Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shapulatova Z.J. Mikrobiologiya fanidan o’quv qo’llanma (amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari). Toshkent, 2013 y.
2. кисленко В.Н., Колычев Н.М., Суворина О.С. Ветеринарная микробиология и иммунология. Часть 3. Частная микробиология. М.2007 г.
3. Кисленко В.Н., Количев Н.М., Суворина О.С. Ветеринарная микробиология и иммунология. Часть 1. Обшая микробиология. М. Колос, 2006 г.
4. Carter. G. R darla J. Wise Essentials of Veterinary Bakteriology And Mycology Sixth Edition 2004 268 p
1-savol. Mikrobiologiya fanini ahamiyati.
1-ilova.
Mikrobiologiya – mikroorganizmlar haqidagi fan. Mhikroblarning o’lchamlari 0,1 mm dan kichik bo’lib, ularni faqatgina qurollangan ko’z bilangina ko’rish mumkin.
|
Xalq xo’jaligining rivojlanishi, hayvon, odamlar va o’simliklar patologiyasida, infeksion kasalliklarning oldini olish va qarshi kurashish vositalarini yaratish, hatto tabiatning doimiyligini tutib turishida mikrobiologiya fanini ahamiyati nihoyatda katta.
|
Mikroblar dunyosining turli xilligi mikrobiologiyani qator bo’lim va yo’nalishlari ya’ni tarmoqlari farqlanishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda mikrobiologiya qator mustaqil yo’nalishlarga bo’lingan: umumiy, xususiy, tibbiyot, veterinariya, qishloq ho’jalik, texnik (sanoat), suv (dengiz), kosmik mikrobiologiya va h.k.
|
2-ilova.
Veterinariya mikrobiologiyasi tibbiyot mikrobiologiyasi bilan chambarchas bog’liq, chunki ko’pgina infeksion kasalliklarning qo’zg’atuvchilari hayvonlar va odamlar uchun umumiy hisoblanadi. Demak, veterinariya mikrobiologiyasi qishloq xo’jalik, uy va yovvoyi hayvonlar, odam va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini hamda chorvachilik yem - xashak va oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan mikroorganizmlarni o’rganadi.
Bu fan bakteriyalar, viruslar, patogen zamburug’lar, rikketsiyalar, mikoplazmalar, xlamidiyalarni tekshiradi. Veterinariya mikrobiologiyasining ma’lumotlariga asosan hayvonlarning yuqumli kasalliklariga diognoz qo’yish, ularni maxsus profilaktika qilish, davolash tadbirlarini ishlab chiqaradi.
|
3-ilova.
Veterinariya mikrobiologiyasi fani veterinariya uchun zarur bo’lgan mikroorganizmlarning umumiy xususiyatlari, morfologiyasi, fiziologiyasi, genetika va ekologiyasini, ularning tabiatda moddalar aylanishi, sanoat va qishloq xo’jaligi, har xil ishlab chiqarish tarmoqlaridagi roli, infeksion jarayonlarni, immunitet, uning turlarini, asosiy infeksion kasalliklarning qo’zg’atuvchilari, ularga diagnoz qo’yish, maxsus oldini olish usullarini o’z ichiga olgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |