Mikrobiologiya va immunologiya



Download 13,45 Mb.
bet139/303
Sana13.11.2022
Hajmi13,45 Mb.
#864863
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   303
Bog'liq
Majmua-biotexnologiya

Toksigenligi. Ko‘pgina fermentlari: gemolizin, lesitinaza, fibrisillin va boshqalar patogen ta’sir etadi. Leptospiralarning o‘lishi natijasida undan endotoksin ajraladi va to‘planib-gemorragik, gemolitik va neyrotoksik ta’sir etadi. Toksikoz – hayvon o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Infeksiya patogenezida organizmda leptospiralarning yemirilishidan hosil bo‘lgan endotoksinlar muhim ahamiyatga ega.
Patogenezi. Qo‘zg‘atuvchi ko‘pincha organizmga shikastlangan shilimshiq pardalar va teri orqali kiradi. 12 soatdan keyin ularni jigarda topish mumkin, u yerda leptospiralar isitma paydo bo‘lgunicha to‘planadi. Isitma chiqqan davrda leptospiralar qonda paydo bo‘lib, ularning miqdori nafaqat jigarda, balki buyraklar, buyrak usti bezlarida, kamroq hollarda yurak mushaklari, o‘pka va limfa tugunlarda nihoyatda ortadi. Sarg‘ish paydo bo‘lishi bilan harorati tushadi va leptospiralar sekin-asta qon jigar, o‘pkadan yo‘qoladi, ammo buyrak, siydikda ularning miqdori ortadi. Bu esa kasal hayvonning qonida antitelolarning to‘planish fazasiga to‘g‘ri keladi. Leptospirozda intoksikatsiya natijasida asab tizimi shikastlanadi, oqibatda har xil organlarning me’yorda ishlashi buziladi.
3-16 kunlik inkubatsion davrdan keyin qisqa vaqtli isitma gematuriya, ba’zida (10%) sarg‘ayish paydo bo‘ladi. Homila tashlash ham kuzatilishi mumkin. Toksinlar ta’sirida jigarda distrofiya paydo bo‘ladi. Buyraklarda-nekroz o‘choqlari, qon quyilishlar. Buyrak koptokchalari va kanalchalarida leptospiralar antitelolar ta’siridan chetda bo‘ladi. Shuning uchun ular u yerda faol rivojlanadi va siydik bilan ajraladi.
Antigen tuzilishi. Barcha patogen va saprofit leptospiralar morfologiyasi bir xil bo‘lsa-da , antigen tuzilishi bilan o‘zaro farq qiladi. Ultrotovush bilan parchalangan leptospira kulturasidan tayyorlangan preparatlar immunokimyoviy analiz qilinganda ularda tipiga va avlodiga xos maxsus antigenlari borligi isbotlangan.
Ultratovush antigenining antigenli funksiyasi uning oqsili fraksiyasiga bog‘liq. Shuningdek har xil serotipli leptospiralar hujayrasida presipitogenlar borligi aniqlangan.
Hozirgi vaqtgacha amaliyotda agglyutinogenlarga ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Leptospiroz qo‘zg‘atuvchilari aynan agglyutinasiya reaksiyasi bilan farqlanadi. Bu reaksiya serologik diagnostika usullarining, shuningdek leptospiralarni klassifikasiya lashning asosi hisoblanadi.
Leptospiralarning bitta umumiy somatik antigeni bo‘lib, ularning turga oidligini aniqlaydi. Serovar va seroguruhlarni farqlash MAR (mikroagglyutinasiya reaksiyasi) va immunoadsorbsiya analizida polisaxaridli antigenlarning har xilligini hisobga olib bajariladi.
Immunitet. Kasallanib sog‘aygan hayvonlarda antitelolar hisobiga mustahkam, davomli immunitet hosil bo‘ladi (gomologik serovarlarga). Kasal hayvonlar qon zardobida kasallikning 3 - 5 kunlari 1:500 – 1:1000 va undan yuqori titrlarda agglyutininlar aniqlangan, u bir necha yillar davomida saqlanib qoladi. Geterogen serovarlari bilan reinfeksiya paydo bo‘lishi mumkin. Rekonvalesentlarning zardoblari preventiv xususiyatga ega. Hayvonlarda davomli leptospira tashuvchanlik aniqlangan, shuning uchun infeksion immunitet haqida gapirish mumkin. Streptomisin emlagandan keyingi immunitetga ta’sir etmaydi. Demak, bu infeksiyada mustahkam (steril va nosteril) immunitet bo‘lishi mumkin.

Download 13,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish