Mikrobiologiya va virusologiya



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/82
Sana22.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#572590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
Bog'liq
Mikrobiologiya O\'UM

Fimbriy va pililar.
Bakteriyalarda xivchinlardan tashqari uzun, ingichka 
ip ham bo`lib, unga fimbriy deyiladi. Ular harakatchan yoki harakatsiz bo`lishlari 
mumkin. Ularning uzunligi 0.3 — 4 mkm, eni 5 — 10 nm bo`lib, soni 100 — 
200, ba’zan esa 1000 taga yetib boradi. 
Fimbriylar pilin oqsilidan tuzilgan. Bakteriyalarda bir qancha fimbriylar 
tipi uchraydi va ular funktsiyalariga qarab farqlanadi. SHulardan 2 tipi yaxshi 
o`rganilgan.
1 - tip ko`pgina bakteriyalarda bo`lib ular umumiy tipdagi fimbriylar 
deyiladi. Fimbriylar bakteriylar hujayraning muhitga, boshqa hujayraga, inert 
substratga yopishishini ta’minlanadi, suyuqlik yuzasida parda hosil qilishida u 
ham ishlatiladi. SHuning uchun ham uni yopishish organi deyish mumkin. 
2 - tip — jinsiy fimbriy — pili bo`lib (F), u ichi bo`sh kanaldan iborat. Bu 
kanaldan bakteriya kon’yugatsiyada qatnashayotgan boshqa bir bakteriyaga 
genetik material beradi. Pilining boshqa bir xususiyati ham bo`lib u patogen 
bakteriyalarda hayvon va odam hujayralariga yopishishda ishtirok etadi. 
Bakteriya hujayra devori.
Hujayra devorining o`zi ham ma’lum qattiqlikka ega. 
SHu bilan birga u elastiklikka ham ega bo`lib oson bukiladi. Hujayra devorini 
ultratovush va lizotsim fermentlari bilan parchalasa bo`ladi. Hujayra devori 
lizotsim bilan parchalanganda u sharsimon shaklga o`tadi. Hujayra devori 
hujayrani har xil mexanik ta’sirlardan, osmotik bosimdan saqlaydi. 
Hujayra devori bakteriyani ko`payishi va bo`linishi, irsiy moddalarning 
taqsimlanishini ham idora qiladi. Hujayra devorining qalinligi 10 - 80 nm bo`lib 
hujayra massasining 20% ni tashkil etadi. Hujayra devori orqali katta molekulali 
moddalar kirishi mumkin. Hujayra devori sitoplazmatik membrana bilan 
birlashtiruvchi iplar — "ko`prikchalar" vositasida bog`langan. Hujayra devori 
bakteriyalarni gram usulida bo`yaganda, musbat yoki manfiy bo`lishligini 
belgilaydigan omildir. Hujayra devori asosan peptidoglikan (murein) dan tashkil 
topgan. Peptidoglikan hujayra devoriga rigidlik xususiyatini beradi va bakteriya 
shaklini saqlab turadi. Gram musbat bakteriyalarda ko`p qavatli peptidoglikan 
bor (50 - 90%). U murakkab ravishda oqsil, polisaxarid, teyxo kislota (fosforli 
ribit va fosfor kislotasi glitseridi) bilan bog`langandir. Gram manfiy 
bakteriyalarda peptidoglikan 1 qavat bo`lib (1 — 10%) ularda tashqi membrana 
ham bor. Tashqi membrana fosfolipid, lipopolisaxarid va oqsillardan tuzilgan. 
Demak, bakteriyalarning Gram bo`yicha har xil bo`yalishi bakteriya hujayra 
devoridagi peptidoglikan miqdori va uning lokalizatsiyasiga (joylashishiga) 
bog`liqdir. Aniqlanishicha, hujayra devorida har xil o`simtalar, do`ngliklar, tikon 
kabilar bor. Hujayra devori faqat mikoplazmalar va L —shaklli bakteriyalarda 
bo`maydi. Ko`pincha biror antibiotik ta’sirida yoki tabiiy sharoitlarda o`z—
o`zidan L —shaklli bakteriyalar hosil bo`lishi. mumkin. Ularda hujayra devori 
qisman saqlanib qolgan. Ularda ko`payish xususiyatlari to`la saqlangan. Ular 
katta yoki kichik shar shaklida bo`lib ko`pgina patogen va saprofit bakteriyalarda 
topilgandir.


17 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish