Kultura – hayvon, odam, o’simlik yoki tashqi muhit substratlaridan oziq muhitlarda o’stirilgan mikroorganizmlar.
Shtamm- bir turga mansub, lekin har xil hayvon va substratlardan ajratilgan va o’zaro xususiyatlarining kamroq o’zgarishi bilan farq qiladigan kultura.
Klon – bir hujayradan ajratilgan mikroorganizmlar kulturasi.
Amerikalik bakteriologlar Jamiyati va u yoki bu bakteriya guruhlarini o’rganish sohasining yirik mutaxassislari bilan birgalikda chop etishgan “Bergi bakteriyalar aniqlagichi” yordamida prokariot organizmlarni tez identifikasiyalash vazifasi yanada to’liq amalga oshadi. Aniqlagichning birinchi nashri 1923 yilda D.X.Bergi (D.H.Bergey, 1860-1937) boshchiligida bir guruh amerikalik bakteriologlar tomonidan chiqarilgan; to’qqizinchi nashri to’rt tomdan iborat bo’lib 1984-1989 yillarda chiqqan. “Bergi bakteriyalar aniqlagichi” ning to’qqizinchi nashrida barcha aniqlangan organiznlar Procariotae saltanatiga kiritilib, 33 guruhga bo’lingan. Bergi bo’yicha klassifikasiya qilishning asosiy maqsadi – bakteriyalarni oson(engil) identifikasiya qilish. Buni amalga oshirish uchun belgilar majmuasi qo’llaniladi: morfologik (hujayraning shakli; xivchin, kapsulasining bor yoki yo’qligi; spora hosil qilishi, hugayra ichining tuzilishi; Gram bo’yicha bo’yalishi), kultural (laboratoriyada sof kulturani o’stirganda aniqlanadigan belgilar); fiziologik-biokimyoviy (energiya olish usullari; oziq muhitlarga talabi; tashqi muhit omillarigamunosabati; DNK molekulasida nukleotidlarning ketma ketligi va nukleotidli tarkibi; DNKda minorli asoslarning xarakteri va mavjudligi; ribosomali RNKning nukleotid tarkibi; fermentli oqsillarda aminokislotalarning ketma-ketligi anologik vazifalari bilan).
Aniqlagichning qiymati shunda-ki, unda ma’lum bo’lgan bakteriya shakllarining nihoyatda to’liq svodkasi berilgan va bakteriyalarni identifikasiya qilish uchun eng zamonaviy qo’llanmadir. Unda prokariot mikroorganizmlar Procariotae saltanatiga birlashtirilgan va to’rt bo’limga bo’lingan. Ular oz navbatida seksiyalarga, sinflarga, qatorlarga, oila, avlodlar, turlarga bo’lingan.
I- bo’lim. Gracilicutes (lotinchadan gracilus – ingichka, yupqa, cutes - teri). Grammanfiy mikroorganizmlarni o’z ichiga oladi. Bo’limda toqqizta seksiya bor. Spiroxetalar, Spiralsimon va buramasimon aeroblar, grammanfiy harakatsiz buramasimon bakteriyalar, aerob grammanfiy tayoqchalar va kokklar, grammanfiy fakultativ anaeroblar, qat’iy anaeroblar, sulfatni dissimillovchi va bijg’ituvchi bakteriyalar, anaerob grammanfiy kokklar, rikketsiyalar va xlamidiyalar.
II- bo’lim. Firmicutes (lotinchadan firmis – qattiq, cutes - teri). Bo’limga asosan grammusbat bakteriyalar kiritilgan. Grammusbat kokklar, spora hosil qiluvchi grammusbat tayoqchalar va kokklar, spora hosil qilmaydigan grammusbat tayoqchalar, spora hosil qilmaydigan hujayra ichidagi grammusbat tayoqchalar, mikobakteriyalar, nokardiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |