Mikrobiologiya fanining bir qancha tarmoqlari mavjud:
Umumiy mikrobiologiya;
Meditsina mikrobiologiyasi:
Qishloq, xo’jalik mikrobiologiyasi;
Veterinariya mikrobiologiyasi;
Sanoat mikrobiologiyasi;
Suv mikrobiologiyasi;
Kosmik mikrobiologiya va boshqalar.
Umumiy mikrobiologiya
mikroorganizmlar hayot faoliyatining umumiy qonuniyatlarini
o‘rganadi. Ular bu fanning asosini tashkil qiladi. Umumiy mikrobiologiya mikroorganizmlarni
tekshirish usullari hakida, hamda mikroorganizmlarning morfologiyasi, fiziologiyasi, bioximiyasi,
sistematikasi, o‘sishi va ko‘payishi haqida axborot beradi; u azot, uglerod, oltingugurt, temir
moddalarining tabiatda aylanishini, ularda ishtirok etuvchi mikroorganizmlarning rolini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |