Aktinomisetlar (grekcha – actis - nur, mykes - zamburug’) - nursimon zamburug’lar. Bir hujayrali grammusbat mikroorganizmlar. Bu guruhning 8 ta oilasi Actinomucetales qatoriga kiradi. Aktinomisetlar tuzilishi jihatidan bakteriya va zamburug’larga o’xshash bo’lib, bakteriyalar bilan mog’or zamburug’lari o’rtasidagi mikroorganizmlar guruhiga kiradi.
Miseliysi bo’g’inlarga bo’linmagan, har tomonga har xil uzunlikdagi giflari tarqalgan, ularning uchida ekzosporalar joylashgan. Ularning ko’payishi shu sporalar yordamida bo’ladi.
Aktinomisetlar tuban zamburug’larga - bir hujayrali miseliysi borligi, spora va oidiylar yordamida ko’payishi, zich oziq muhitlarda miseliyli koloniya hosil qilishi bilan o’xshaydi. Bakteriyalarga esa –miseliya gifining kalinligi (mikroskopning immersion sistemasida ko’riladi) anilin bo’yoqlar bilan bo’yalishi, kislotaga chidamli shakllari borligi, 35-370 C da go’sht peptonli agarda o’sishi, prokariot hujayra tipida bo’lganligi bilan o’xshaydi.
Agarli muhitda aktinomisetlar yumaloq markazi zich koloniya hosil qiladi. Koloniya oziq muhitga mustahkam birikadi. Ular qizil, oq qizil, yashil, qo’ng’ir va boshqa ranglarda bo’ladi.
Aktinomisetlar tabiatda keng tarqalgan, tuproqda, boshoqli o’simliklarda, tezakda, chiriyotgan moddalarda ko’p uchraydi. Chirish va tuproqni boyitish prosesslarida aktiv qatnashadi. Ularning ko’pchiligidan biologik aktiv modda – antibiotiklar (streptomisin, biomisin, tetrasiklin, neomisin) olinadi.
Foydali aktinomisetlardan tashqari patogen turi ham uchraydi.U odam va hayvonlarda yumshoq to’ima va suyaklarni yemiradigan og’ir kasallik – aktinomikozni qo’zg’atadi.
Spiroxetalar – harakatchan mikroorganizmlar bo’lib, ingichka va spiral shaklda juda ko’p mayda burmalari bo’lgan organizmlardir. Hujayrasining tarkibida to’g’ri o’q shaklida ipi bo’lib, uning atrofida mayda – mayda burmachalar shaklda yadro moddasi va har xil kiritmalar bo’lgan sitoplazma joylashadi. Spiroxetlar ayrim belgilari bilan bakteriyalardan farq qiladi. Shuning uchun ular guruhga ajratilgan lentospiralarda hujayra qobig’i bo’lmaydi, spora, kapsula hosil qilmaydi, xivchinlari yo’q, ular sitoplazmasi qisqarishi natijasida ilonga o’xshab harakatlanadi.
Spiroxetlar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, saprofit va patogen turlari mavjud. Patogenlariga- leptospiroz qo’zg’atuvchisi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |