Mikrobiologiya va virusologiya


Mikrobiologiya va virusologiya fanining ahamiyati



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/72
Sana11.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#442460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
1-Kurs ma`ruzalar

Mikrobiologiya va virusologiya fanining ahamiyati.
Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmogi bo’lib, u kun sayin o’sib, rivoj 
topmokda. Bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, 
veterinariya, meditsina, epidemiologiya, qishloq ho’jaligi, sanoat, dengiz, geologiya, genetika, 
kosmik mikrobiologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas borlikdir. 
Oziq-ovqat sanoatda qatiq, qimiz, pishloq tayyorlash, silos bostirish sut kislotali bijgituvchi 
bakteriyalarning faoliyatiga bog’liq. Novvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino) va x.k. ham 
achitqilar ishtiroki bilan boradigan jarayondir. 
Ko’pgina foydali qazilmalarning (torf, toshkumir, neft, temir, oltingugurt rudalarining) hosil 
bo’lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog’liqdir. 
Chirituvchi bakteriyalar o’simlik qoldiqdari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni 
parchalab, yer yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta’minlaydi. Iflos suvlarni 
tozalash, ko’mir konlarida metan gazini parchalash va havoni tozalashda ham 
mikroorganizmlarning roli katta. Ko’pgina mikroorganizmlar turli fiziologik aktiv moddalar: 
fermentlar, vitaminlar, amiiokislotalar, biologik stimulyatorlar, vaksinalar va antibiotiklarni 
sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saharomitset achitkilari 45—50%gacha oksil sintezlay oladi. 
Ba’zi bakteriyalar antibiotiklarni sintezlaydi: tirotritsin, batsitratsin, subtilin, polimiksin V. Ba’zi 
bakteriyalar esa sirka kislotani sintezlaydilar. Aktinomitsetlar: streptomitsin, aureomitsin, 
neomitsin, tetratsiklin antibiotiklarni sintezlaydilar.
Ya’ni hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan antibiotiklarning 2/3 qismini aktinomitsetlar 
sintezlaydi. 


Dehqonchilikda ham mikroorganizmlar muhim rol o’ynaydi, chunki ularning faoliyati 
natijasida Tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziq moddalar to’planadi, tuproqning 
unumdorligi ortadi, natijada ekinlarning hosili ham yuqori bo’ladi. 
Tuproqlarda boradigan jarayonlarning ko’pchiligi undagi mikroorganizmlarning faoliyatiga 
bog’liq. Masalan, tuproqlarning hosil bo’lish jarayonlari, yerga ishlov berish, yephi o’g’itlash, 
sug’orish, tuproqda ro’y beradigan fiziologik ishkoriylik va kislotalikni yo’qotish, zah yerlarning 
suvini qochirish, organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish 
mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog’liqdir. 
Tuproqda uchraydigan azot to’plovchi mikroorganizmlarni o’rganish atmosfera azotidan 
foydalanish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega. Akademik V. L. Omelyanskiy 
mikroblarni shunday harakterlaydi: «Ular (mikroblar) hamma joyda bor... Ular ko’zga 
ko’rinmasdan ular odamning hayot yo’lida hamroh bo’ladi». 
Agar har gektar yerdan tarkibida 80 ming tonna atmosfera azoti tutgan havo ko’tarilib 
turishini hisobga olsak, bu azot o’simliklarga kam deganda million yilga yetadi. Buni o’simliklarga 
ko’pincha azot yetishmaslik fakti bilan solishtirsak, mikroorganizmlar qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi ravshan bo’lib qoladi. Atmosferadagi azot 
molekulyar holda bo’lganligidan o’simlik uni oziq sifatida o’zlashtirishga qodir emas. Buning 
oqibatida atmosferadagi azot miqdori bilan o’simliklar o’zlashtira oladigan azot miqdori o’rtasida 
farq vujudga keladi. Faqat ba’zi bir tuproq mikroorganizmlarigina bo’nday xususiyatga ega. 
Mikroorganizmlar nobud bo’lgandan keyin tuproqda bog’angan azot birikmalarini qoldirib, yephi 
o’simliklar uchun muhim bo’lgan elementga boyitadi.
Mo’l hosil olish uchun esa har gektar yerga 100 kg ga yetkazib azot solish kerak. Bundan 
ma’lumki, boglangan azotning barcha formalarini o’simliklar o’zlashtira olmas ekan. O’simliklar 
to’prok chirindisi tarkibiga kiruvchi, to’prokdagi boglangan azot zapasining 99% ga yaqinini 
o’zida tutuvchi murakkab azot birikmalarini umuman o’zlashtirmaydi. Saprofit bakteriyalar va 
zamburuglarning minerallashtirish faoliyati natijasidagina murakkab organik azot kompleksi 
birmuncha sodda birikmalarga parchalanib, mavjud azot zapasi sekin-asta o’simliklar o’zlashtira 
oladigan holga keladi.
Agar agronom mikrobiologiya masalalarini yaxshi bilsa va mikroorganizmlar hayot 
faoliyatini qishloq xo’jaligi ekinlari hosilini oshirishga yo’naltira olsagina, yuqorida aytib o’tilgan 
masalalarni tug’ri hal qilishi mumkin. Bundan, mikrobiologiya agronomiya fanlari bilan nakdar 
mustahkam bog’liqligi va bir kancha ishlab chiqarish masalalarini hal etishda qanday asos ekanligi 
tushunarlidir. 
Biroq mikrobiologiyaning roli bu bilan chegaralanmaydi. Mikroorganizmlar katta 
ahamiyatga ega bo’lib, sanoatning ko’pgina tarmoqlarida: non yopishda, pivo pishirishda, vino 
tayyorlashda shuningdek, sanoatda atseton, butil spirt, sut, limon va sirka kislotalar, texnika 
jihatdan muhim bo’lgan boshqa bir qancha mahsulotlar olishda ayniqsa ko’p ishlatiladi. Mikroor-
ganizmlar hayot faoliyati asoslarini aniq bilish yuqorida aytib o’tilgan sanoatlar asosidagi 
texnologik protsesslardan ratsional foydalanishniig muhim sharti ekanligi tabiiydir. Bunday bilim 
bo’lmasa, mikroorganizmlardan ratsional foydalanib va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ular 
yordamida qayta ishlab, kerakli tomonga yo’naltirib bo’lmaydi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish