2-savol. Mikrobiologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.
Bizning planetamizda mikroblar hayvon va odamlardan ham avval paydo bo’lgan.
Odamlar mikroorganizmlar aniqlanishidan oldin ham non pishirishda, sut mahsulotlari va vino tayyorlashda mikrobiologik jarayonlardan foydalanishgan. Odamlarda infeksion kasallikni chaqiruvchi patogen mikroblar qadim zamonlardan mavjudligi isbotlangan.
Qadimda olimlar yuqumli narsaning kasal organizmdan sog’lom organizmga o’tishi haqida fikr yuritganlar. 2000 yil avval Xitoyda, Hindistonda va Kavkazda odamlarni chechak kasalligiga qarshi, Afrikada qoramollarni o’pka yallig’lanishi kasalligiga qarshi emlaganlar.Qadimiy Misrda mollar uchun oziqalarni siloslash gan.Ammo bu jarayonlarning sababi asrlar davomida jumboq bo’lgan.
Demak, mikroblar ochilishidan avval odamlar kasallik chaqiruvchi qandaydir tashqi omillar bor ekanligini faraz qilishgan. Bundan kelib chiqadi-ki mikrobiologiya hali bizning eramizgacha paydo bo’lib, u uzoq rivojlanish davrini bosib o’tgan. Mikroblar haqidagi bilim darajasiga mos ravishda yangi prinsipial yangiliklarning ochilishi va uslublarning paydo bo’lishi, shuningdek yangi yo’nalishlarning shakllaishi bilan mikrobiologiyaning tarixini besh davrga bo’lish mumkin:
1) evristik; 2) morfologik; 3) fiziologik; 4) immunologik; 5) molekulyar-genetik.
1. Evristik davr. Bu davr Gippokrat (eramizdan avval III-IY asrlarda) odamlardan odamlarga o’tadigan kasalliklarni chirik botqoqlik joylarda paydo bo’ladigan qandaydir ko’zga ko’rinmas moddalar chaqirishi to’g’risida farazini, taxminlarini aytgan (evristika – faraz, xayol, gumon) vaqtdan boshlanadi. Bu moddalarni u “miazmlar” deb atagan. Fanning ilk rivojlanish davrida vrachlar va tadqiqotchi tabiatshunos olimlar infeksion kasalliklarning sababini aniqlashga harakat qilishgan. Gippokrat (460-377 yy.eramizdan avval), Varron (e.av. 116-27 yy.), Lukresiya (e.av. 99-55 yy.), Pliniya (e.av. 23-79 yy.), Galen (e.av. 130-200 yy.), kabi o’sha davrning yirik namoyonda olimlarning ishlarida infeksion kasalliklarning tirik qo’zg’atuvchilari haqida avvaldan gipotezalar aytilgan.
Osiyo xalqi maxovning yuqumliligi haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishgan va kasallarni boshqalardan alohida ajratib qo’yishgan. Abu Ali Ibn Sino (e.av. 980-1037 yy.) yuqumli kasalliklar paydo bo’lish sababchisi oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan nihoyatda mayda tirik mavjudotlar bo’lib, suv va havo orqali tarqaladi deb hisoblagan. U o’zining “Tib qonunlari”da o’lat, chechak va boshqa kasalliklar qo’zg’atuvchisi “ko’zga ko’rinmas” qo’zg’atuvchilar ekanligi haqida yozgan.
Faqat XY-XYI asrlarda italiya vrachi va shoiri Djeralimo Frakastro (1476-1553) kasallikni havo yoki predmetlar orqali o’tuvchi tirik kontagiylar“ chaqirishini, bu ko’zga ko’rinmas mavjudotlar atrof muhitda yashashi va ular chaqiradigan kasalliklarga qarshi kurashish uchun kasalni alohida ajratish, qo’zg’atuvchini yo’q qilish va h.k.lar haqidagi fikrlarini asoslab bergan.
Shunday qilib ikki ming yil ichida olimlar faraz va taxminlardan odamlarda kasallikni qandaydir ko’zga ko’rinmas tirik mavjudotlar chaqirishiga ishonch hosil qilishdek uzoq yo’lni bosib o’tishgan.
Mikrobiologiya fani mikroorganizmlar kashf etilgandan keyingina taraqqiy eta boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |