1. Mikroskopiya. Yiringdan tayyorlangan surtmalarda s.equi kokklardan iborat uzun zanjir shaklida joylashadi. Bulon kulturasidan tayyorlangan surt mada zanjirlar qisqa bo’ladi, zich oziqa muhitidan tayyorlanganlarida esa zanjirlar qisqa, hatto diplokokk ko’rinishida joylashadi. Gram, Romanovskiy usulida bo’yaladi. Qo’zgatuvchi grammusbat, harakatsiz, spora hosil qilmay di.
2.Bakteriologiya. Qo’zg’atuvchi zardob yoki fibrinsizlangan qon, qo’shilgan, Kitt – Tarossi muhitida o’sadi. Suyuq muhitda probirka devorida tubida mayda donachalar shaklida o’sadi. Zardobli glyukozali agarda shudringsimon yorug’lik o’tkazuvchi, mayda shilimshiq koloniyalar shaklida o’sadi.
Qonli agarda - gemoliz zonasi hosil bo’ladi.
Biokimyoviy xususiyati:sutni ivitmaydi, laktoza, sorbit, mannitni parchala maydi. Soqov antivirusi qo’shilgan muhitda o’smaydi.
3. Biosinov. Oq sichqon yoki mushuk terisi ostiga yoki qorin bo’shlig’iga yuborib zararlanadi. Oq sichqon 3 – 10 kunda piyemiyadan o’ladi. Mushuk bolasi terisi ostiga bulon kulturasini 1:10000000 yuborganda o’ladi.
Yosh mollarning pnevmokokk infeksiyasi qo’zg’atuvchisi-S pneumoniae (Dipl. Septicum, Dipl. lanceolatus). Kasallik yosh hayvonlarda o’pka va ichak shakllarida o’tadi. Hayvonlar 2-4 haftaligidan bir necha oylikgacha yoshda kasallanadi.
Patmetirial olish. Kasal hayvonlardan ularning ajratmalari, qon olinadi. O’lgan hayvonlardan ularning jasadi yoki o’pka, taloqning zararlangan joylaridan bo’lakchalar, qon, yiring olinadi.
Mikroskopiya. Gram, Romonovskiy-Gimza usullarida bo’yalgan surtmalarda qo’zg’atuvchi juft kokklar shaklida joylashadi. U grammusbat, kapsulali, harakatsiz, spora hosil qilmaydi. Kulturalarda kapsulalar hosil bo’lmaydi. Organlardan tayyorlangan surtmada ikkala kokkni o’rab olgan kapsula yaxshi ko’rinadi. Kulturadan tayyorlangan surtmalarda qisqa zanjir shaklida joylashadi.
Bakteriologiya. S. pneumoniaye 370C da aerob va anaerab sharoitlarda o’sadi. Zardobli GPBda bir xilda loyqalanish, kamroq cho’kma hosil bo’ladi. Zardobli GPAda mayda shudringsimon koloniyalar, qonli agarda gemoliz zonasi bor koloniyalar hosil qiladi.
Patogen pnevmokkoklar o’t suyuqligida eriydi. Inulinni parchalaydi (boshqa streptokokklardan farqi).
3. Biosinov. Bulonli kultura 1:1000000 nisbatda suyultirilib 0,5 ml oq sichqonlarning qorin bo’shlig’iga yuboriladi. Sichqonlar ikki uch kunda o’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |