosil qilgan
mahsuloti bilan ikkinchi mikroorganizmni rivojlanishdan to'xtatadi,
ya'ni uni o'ldiradi. Antagonist mikroorganizmlarning hosil qilgan
mahsulotlari antibiotik deyiladi. Antibiotiklarni asosan tuproqda
uchraydigan zamburug'lar, aktinomisetlar va har turli sporali, sporasiz
bakteriyalar hosil qiladi. Antibiotiklarni faqat mikroorganizmlargina
emas, o'simlik va hayvonlar ham hosil qiladilar.
95
Mikroorganizmlarni antibiotiklari yoki ularning tirik kulturalari
qishloq xo'jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi biologik kurash
chorasi sifatida ishlatiladi. Antibiotiklar kelib chiqishi, kimyoviy
tuzilishi, mikroorganizmlarga qarshi ta'sir mexanizmi va ularni ta'sir
doirasiga ko'ra qator guruhlarga bo'linadi. Tor ta'sir doirasiga ega
bo'lgan antibiotiklar bilan bir qatorda keng ta'sir kuchiga ega bo'lgan
antibiotiklar ham qo'llaniladi.
Mikroorganizmlarni
antibiotik
hosil
qilish
xususiyatini
aniqlashning eng oddiy usuli filtr disklardan foydalangan holda
aniqlash usulidir.
Test sifatida olingan fitopatogen mikroorganizmlar agarli oziqa
quyilgan Petri likobchasiga ekiladi, so'ngra pinset bilan ma'lum
miqdorda tekshiriladi. Mikroorganizmlar o'stirilgan kultural suyuqligi
shimdirilgan filtr qog'ozli disklar bir xil oraliqda agar yuzasiga
joylashtiriladi. Ekilgan Petri likobchalari 24-26ºS da bir sutka
davomida termostatda saqlanadi. Disk atrofidagi fitopatogen
mikroorganizm kulturasining o'sishi to'xtagan zona diametriga ko'ra,
uning ma'lum fitopatogen mikroorganizmga nisbatan antibiotik hosil
qilishi belgilanadi. Agar o'sishni to'xtash zonasining diametri 10 mm
bo'lsa, kultura kam ta'sirga ega. 10 mm dan ko'p bo'lsa - yuqori
darajada ta'sir qilish xususiyatiga ega hisoblanadi. Disklar biokultural
suyuqlikning har xil konsentrasiyasi bilan shimdirilgan bo'lsa, u holda
tekshirilayotgan mikroorganizm kulturasining eng kichkina dozasini
konsentrasiyasi tanlab olinadi.
Tuproqdagi antagonist mikroorganizmlarni aniqlash uchun Petri
likobchasiga GPA, Chapeka, suslo-agar oziqa muhiti suyultirib
quyiladi, likobchadagi muhit qotgandan keyin uning yuzasiga
bakteriya yoki zamburug'larning sof kulturasi shpatel bilan ekilib, 25-
30ºS termostatga 1-2 sutka davomida qo'yiladi. So'ngra likobchadagi
muhit
yuzasida
unib
chiqqan
bakteriya
yoki
zamburug'
koloniyalarining ustiga bir necha joyiga yangi tuproq bo'lakchalaridan
sterillangan pinset bilan qo'yiladi va yana bir necha kun termostatda
saqlanadi. Agar tuproq bo'lakchalari tarkibida antagonist mikroblar
bo'lsa, tuproq zarrachasi atrofida oq doira hosil bo'ladi, chunki
tuproqdagi antagonist mikroblar muhit yuzasidagi mikroblarning
rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi, ya'ni ularni o'ldiradi. Antibiotiklarning
faolligini aniqlashda asosan A.Fleming va diffuziya usullaridan
foydalaniladi.
96
Do'stlaringiz bilan baham: |