II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad -“Mikrobiologiya va immunologiya” fanining o‘qitishdan maqsadi – talabalarda mikroorganizmlarning umumiy xususiyatlarini, tabiatda, organizmda va ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida xilma-xil biologik jarayonlaridagi roli, infeksion kasallik qo‘zg‘atuvchilari, ular chaqiradigan kasallikga diagnoz qo‘yish, maxsus oldini olishni zamonaviy, samarador usullari, bunda qo‘llaniladigan biopreparatlar bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, mikroorganizmlarning umumbiologik jarayonlarga, infeksion kasallik qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash, infeksion kasalliklarga o‘z vaqtida aniq diagnoz qo‘yish, maxsus oldini olish chora-tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etishlarga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- mikroorganizmlarning sistematikasi va morfologiyasi, mikroorganizmlarning foydali va zararli xususiyatlari, infeksiya, immunitet va ularning turlari, yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning morfologiyasi, kultural, biokimyoviy va biologik xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- mikrob kulturalari va patologik materiallardan surtmalar tayyorlash, bo‘yash, mikroskopik tekshirish va farqlashni, bakteriya, spora, kapsula va xivchinlar, avtotrof va geterotrof, anaerob va aerob mikroblarni, mikroblarni o‘stirish uchun oziq muhitlar tayyorlash va sterillash usullarini, biologik namuna qo‘yish, sof kulturani ajratish va serologik tekshirishlarni, spora, kapsula va kislotaga chidamli bakteriyalarni maxsus usullarda bo‘yashni, yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning morfologiyasi, kultural, biokimyoviy va biologik xususiyatlarini, veterinariyada qo‘llaniladigan biopreparatlar, ularni tayyorlash va qo‘llashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- sterilizatsiya o‘tkazish, serologik va allergik reaksiyalar qo‘yish, mikroorganizmlarni o‘stirish va antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash, kasal va o‘lgan baliqlardan patologik materiallar olish va yuqumli kasalliklarga tekshirish hamda diagnoz qo‘yish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- mikrobiologik tekshiruvni rejalashtirish, kulturalaridan va patologik materiallardan surtmalar tayyorlash, bo‘yash mikroskopik tekshirish va farqlash; sof kultura ajratish va uning xususiyatlarini o‘rganish, kasal va o‘lgan hayvonlardan patologik material namunalarini olish, yuqumli kasalliklarga tekshirish hamda diagnoz qo‘yish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |