59
solinadi. Odam, hayvon va o`simliklarda ma’lum bo`lgan ko`pchilik
kasalliklarning qo`zg’atuvchilari oddiy mikroskopda ko`rinmaydi. Shuning
uchun L. Paster bunday kasalliklarga bakteriyalardan bir necha yuz marta kichik
bo`lgan ma’lum mikroorganizmlar sababchi bo`ladi deb taxmin qilgan edi. N. F.
Gamaleya (1886) bilan D. I. Ivanovskiylarning (1892) ilmiy ishlari o`simlik va
hayvonlardagi viruslarni o`rganishga asos soldi. F.Lefler va P .Froshlar moxlarda
uchraydigan virusli kasalliklarni ochadi. Keyinchalik 1917 yili D.Errel’
bakteriofag virusga asos soldi. 1930 - 1940 yillarda fan va texnikaning
rivojlanishi natijasida virusologiya sohasida ko`plab ish qilindi. 1949 yilga kelib
viruslar sun`iy o`suvchi to`qimalarda o`stirila boshlandi, uni o`stirish uslublari
ishlanib chiqilib 1952 yili Dj.Enders, T.Ueller, F.Robins shu usul uchun Nobel’
mukofoti laureati bo`ldilar.
Viruslarning kelib chiqichi. Viruslarning kelib chiqichi haqida turli xil
ma`lumotlar bo`lib, ba`zi bir mualliflarning tushuntirishi bo`yicha viruslar bu
orqaga qaytmagan regressiv organ, ya`ni bakteriya bo`lib yoki boshqa bir
hujayrali organoiddan hosil bo`lgan deb taklif etiladi. Ammo buning tarafdorlari
ko`p bo`lmasdan uni qo`llab - quvvatlaydilar, bu asosli emas, ikkinchi guruh
mualliflar esa bu dastlabki paydo bo`lgan hujayragacha paydo bo`lgan hayotiy
formadir - protobiont bo`lib shundan biologik evolyutsiya boshlangan deb
tushuntirilsada lekin birinchisiga o`xshash bo`lib, uning tarafdorlari hozir ham
qo`llab-quvvatlaydilar, uchinchi guruh mualliflar viruslarni hujayraning alohida
bir avtonom genetik elementi deb tushuntiradi. Lekin bu genetik elementi qaysi
tushuntirib berolmaydi. Bu haqiqatga yaqin bo`lib, bu genetik element virus
hujayrasidagi DNK va RNKdir. Umuman viruslarning xususiyatiga nazar
tashlansa ularning ba`zilari umuman tirik hujayrasiz rivojlana olmaydi.
Ko`pchilik viruslar hech bir-biri bilan bog`liqlik joyi yo`q. Bu shundan dalolat
beradiki, bir necha milliard yillar oldin alohida-alohida oldinma-keyin paydo
bo`lgan yerda birinchi organik moddadir. Viruslar asosan mutloq parazit bo`lib,
turli-tuman yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ammo Jdanov (1974) ning
shunday gipotezasi borki, viruslar organik dunyoning evolyutsion rivojlanishida
muhim o`rin egallaydi, ya`ni uning alohida genlari shu hujayraning rivojlanishida
muhim o`rin tutib uning o`ziga xos hayotiy formasi bo`lib, ular
mikroorganizmlar guruhiga kirmasdan u alohida mustaqil fan bo`lib uning
o`zining alohida o`rganish uslublari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: