108
mannit yoki gliserin aralashtiriladi. Bu aralashma ustiga 20-30 ml
suv quyib,
undan xamirsimon loy tayyorlanadi. Uni
Petri
idishiga solib, usti shpatel’ bilan
silliq qilib suvaladi. So`ngra idishning og’zini yopib, 30°li
termostatda bir necha
hafta saqlanadi. SHundan so`ng idishdagi loy betida oq rangli yaltiroq koloniyalar
hosil bo`lganligini ko`rish mumkin, keyinchalik bu koloniyalar qo`ng’ir tusga
kiradi. Bakteriyalar bilan tanishish maqsadida koloniyaning bir bo`lakchasini olib,
1-2 tomchi suvda suyultiriladi va shu suyuqlikdan mazok tayyorlanadi. Mazok
kurigandan so`ng 5 minut davomida spirt bilan fiksasiyalanadi. Fiksasiyalangai
mazok ustiga karbol kislotada eritilgan eritrozin bo`yog’i
tomizilib, so`ngra
bo`yaladi. Keyin yuviladi, quritilib, bir tomchi
kedr moyi tomiziladi va
mikroskopning immersion ob’ektivi orqali ko`riladi. Eritrozin bo`yog’i tuproq
zarrachalarini bo`yamasdan faqat bakteriyalarni bo`yaydi.
Bu preparatda
azotobakter xrookokkum hamda ularni o`rab olgan kapsula ko`rinadi.
Nazоrat savоllari:
1. Bu mashg’ulоtni o`tkazish uchun qanday shartlarga amal
qilish kerak?
2. Nitrifikatsiya jarayonini qo`zg’atuvchi bakteriyalarni aniqlashda оziq
mоdda tarkibiga qanday kimyoviy mоdda qo`shilib ketmasligi kerak?
3. Nitrit kislоta ta`sirida suyuqlik ko`karib qоladi. Bu reaktsiya qanday
tartibda bоradi?
ADABIYOTLAR
ASOSIY ADABIYOTLAR:
1.
Inog’omova M. Mikrobilogiya va virusologiya asoslari.
Toshkent
Universitet nashiriyoti 2010 y.
2.
Mirhamidova R, Vahobov A.H, Davronov K,
Tursunboyeva G,.
Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari. Toshkent: ―Ilm Ziyo‖. 2014 y
3.
Гусиев М.В, Минеева Л.А. Микробиология. М.ACADEMA. 2008 y
4.
Нетрусов А.И., Котова И.Б., Микробиология М.ACADEMA. 2006 y
QO`SHIMCHA ADABIYOTLAR:
1.
Emsev V.T., Mishustin ye.N,. Mikrobiologiya. M, ДРОФА 2006 .
2.
Vaxobov A.H. Umumiy virusalogiyadan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent
2004y.
3.
Vohobov A.H., Rasulov T.X., Nizametdinova Ya.F Mansurova. M.I.
Muzaffarov I.A..Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari
uchun o`quv qo`llanma. T. Universitet nashiriyoti 2009 y.
109
4.
Komilov X.M., Rahimov M.M., Odilbekova. D.Yu. ,Biotexnologiya
asoslari. T. 2010 y.
Mustaqil ta’lim mashg`ulotlari
―Mikrobiologiya va virusologiya‖ fanidan mustaqil
ish majmuasi fanning
barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 13 ta katta mavzu ko`rinishida
shakllantirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: