HEMIASCOMYCETIDAE (GEMIASKOMISETLAR) KENJA SINFINING
VAKILLARI.
Ish rejasi:
1. Endomycetales. tartibi:
1. Endomycetaseae oilasi
2. Taphrinales tartibi:
3. Taphrinaseae oilasi
Zaruriy jihozlar : Rangli jadvallar. Gerbariydan namunalar (shaftoli barglarini bujmayishi).
Fiksatsiya qilingan bankalar (olxo‘ri mevalarini danaksizlanishi). Lupalar.
Topshiriq: 1.Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish.
2. Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarni chizish.
Askomisetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘larning tanasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, bularning
miseliysi ko‘p hujayrali bo‘ladi. Bularning jinssiz ko‘payishi konidiyalar yordamida o‘tadi. Jinsiy
ko‘payishi esa otalik va onalik xujayralarni qo‘shilishi yordamida o‘tadi. Askomisetlar sinfi
xaltachalarni joylashiga qarab 3 ta kenja sinfga bo‘linadi.
1.
Hemiascomycetidae (gemiaskomisetlar) kenja sinfi – ya’ni yalongoch xaltali
zamburuglar, bularmiseliyda ochiq holda joylashadi.
2.
Loculoascomycetidae (lokuloaskomisetlar) kenja sinfi – ya’ni soxta meva
tanali zamburuglar, bular miseliyni oraligida maxsus bo‘shliqlarda
joylashadi.
3.
Euascomycetidae (euaskomisetlar) kenja sinfi ya’ni xaqiqIy xaltali
zamburuglar, bular miseliyda meva tanalarning ichida joylashadi.
1. Hemiascomycetidae (gemiaskomisetlar) kenja sinfiga kiruvchi zamburuglar zararlangan
o‘simlik organlarida joylashagan bo‘ladi. Bu kenjja sinf 2 ta tartibga bo‘linadi.
1. Endomycetales (endomuketales) tartibi.
2. Taphrinales (tafrinales) tartibi.
1. Endomycetales tartibiga kiruvchi zamburuglar saprofit holda hayot kechiradi. Bular
tabiatga juda keng tarqalgan bo‘lib, shakarga boy bo‘lgan mevalarda, shikastlangan daraxt
tanasining shirali oqimida, gul nektarlarida uchraydi. Bu tartib Endomycetaseae oilasini tashkil
etadi. Oila esa bir necha avlodga bo‘linadi.
1. Endomyces (Endomukes)
2.Nematospora (Nematospora)
3. Saccharomyces (Saxaromises)
1. Endomyces avlodiga kiruvchi zamburuglar miseliy shoxlarida xaltalar va sporalar hosil qiladi.
Bularning shakli dumaloq yoki qalpoqchasimon bo‘ladi.
Masalan: E.mali olmaning chirish kasalligida uchraydi.
2.Nematospora avlodiga kiruvchi zamburuglarining miseliysi yaxshi rivojlangan bo‘lib, sporalari
yelpigichsimon yoki dumaloq shaklda bo‘ladi.
3. Saccharomyces avlodiga achitqi zamburuglar kiradi. Bu avlod vakillarining
haqiqIy miseliysi
bo‘lmaydi, bular kurtaklanish yo‘li Bilan hosil bo‘ladigan bir yadroli xujayralardan iborat. Asosan
kurtaklanish yo‘li Bilan ko‘payadi.
Taphrinales tartibiga kiruvchi zamburug‘lar parazit holda hayot kechiradi.Bunday parazitlar
o‘simliklarda deformatsiyalar hosil qiladi, ya’ni zararlangan organlarda barglarni bujmayishi,
mevalarda esa danaksizlikni va turli shakl o‘zgarishlarini sodir etadi. Bu tartibga kiruvchi
zamburuglarning miseliysi ipsimon, ko‘p xujayrali bo‘lib, endofit rivojlanadi (ikki yadroli
xujayralar). Xaltachalari meva tanasiz miseliyni o‘zida yalangoch holda hosil bo‘ladi. Xaltachalar
silindrsimon va zich joylashgan. Bu tartib 1 ta
Taphrinaseae oilasini tashkil etadi. Oila esa 1 ta
Taphrinia avlodini beradi.
Taphrinia avlodi vakillarining miseliysi bir yoki ko‘p yillik bo‘lib, ko‘p
yilliklari
daraxtlarning tanasida saqlanadi, bir yilliklari esa barglarda rivojlanadi. Ko‘p yillik
zamburug‘larning miseliysi to‘qimalarda chuqUr joylashib kurtaklarda qishlaydi va kelgusi yilda
Yangi organlarni zararlaydi
Masalan: Taphrinia deformans barglarda bujmayish kasalligini keltiruvchi zamburug.
Taphrinia zerasi – daraxtlarda supurgilar hosil qiluvchi zamburug.
Do'stlaringiz bilan baham: