Zamburug’lar- (Fungi) – o’simlik dunyosiga kiradigan xlorofillsiz organizmlar bo’lib, eukariotlarga kiradi. Har xil substratlar yuzasida yashaydilar.
Oziq muhitlarga muhtojdir. Ko’pchilik zamburug’larga miseliysi borligi, geterotrof tip oziqlanish xarakterlidir.
Vegetativ, jinsiy va jinssiz usulda (spora hosil qilish, kurtaklanish, miseliy qismlari, gametalar qo’shilishi) ko’payadi.
Mikrobiologlar o’rganadigan miseliyli zamburug’larga quyidagi ko’rsatilgan uch sinfning: zigomisetlar, askomisetlar, deyteromisetlarning ma’lum vakillari kiradi.
1. Zigomisetlar- miseliysi kuchli rivojlangan bir hujayrali organizmlar bo’lib, jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payishadi. Jinssiz kupayishda sporangiyalarda hosil bo’lgan sporalar orqali jinsiy jarayonda (oogomiya) zigospora yoki oosporalar hosil qiladi. Bu sinfga – mukor (boshchali mog’or) misol bo’lib, u nonda, sabzavot, go’ng, zax xonalarda va h.k. uchraydi.
Mog’or zamburug’i uglevodlarni bijg’itib, spirt va organik kislotalarni hosil qiladi, oziq – ovqat sanoatida ishlatiladi.
2. Askomisetlar- (xaltali zamburug’lar) sinfining vakili achitqi zamburug’laridir. Ular miseliysiz, xlorofillsiz bir hujayralidir. Hujayralari yumaloq, ellipssimon va tuxumsimon shaklda bo’lib, diametri 10 mikronga yaqindir. Achitqi hujayralari tabiatda keng tarqalgan. Asosan kurtaklanish, oddiy bo’linish yo’li bilan, ayrim hollarda spora hosil qilish, jinsiy yo’l bilan ko’payadilar.
Achitqilar spirt hosil qilish uchun ishlatiladi. Ular non, vino, pivo, hamda silos va sut mahsulotlarini tayyorlashda keng qo’llaniladi. Ularda organizm uchun foydali oqsil, B - vitamin gruppasi bor.
Achitqilarning ba’zi turlari kasallik qo’zg’atadi. Masalan, otlarda epizo otik limfangoit, odam va hayvonlarda blastomikoz - afrika manqasi kasalli gini paydo qiladi.
3. Deyteromisetlar (takomillashmagan zamburug’lar) – ko’p hujayrali miseliyga ega. Oidiy va konidiylar yordamida ko’payadi. Tabiatda keng tarqalgan bo’lib, bu sinfga mansub zamburug’larning 25 mingdan ortiq turi mavjud.
Deyteromisetlarga - Aspergillus va Penisillium zamburug’lari kiradi. Aspergilluslarning vakili Aspergillus niger dir. Uning miseliysi bo’g’inlarga bo’lingan. Konidiyli shoxchalarning uchlari to’g’nog’ich boshiga o’xshash yo’g’onlashgan bo’lib, ulardan nur tarqalgandek butun atrofga zanjirsimon ekzosporalar chiqadi. Uning ayrim turlari shakar eritmasidan limon va shavel kislotalarini ajratish uchun foydalaniladi, ayrim turlari esa organik moddalarni mineralizasiyalashda ishtirok etadi, yana boshqa turlaridan aspergillin, fuligasin, klavasin kabi antibiotiklar olinadi. Patogen turi esa tovuqlarda aspergillyoz kasalligini qo’zg’atadi.
4.Bazidiomisetlar askomisetlar singari takomillashgan zamburug’larga kiradi. Bazidiomisetlarga asosan qalpoqli zamburug’lar kiradi. Ular mikroor ganizmlarga kirmaydi va botanika fanida o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |