Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet67/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Monoklonal antitelolar. Normal immun sistema millionlab har xil antitelolar ishlab chiqaradi. Lekin immun sistemaning yomon sifatli miyeloma hujayrasi faqat bir xil (biron bir immunoglobulinli oqsil) antitelolarni uzoq vaqt davomida sintez qiladi. Miyeloma hujayralari, immunitet hosil qilish uchun ishlatilgan ma’lum bir antigenga antetilo hosil qila olmaydi.
1975 yil G.Kyoler, S.Milshteyn. (Kembridj, Velikobritaniya)lar miyelo ma hujayralarini, ma’lum spesefik antigen bilan immunlangan sichqon talog’ini V-limfositlari bilan briktirdilar. Natijada gibrid hujayralar (Gibridomalar) hosil bo’lib,ular uzoq vaqt davomida ko’p miqdorda o’ta maxsus bir xildagi antitelolarni (monoklonal antitelolar)hosil qiladi. 1984 yilda Medisinada Nobel mukofoti bilan taqdimlandi.
Keyinroq (1980) Karlo M. Kroche (Filodelfiya AQSh)lar tomonidan odam immunoglobulini molekulalarini ishlab chiqaruvchi gibridomalari olindi. Bu esa qator patogen viruslarga qarshi inson antitelolarini to’xtovsiz ishlab chiqaradigan B- hujayra gibridlarni olishga imkon yaratdi. Ularni amaliyotda qo’llash immunoterapiya samaradorligini oshiradi.
Antigen va antitelolarning o’zaro munosabatlari. Antigen va antitelolar molekulalar kabi, o’z shaklini, tuzilishini o’zgartirmasdan o’zaro ta’sir qiladilar. Immunitet reaksiyalari spesefik xarakterga ega bo’lib ikki fazada o’tadi. Avval mikrob hujayrasining yuzasida joylashgan antigen va antitelolar (va ularning determinantlari) o’zaro ta’sir etadi. Antigen bilan antitelolarni elektrostatik (ular qarama qarshi zaryadlarga ega) va molekulalararo kuchlar ta’sirida tortishadi. Bu faza ko’rinmaydi, lekin spesefikdir (maxsus). Ikkinchi faza elektrolit (NaCl ning izotonik eritmasi) yoki komplement ishtirokida o’tadi.
Avval antigen va antitelolar yopishib adgeziya, hosil bo’lgan immun komplekslar (antigen- antitelo) probirka tubiga cho’kadi. Buni agglyutinasiya, presipitasiya, komplement bog’lash va h.k. reaksiyalarda yaqqol ko’rish mumkin.
Immunitetning paydo bo’lishida limfoid sistemasi hujayralari va organlarning roli. Hozirgi zamonda immunitet limfoid sistemasi organlarida organizmning immunokomponent va boshqa hujayralarida paydo bo’ladi deb hisoblanadi. Limfositlar- asosiy immunositlardir. Ular ikki guruhga bo’linadi: T-limfositlar (timusda) va B-limfositlar (ilikda) T-limfositlar organizmning immunologik gomeostazini qo’llab turadi, B-limfositlar begona antitelolarni bog’laydigan antitelo yoki immunoglobulinlar hosil qiladi. Limfoid sistemasining markaziy va yuza organlari farq qilinadi. Markaziy organlarga ilik, timus (qalqonsimon bez), parrandalarda Fabrisius bursasi (sut emizuvchilarda-peyer blyashka); yuza organlrga –taloq, limfa tugunlari, qon kiradi.
Limfoid sistemasining organlari. Ilik, qon va limfoid hujayralar ishlab chiqaradi.Ilikda hosil bo’lgan hujayralar qon oqimiga tushib, butun organizmga tarqaladi. Limfoid organlardan o’tib ular immun sistemasi hujayralariga (T-va B-limfositlar) ajraladi. Demak ilik immun sistemasining asosiy markaziy organlaridan biri. Timus limfoid to’qimalardan tarkib topgan. U yangi tug’ilgan va yosh hayvonlarda yaxshi rivojlangan. Timusda immunokompetent hujayralar (timositlar) hosil bo’ladi. Timus-hayvon organizmining immunologik xolatini ushlab turuvchi organ. Sut emizuvchi larda gumoral va hujayrali immun reaksiyalarining shakllanishida katta rol o’ynaydi.
Fabrisius bursasi parandalar kloakasining dorsal tomonida joylashgan bo’lib, timus bilan birgalikda immunitetning hosil bo’lishida ma’lum ahamiyatga ega. Sut emizuvchilarda peyer blyashkalari immunologik funksiyalarni bajarishi mumkin. Ular ingichka ichak devorida, qalqonsimon bez, appendikasda joylashgan. Infeksiya vaqtida ular kuchli yallig’lanib, yaralar paydo bo’ladi. Yosh o’tishi bilan ularning funksiyasi pasayib boradi. Bursani olib tashlansa antitelo hosil bo’lishi birdan pasayib ketadi. Gumoral immunologik reaksiya Fabrisius bursasi bilan bog’liq, xujarali immunologik reaksiya esa-timus bilan. Pereferik limfoid organlar vazifasini taloq, limfa tugunlar, qon bajaradi.
Taloq. Kesganda organning qizil va oq pulpasi ko’rinadi. Qizil pulpada ko’p miqdorda eritrositlar, oqida limfoid to’qilmasi bor. Taloqning limfa to’qimasi gumoral immun reaksiyalar ishtirok etadi. Taloqda antitelolar antigenlarni qon tomiriga yoki qorin bo’shlig’iga yuborganda hosil bo’ladi.
Qon suyuq to’qima bo’lib plazma va shaklli elementlar (eritrosit, leykosit va boshqa hujayralar) dan iborat.
Immun reaksiyalarni hosil qiluvchi hujayralar immunositlar deyiladi. Ular ilikdan boshlanadi. Demak ilik nafaqat qon hosil hiluvchi organ, balki limfoid hujayralar manbasi hamdir.
Plazma hujayralari bazofilli sitoplazmasi bor, yumaloq shaklda bo’ladi. Bu hujayralarning asosiy vazifasi –antitela hosil qilishdir. Ularga makrofaglar, retikula hujayralari, eozinofillar kiradi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish