Lazarev oziqasi
KH
2
PO
4
0,5 g
MgSO
4
0,2 g
NaCl
0,2 g
MnSO
4
0,005g
NH
4
MoO
4
0,002 g
Mannit yoki saxaroza
10 g
Achitqili suv
100 l
83
Agar-agar
1,5 %
Suv
0,9 l
Norris oziqasi
K
2
HPO
4
0,5 g
MgSO
4
. 7H
2
O
0,8 g
NaCl
0.2 g
FeCl
3
0,01 g
Mannit
10 g
Yangi tayyorlangan achitqi ekstrakti
100 ml
Suv
0,9 l
рН i
7,2
Sekin o’suvchi bakteriyalar (soya, lyupin) uchun quyidagi oziqa
muhiti tavsiya etiladi:
Mannit yoki saxaroza
10 g
K
2
HPO
4
0,5 g
MgSO
4
0,2 g
NaCl
0,1 g
Glyukonat Kalsiy
1,5 g
FeCl
3
0,01 g
Achitqi ekstrakti
2 g
Suv
1 l
Agar-agar
20 g
OLTINGUGURT VA TEMIR BAKTERIYALARINI
ANIQLASH
Mashg'ulotni o'tish tartibi: Oltingugurt va temir
bakteriyalarning
morfologiyasini
o'rganadilar.
Oltingugurt
bakteriyalarini sof kulturasini ajratiladi. Temir bakteriyalarning
morfologiyasini o'rganish uchun Vinogradskiy va Lisk oziqa
muhitlaridan foydalaniladi. Har bir talaba preparat tayyorlaydi va
bo'yab mikroskopda ko'riladi. Natijalarni daftarlarga yozib va chizib
boriladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Mikroskop, immersion moy, filtr
qog'ozlar, buyum va qoplag'ich oynachalar, mikrobiologik sirtmoq,
skalpel, pinsetlar. Oziqa muhit. Bo'yoqlar (metilen ko'ki, fuksin),
tuproq. Tarozi va toshlari. Kolbalar.
84
Oltingugurt bakteriyalari tabiatda juda ko'p tarqalgan bo'lib,
ularni tuproqda, botqoqlik joylarda, ko'l suvlarida uchratish mumkin.
Ular tuproqqa o'simlik va hayvonlarning turli xil qoldiqlari bilan
tushadi. Bu qoldiqlarning tuproqda parchalanishi natijasida H
2
S
ajralib chiqadi. H
2
S ning ajralib chiqishi tuproqdagi oqsilning
parchalanishiga bog'liq. Buning sababi oqsil tarkibida har turli
aminokislotalar bo'ladi. Tuproqdagi oqsillarni chirituvchi bakteriyalar
parchalab vodorod sulfid hosil qiladi. Hosil bo'lgan H
2
S oltingugurt
bakteriyalari ta'sirida oksidlanib, pirovardida oltingugurt, sulfat kislota
va suv hosil bo'ladi. Tabiatda oltingugurt bakteriyalarining ahamiyati
katta. Masalan, oltingugurt bakteriyalari suvda to'plangan zaharli
vodorod sulfidni oksidlab suvni va atrof muhitni tozalaydi va
shuningdek, qishloq xo'jaligida tuproqdagi o'simlik o'zlashtira
olmaydigan oltingugurtni oksidlab, o'simlik o'zlashtira oladigan holga
keltiriladi. Oltingugurt bakteriyalari asosan ikki guruxga bo'linadi. 1)
rangsiz, 2) rangli oltingugurt bakteriyalari.
Rangsiz oltingugurt bakteriyalarining diametri 50 mikrongacha
bo'ladi, ular bir va ko'p hujayrali bo'lib tion bakteriyalari deyiladi.
Ular ipsimon bo'lib, maxsus shilimshiq yostiqchalar yordamida suv
ostidagi har xil narsalarga yopishib yotadi. Rangli oltingugurt
bakteriyalari pigment hosil qiluvchi oltingugurt bakteriyalari deyiladi.
Ularning hujayralarida maxsus pigmentlar bo'ladi, shuning uchun ham
ular bakteriopurpurin nomini olgan. Purpur bakteriyalari vodorod
sulfidni sulfat kislotasigacha oksidlaydi. Qizil pigmentli oltingugurt
bakteriyalari ikki usulda organik moddalarni sintez qiladi. Xemosintez
va
fotosintez.
Oltingugurt
bakteriyalarining
shakli
boshqa
bakteriyalardan bir oz farq qiladi. Ular suv o'tlarining shaklini
eslatadi. Oltingugurt bakteriyalari kattaligiga qarab ham bir-biridan
farq qiladi. Rangsiz oltingugurt bakteriyalar rangli oltingugurt
bakteriyalariga nisbatan bir necha barobar katta bo'ladi. Oltingugurt
bakteriyalarining shakllari ham har turli bo'lib, ular orasida mayda
tayoqchasimon, vibrionga o'xshash va spiralsimon bakteriyalar ko'p
uchraydi. Bakteriyalar tanasida oltingugurt boshqa bakteriyalardan
farq qiladigan belgisi hisoblanadi. Oltingugurt bakteriyalari quyidagi
usullar bilan aniqlanadi.
S.N.Vinogradskiy usuli bilan aniqlanganda shisha silindrga suv
o'ti ildizi yoki beda solinib, ustiga bir ozgina balchiq qo'shiladi va
silindr suv bilan to'ldiriladi. So'ngra silindr 25-30 kun davomida
termostatda saqlanadi. Shu vaqtning ichida silindrdagi suvning ustki
85
qismida oltingugurt bakteriyalari yig'ilib, parda hosil qiladi. Hosil
bo'lgan pardadan preparat tayyorlab mikroskop ostida ko'riladi.
Oltingugurt bakteriyalarining sof kulturasini oziqli muhitda
undirib ham aniqlash mumkin. Buning uchun asosan quyidagi oziqli
muhitlardan ko'p foydalaniladi.
Masalan:
Sut kislotaning natriyli tuzi yoki qaxrabo
tuzidan
0,5 g
Asparagin
0,2 g
Magniy sulfat
0,1-0,2 g
Kaliy gidrofosfat
0,1 g
Temir sulfat
juda oz miqdorda
Vodoprovod suvi
100 ml
Hosil bo'lgan muhit kolbaga solinib, ustiga tuproq yoki balchiq
qo'shiladi. Kolbaning og'zi probka bilan berkitilib, 8-10 kun davomida
25-30ºS
da
termostatda
saqlanadi.
Muhitda
oltingugurt
bakteriyalarining unganini hosil bo'lgan hiddan va muhit ichiga
kuchsiz temir xlorid eritmasi bilan ammiak eritmasida namlangan
kichkinagina toshcha bog'lab tushirilgan ipning tez vaqtda
qorayishidan bilish mumkin. Kolbaning pastki qismida hosil bo'lgan
temir sulfidning ta'siri natijasida ip qorayadi. Kolbaning yuqori
qismidagi ipning rangi o'zgarmaydi. Bunga kolbaning yuzasida
vodorod sulfidni oksidlovchi oltingugurt bakteriyalari sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |