Kultura – hayvon, odam, o’simlik yoki tashqi muhit substratlaridan oziq muhitlarda o’stirilgan mikroorganizmlar. Shtamm- bir turga mansub, lekin har xil hayvon va substratlardan ajratilgan va o’zaro xususiyatlarining kamroq o’zgarishi bilan farq qiladigan kultura. Klon – bir hujayradan ajratilgan mikroorganizmlar kulturasi.
3-ilova.
Mikroblar juda ham kichkina bo’lib, mikrometr (mkm) va nanometr (nm) larda o’lchanadi.
1mkm= 10-6 metr , 1nm = 10-9 metr, 1 mm = 1000mkm, 1 mkm – 1000 nm.
|
4-ilova.
Viruslar hujayrasiz mikroorganizmlar bo’lib, barcha turdagi organizmlar- hayvon, odam, o’simlik, hashorat, bakteriya, zamburug’, sodda hayvonlar hujayrasi ichida parazitlik qiladi. Ular hujayrasida ko’payish hususiyatiga ega bo’lgan maxsus genomi bor.
|
1.savol. Mikroorganizmlarning sistematikasi va klassifikasiyasi haqida tushuncha.
Sistematika (tasonomiya) organizmlarning har xilligi va ular orasida o’zaro bog’liqliklari haqidagi fan.
Tirik organzmlarni umumiy o’xshashliklari bo’yicha guruhlash bilan biologiya fanining maxsus tarmog’i bo’lgan sistematika yoki taksonomiya shug’illanadi. Sistematik guruhlar (takson) larni xarakterlash va aniqlash jarayoniga klassifikasiya, ularga nom berish usullariga nomenklatura deyiladi.
Sistematikaning vazifalaridan biri - ko’pchilik organizmlarni guruhlarga bo’lish (klassifikasiya). Lekin avval obyektlarni keraklicha to’liq tavsiflash kerak va olingan ma’lumotlar asosida ularni farqlash (qiyoslash) lozim. Bu esa ma’lum yoki noma’lum belgilarga ega organizmlani aniqlashga olib keladi va mos ravishda ma’lum darajadagi yangi taksonga joylashtiriladi yoki aniq taksonlarga kiritiladi.
Organizmlarni tavsiflash uchun har xil belgilardan foydalaniladi: morfologik, sitologik, kultural, fiziologik, biokimyoviy, immunologic va h.k. Agar obyektlarni tavsifi uchun ma’lumotlarnin hajmi chegarasiz bo’lsa, identifikasiya maqsadida organiznlarni taksonomik guruhlarga bo’lish uchun etarli, chegaralangan hajmdagi ma’lumotni ishlatish mumkin.
Taksonomiyaning maxsus bo’limi – nomenklatura – ifodalangan obektlarga nom berish qoidalari bilan shug’ullanadi. Bakteriyalarning sistematikasida obyektni nomlash uchun Karl Linneyning (K.Linne, 1707-1778) binominal nomenklaturasi qo’llaniladi. K.Lineyning binominal nomenklaturasiga asosan mikrobning nomi ikki so’z bilan aytiladi. Avlod bosh harf, tur nomi kichik harf bilan yoziladi. Masalan: Bacillus antracis – kuydirgi tayoqchasi, Basillus subtilis - pichan tayoqchasi.
Bakteriyalar homenklaturasining Xalqaro kodeksi qoidalariga mos ravishda bakteriyalarga nom beriladi.
Hujayradan tashkil topgan barcha organizmlar (Chatton, 1937) o’zaksiz (prokariotlar) va o’zakli (eukariotlar) organizmlarga bo’linadi. O’zaksiz organizmlarga ko’k – yashil suvo’tlari, bakteriyalar, rikketsiyalar, aktinomisetlar va mikoplazmalar kiradi. O’zaklilarga sodda hayvonlar, zamburug’ lar, o’simlik va hayvon hujayraralari kiradi. Prokariot hujayralarda yadro membranasi, sitoplazma ichidagi retikulumasi yo’q, xivchinlari bor.
Prokariotlarni guruhlash uchun iyerarxik sistema klassifikasiyasi qabul qilingan bo’lib, unga binoan taksonomik tabaqaning eng pastki pog’onasi bo’lgan tur – avlodga, avlod oilaga, oila tartibga, tartib sinfga, sinf bo’limga, bo’lim esa mikroorganizmlar dunyosiga kiradi.
Mikrobiologiyada “kultura”, “ shtamm”, “klon” kabi terminlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |