Mikrobiologiya va virusologiya


Mikroorganizmlarning havoda tarqalishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/82
Sana22.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#572590
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
Mikrobiologiya O\'UM

Mikroorganizmlarning havoda tarqalishi. 
Mikroorganizmlarning yashashi, rivojlanishi uchun sharoit noqulaydir. Havoda 
oziq modda yo`qligidan ko`pchilik mikroblar yashay olmaydilar. Bundan 
tashqari, havoda namlik yetarli darajada bo`lmaydi va quyosh nuri mikroblarga 
zararli ta’sir etib turadi. SHu sababli ko`pchilik mikroblar havoda oz yashaydi. 
Faqat achitki, zamburug’, spora va pigmentli mikroorganizmlar havoda uzoq 
vaqt yashaydi, chunki ular qurg’okchilikka va ul’trabinafsha nurlar ta’siriga 
chidamli bo`ladi. Mikroorganizmlar havoga asosan chang bilan o`tadilar. Odam, 
hayvon va o`simliklarda uchraydigan mikroblar ham havoga o`tib turadi. Odam 


52 
aksirganda, yo`talganda, tupurganda shunday bo`ladi. Bir qism mikroblar 
hayvonning so`lagi, go`ngidan havoga o`tadi, ba’zi mikroblar havoga suv 
tomchilari orqali o`tadi. 
Havodagi mikroblarning ko`p-ozligi va turlari juda o`zgaruvchandir. Bu hol 
havoning mineral va organik muallaq zarrachalar bilan zararlanishiga, 
temperaturaga, yog’ingarchilikka, namligiga va yeriga bog’liq, havoda chang, 
tutun, qurum va boshqalar qancha ko`p bo`lsa, mikroblar ham shuncha ko`p 
bo`ladi, 
chunki 
chang 
va 
tutun 
zarrachalari 
ko`pchilik 
mikroblarni 
adsorbtsiyalash (so`rish) xususiyatiga egadir. Odam va hayvon chiqindilari, 
o`liklaridan va turli tashlandiqlardan tuproqqa patogen mikroblar o`tib, tuproqda 
quriydi va chang bilan havoda ko`tarilib, ular turli yuqumli kasalliklarni 
tarqatishda muhim rol o`ynaydi. Odam yoki hayvon bir marta aksirganda 4500 
dan 150 minggacha bakteriya havoga chiqadi. Turar joy havosida patogen 
mikroblardan sil tayoqchasi, kuydirgi va qoqshol sporalari, pnevmokokk, gazli 
gangrena qo`zg’atuvchisi, streptokokk, stafilokokk va boshqalar uchraydi. 
Bunday havo bilan nafas olgan odam va hayvonlar u yoki bu infektsiya bilan 
kasallanishi mumkin. Patogen mikroblarning juda ko`p qismi yopiq bino 
havosida, yaxshi shamollatilmaydigan, qorong’i, hayvonlar zich joylashgan 
binolar havosida to`planadi. A.K. Skoroxodko molxonaning 1 litr havosida 121 
dan 2530 gacha bakteriya topgan. Poldan 5 sm dan to 20 sm balandlikdagi 1 litr 
havoda o`rta hisob bilan 980 bakteriya borligi aniqlangan. Molxona havosining 
turli qismida mikroblarning miqdori turlichadir. Mikroblar hayvonlar turadigan 
yerda, ya’ni binoning o`rta qismining havosida juda ko`p bo`lib, devor yonlarida 
ozroq, eshik oldi havosida esa juda ham kam bo`ladi, chunki u yerga doimo toza 
havo kirib turadi. Molxona havosidagi mikroblar mollarga dag’al hashak 
berilganda, ularning tanasi tozalanganda, binoni tozalaganda ko`payadi. 
Yirik sanoat shaharlarining havosida mikroblar ko`p bo`lib, qishlok 
havosida oz bo`ladi; o`rmon, bog’, yaylovlarning havosida, ayniqsa, daryo, 
okean va qorli tog’ cho`qqilari havosida mikroblar birmuncha kam bo`ladi. 
Voytkevich malumotiga ko`ra 1 m
3
havodagi mikroblarning soni quyidagicha: 
Uy hayvonlari turadigan hovlida 1 mln dan 2 mln gacha. 
Odam yashaydigan xonada 20 minggacha.
SHahar ko`chasida 5 minggacha.
SHahar istirohat bog’ida 200 gacha.
Dengiz havosida 1-2 dona. 
SHimoliy qutb havosida (73° shimolda) 1 dona (10 m
3
havoda). 
SHimoliy qutb havosida (80° shimolda) 0.
Havoning pastki qatlamiga nisbatan, yuqori qatlamida mikroblar kamroq 
uchraydi. Masalan, Moskva shahrining 500 m balandlikdagi 1 m
3
havosida 2-3 
mikrob uchraydi, 1000 m balandligida 1,5 mikrob, 2000 m balandlikda esa 0,5 
mikrob uchraydi. Moskvadan 5-7 km chetda xuddi shu balandlikdagi 
mikroblardan 3-4 marta oz bo`ladi (E. N. Mishustin). Havodagi mikroblarning 
ko`p-ozligiga yil fasllari ham ta’sir etadi. Yomg’ir va qor yoqqandan keyin 
havodagi mikroblarning soni ancha kamayadi, yozdagiga qaraganda qishda 
mikroblar kam bo`ladi. Havodagi mikroblarning oz-ko`pligi har xil usullar bilan 


53 
aniqlanadi. Bu usullar mikrobning umumiy miqdorini yoki turlarini aniqlashga 
moslashgan. Kox usuli: bunda bir necha Petri kosachasiga 15-20 ml eritilgan 
go`sht-pepton agari quyiladi va ular qotgandan so`ng uyning burchaklariga va 
o`rtasiga qo`yib qopqog’i 5-10 minutga ochib qo`yilsa, uy havosidagi mikroblar 
chang bilan birga kosachaga o`tiradi. So`ngra kosachalarning qopqog’i yopiladi 
va 37° issiq termostatga bir necha kunga qo`yiladi, ana shunda muhit betiga 
tushgan mikroblar o`sadi hamda kosachaga qancha mikrob tushgan bo`lsa, 
shuncha koloniya hosil qiladi. Koloniyalarni hisoblab havoda taxminan qancha 
mikrob borligi va koloniyalarni tekshirish orqali necha turli mikrob mavjud 
ekanligini bilish mumkin. Havo mikroflorasini Krotov - shafir apparati yoki 
Mikel naychasi bilan ham tekshirish mumkin. Bu apparat bilan sm
3
, m
3
havo 
mikrob o`sadigan oziqka yo`naltiriladi, keyin oziqda paydo bo`lgan 
koloniyalarning hisobi olinadi va mikroblarning umumiy miqdori aniqlanadi. 
Havoda patogen mikroblar borligini aniqlash uchun har qaysi mikrobga o`ziga 
xos elektiv oziq (masalan, paratif kasalligini qo`zg’atuvchi mikrob uchun hayvon 
eti qo`shilgan oziq) tayyorlanadi yoki sezgir laboratoriya hayvonlariga yuqtirib 
ko`riladi. Havoda mikroblarning ko`p miqdorda bo`lishi binoning sanitariya 
qoidalariga 
hilof 
holatda 
ekanligidan 
(havo 
almashinuvi 
yomonligi, 
hayvonlarning zich joylashishi va boshqalardan) darak beradi. Mas alan: turar joy 
binosining 1 m

havosida 500-1000 dona bakteriya bo`lishi havoning juda ham 
ifloslanganligini bildiradi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish