Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet250/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Patogenligi. Tabiiy sharoitlarda otlar, yirik shoxli hayvonlar, buyvollar, bug'ular, qo'ylar, echkilar, itlar, mushuklar, tovuqlar, g'ozlar, shuningdek yovvoyi hayvonlar - kosulya, sibir echkilari, arxarlar, kiyik, lama, zebra, begimot, suv qunduzi, sug'urlar, ondatrlar, qumsichqonlar kasallanadi. Nekrobakteriozga odamlar ham moyil. Laboratoriya hayvonlaridan quyonlar va oqsichqonlar moyil.
Otlarda nekrobakterioz gangrenoz oqbosh (bir xil yara) shaklida kechadi. Katta yoshdagi yirik shoxli mollarda oyoqlarining distal bo'limlari, yelin terisi, qin va bachadonning shilimshiq pardalari va ichki organlarida difterik yallig'lanishlar kuzatiladi. Shimoliy bug'ular uchun tuyoqlar nekrobakteriozi (tuyoq kasalligi) xarakterli. Katta yoshdagi cho'chqalar kam kasallanadi, lekin onasidan ajratilmaganlari moyil bo'lib, ularda nekrozli stomatit, rinit, dermatit va enterit kuzatiladi. Qo'ylarda juda ko'p hollarda tuyoqlari zararlanadi. Itlarda flegmonali va pustulyozli dermatit teri osti absesslar bilan rivojlanadi. Tovuqlarda tomoq, til asosi. hiqildoq, qizil o'ngach, ichki organlari zararlanadi.
Patogenez. Nekrobakteriya - jarohatdan keyingi infeksiya. Nekrobakterioz qo'zg'atuvchisi shikastlangan to'qimalarda intensiv rivojlanadi, chunki kapillyarlarning butunligi buzilishi hisobiga ular kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmaydilar. Bu anaerob sharoitlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Me'yorda kislorod bilan to'yingan sog'lom to'qimalarda qo'zg'atuvchi rivojlanmaydi. Ayniqsa gematoma qonida bakteriyalarning rivojlanishi uchun sharoit yaxshi bo'ladi.
Organizmda zaharli komponentlar sintezlanadi, ular hujayra ichidagi ferment tizimini qurshab oladi va atrofdagi to'qimalarni nekrozga uchratadi. Kapillyarlarning intensiv rivojlanishi jarayoni og'irlashtiradi.
Zararlangan o'choqdan mikrob gematogen yo'l bilan organizm bo'ylab tarqalishi mumkin, bunga sezilarli darajada qon tomirlar devorining zararlanishi va bakteriyalar bilan zararlanganligi, tromblarning uzulishi yordam beradi. Natijada jarayon qo'shni to'qimalarga tarqaladi, teri, pay, suyaklarda ikkilamchi o'choqlar paydo bo'ladi. Bakteriyalarning qonga o'tishi septisemiyaning rivojlanishiga va o'pka, yurak mushaklarida, jigarda nekroz o'choqlarining metastazlarini hosil bo'lishiga olib keladi.
Kasallik og'ir kechib, ko'pincha hayvonning o'limi bilan tugaydi..
Toksigenligi. Nekrobakterioz qo'zg'atuvchisi ekzotoksin, endotoksin mikrobni suyuq oziq muhitlarda o'stirganda ajraladi, 24-36 soalli kui'turalarda uning miqdori maksimal darajaga yetadi. Otlardan ajratilgan shtammlarda yanada intensiv sintezlanadi. Bu toksin barqaror emas va 55 C da 3 0 daqiqa davomida, 100°C da-5 daqiqadan keyin parchalanadi. Ekzotoksinga 0,3% formalin qo'shilsa uni anatoksinga aylantiradi.
Gemotoksin yangi go'shtdan tayyoriangan pepton, 0,5% glyukoza, natriy fosfat va kamroq qon qo'shilgan muhitlarda intensiv ishlab chiqariladi. U termolabil xususiyatlarga ega. 48°C da 15 daqiqadan keyin, 56°C da to'liq inaktivlanadi, 4°C da 2 oy saqlanadi. Ot, yirik shoxli mol, qo'y, cho'chqa, dengiz cho'chqasi, quyon va kabutar eritrositlarini lizisga uchratadi.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish