Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet65/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Fagositoz. Immunitet haqidagi ta’limotda fagasitozning muhim o’rni bor. Birinchi bo’lib I.I. Mechnikov fagositoz va uning ahamiyati haqida to’liq ma’lumot bergan.Mikroblarni eritib hazm qiluvchi hujayralarni I.I. Mechnikov fagasitlar ya’ni yeb yemiruvchilar deb atadi. Organizmning shikastlangan iflos joyida yiring to’planadi. Unda juda ko’p mikroblar bo’ladi, lekin leykositlar ularni tutib oladi. Leykositlarning ko’pchiligi bunday kurashda o’ladi. Yaradagi oq yiring bu o’lgan leykositlardir. Makrofaglar va organizmning boshqa hujayralari ham fagositar aktivlik xususiyatiga ega.Fagositoz jarayoni quyidagi fazalardan iborat:
a) fagositlarning mikroblarga yaqinlashishi va adgeziya (musbat xemotak sis); b) mikrob yoki uning qismchalarini yutish; v) hazm qilish. Bunda mikrobning shakli o’zgaradi, ular shishib donachali bo’lib qoladi,va erib yo’q bo’ladi. Keyinchalik fagositoz qanchalar aktiv bo’lsa, kasallik shuncha yengil o’tishi va aksincha bo’lishi aniqlangan. Immunli hayvonlarda, immunsizlariga qaraganda fagositoz yaxshi namoyon bo’ladi. Demak, fagosi tar aktivlik darajasiga qarab organizmning immunologik holati haqida fikrlash mumkin.
Maxsus immunitet tabiiy yoki sun’iy orttirilgan bo’lishi mumkin. Tabiiy orttirilgan immunitet odam yoki hayvonning ma’lum bir infeksiyani boshidan kechirish natijasida hosil bo’ladi. Bunda organizm aynan kasallikni qo’zg’agan mikrobga qarshi immunitet hosil qiladi. Sun’iy orttirilgan immunitet organizmga maxsus biopreparatlar –vaksina (mikrob yoki ularning toksinlari) yuborilgandan keyin hosil bo’ladi. Tabiiy orttirilgan immunitet uzoq muddat davom etadi. Ayrim kasalliklardan sung umrbod saqlanadi. Masalan, otlar manqa, odamlar chechak, qizamiq, itlar toun, kasalligi bilan bir marta kasalllanib, sog’aygandan keyin, ularda immunitet umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Orttirilgan immunitet o’z navbatida aktiv va passiv immunitetlarga bo’lanadi.
Aktiv immunitet yuqumli kasallik yoki emlash natijasida paydo bo’lib, bunda organizm aktiv ishtrok etadi. Organizm qancha og’ir kasallansa tabiiy aktiv immunitet shuncha uzoq davom etadi. Shuning uchun ham suniy aktiv immunitet (emlashdan so’ng paydo bo’lgan) uzoq davom etmaydi. Masalan salmonellyozga qarshi vaksina hosil qilgan immunitet davomiyligi 6 oy, kuydirgiga qarshi vaksinaniki esa bir yil. Aktiv immunitet 10-14 kunda paydo bo’ladi.
Sun’iy passiv immunitet organizmga tayyor immun moddasi –antitelolarni yuborish natijasida paydo bo’ladi. Antitelolar tabiiy kasallanib sog’aygan yoki emlangan hayvonlar qon zardobida bo’ladi. Biofabrikalarda juda katta miqdorda giperimmun qon zardoblari tayyorlanadi. Buning uchun maxsus tayyorlangan hayvonlarga sxema asosida avval o’ldirilgan, keyin tirik virulentli mikroblar yoki ularning toksinlari kichik dozadan yuqori dozagacha ko’paytirib yuboriladi. Ko’p marotaba immunlash natijasida hayvon qon zardobida aynan o’sha qo’zg’atuvchiga qarshi maxsus antitelolar (immunoglobulinlar) paydo bo’ladi. Giperimmunlash bir necha haftadan, bir necha oygacha davom etishi mumkin.
Passiv immunitet zardobni yuborgandan keyin bir necha soat ichida paydo bo’lib, qisqa vaqt 7-15 kun, uzog’i bilan 20 kun davom etadi.
Tayyor antitelolarni yuborib, patogen mikroblarga qarshi kurashda organizmlarga yordam beramiz, uning himoyalanish kuchini oshiramiz. Shuning uchun ham zardobni kasal hayvonlarga yuborish maqsadga muvofiqdir. Davolash qancha erta boshlansa uning samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi.
Tabiiy passiv immunitet onadan bolaga plasenta orqali yoki uvuz suti orqali o’tadi. Agar tug’ishidan bir oy oldin salmonellyoz vaksinasi yuborilsa tug’ilgan buzoq kasallikka chidamliroq bo’ladi. Demak, onadagi antitelolar buzoq organizmiga o’tadi.
Tabiiy aktiv immunitet, steril va nosteril immunitetlarga bo’linadi. Steril immunitet paydo bo’lganda qo’zg’atuvchi organizmdan to’liq chiqib ketadi va organizm u bilan qayta zararlanmaydi. Nosteril immunitet organizmda qo’zg’atuvchi bo’lgandagina paydo bo’ladi, agar mikrob organizmdan yo’qolsa, shu paytdan immunitet ham yo’q bo’ladi (sil, brusellyoz, manqa, kasalliklarida).

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish