asr, Aretssodagi Santa-Mariya
della Pove cherkovi, 12-asr va boshqalar). Ayrim insho-otlarda
Vizantiya meʼmorligining taʼsiri seziladi (Venetsiyadagi avliyo Mark sobori, 11-asr,
Palermodagi sobor). 11 –12-asrlarda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. meʼmorlik
anʼanalari uslubida barpo etilgan. Shaharlarning tez surʼatlar bilan rivojlanishi mahobatli diniy-
maʼmuriy binolar bilan bir qatorda shahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari,
ratushalar qurishni ham taqozo etdi. 13–14-asrlarda gotika rivoj top-di (Milan, Orvyeto,
Florensiya soborlari). Katta shaharlar vujudga kela boshlagach, qurilishning yangi tamo-yillari
paydo boʻldi (jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat bilan qarala boshladi). B.
Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinola va b. atokli meʼmorlar
Rim
va
Venetsiyada mahrbatli
binolar barpo qildilar. Barokko meʼmorlari (16-asr) koʻp shaharlarda badavlat xonadonlar
uchun ulkan ansambllar, shaxsiy qoʻrgʻonlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar.
Binolarning hashamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi (L. Ber-nini, F. Borromini).
Rimdagi
avliyo Pyotr sobori bilan Navon maydoni (16– 17-asrlar) goʻzal meʼmoriy
ansambllardan hisoblanadi. 18-asrdan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol
shaharlaridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. 20-asrda modernizm (Turindagi
koʻrgazma zali), neoklassitsizm (
Rimdagi
sport markazi), 60-yillardan esa organik meʼmorlik
ta-moyillari shakllandi. Zamonaviy maʼ-muriy inshoot va binolar qurishda
sathning kengligi va
qulayligiga, yangicha yechimlarga alohida ahamiyat berildi (
Rimdagi
Termini vokzali, sport
saroyi, Paduyadagi Italiya banki binosi).
Italiya hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi
qoya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari). Jez davrida (mil. av. 2ming
yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8– 2-asrlardan etrusklar yodgorliklari
maʼlum. Mil. av. 8–6-asrlardan Italiya Kds. Yunon, mil. av. 5-asrdan mil. 5-asrgacha Kdd.
Rim
madaniyati va sanʼatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Oʻrta asrlarda diniy
afsonalar asosidagi asarlar paydo boʻldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanʼatiga yaqin
mozaika rasmlari yaratildi. 12-asr oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi
manzarali haykaltaroshlik tarqaldi. 13–14-asrlarda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar
sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-asrdan Uygʻonish davri realistik sanʼati
taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga koʻproq murojaat qila boshladilar:
Rassom va
haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda oʻrganib, ajoyib sanʼat namunalarini
yaratdilar (Leonardoda Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va boshqalar). 15–
16asrlarda moyboʻyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr
dekoratsiyasi sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. 16-asr oxiri va 18-asrda serhasham va
dabdabali barokko uslubi (haykal-tarosh L. Bernini, rassomlardan Pyetroda Kortona, L.
Jordano) qaror topdi. 16-asr oxirlarida paydo boʻlgan akademizm (aka-uka Kar-rachchi) va
Tasviriy sanʼati
manyerizm (haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no,.A. Bronzino) sanʼati
hukmronlik qildi. 18-asr Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi)
hayotiy
kuzatishlar kuchliligi bilan koʻzga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-asr 2-
yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinchalik
maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori,
T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash
mavzularida ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin syurrealizm, abstrakt sanʼat avj olib
ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy namunalariga
qarshi kurashda realistik
sanʼat namoyandalarining ijodi kamol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu,
rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-
tuygʻularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar.
Italiya – mashhur ashulachilar, opera, zamonaviy nota yozuvi va fortepiano vatani. Uvertyura,
simfoniya, kantata va b. musika janrlari Italiyada yara-tilgan. Barkarola, gondolyera, frotol-la,
vilanella kabi qoʻshiq turlari, galyarda, sitsiliana, tarantella raqslari
folklor asosida paydo
boʻlgan. Xalq musiqasining boy manbalari cherkov va Italiya professional musiqasiga zamin
boʻlgan. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa rivojlandi. 14-asrda Are Nova maktabi, 15–16-
asrlarda musika akademiyalari yuzaga keldi. 16–17-asrlarda vokal-cholgʻu musiqaning
oratoriya, kantata singari yangi turlari paydo boʻldi. Florensiya va Neapolda gomofoniya uslubi
taraqqiyoti taʼsirida opera sanʼati shakllandi. Ya. Perining "Dafna" (1594) operasi mazkur
janrning ilk namunasidir. K. Monteverdi tarixda birinchi boʻlib ommaviy opera teatrini ochdi
(1637). 18-asrda opera va milliy ashula sanʼati keng rivojlandi, belkanto uslubi paydo boʻldi.
Florensiya, Bolonya, Neapol teatrlarida J. Pergolezi, A. Salyeri, J. Paiziyello va b.ning rang-
barang operalari sahnalashtirildi. 18-asrda
buff opera shakllandi, yangi opera teatrlari ochildi.
A. Vivaldi, D. Skarlatti, J. Tartini kabi sozanda kompozitorlar konsert, sonata janrlariga asos
soldi. N. Paganini oʻzining noyob ijrochilik mahorati va romantik asarlari bilan mashhur. 19-
asr opera sanʼati ijtimoiysiyosiy karashlar taʼsirida rivojlandi. J. Rossini, V. Bellini, G. Donitsetti,
J. Verdi operalarida xalqning ozodlikka intilishi oʻz ifodasini topdi. 19-asr oxirida R. Le-
onkovallo, Sh. Puchchini va b. kompozitorlarning operalarida hayotni haq-qoniy ifodalashga
yoʻnalgan verizm uslubi yuzaga kelgan. O. Respigi, A. Kazella va b.ning ijodida musiqiy
impressionizm hamda neoklassitsizm uslublari rivoj topgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng
Italiya musiqasida tinchlik,
ozodlik uchun, fashizmga karshi kurash mavzulari muhim oʻrin
oldi. 50-yillardan avangardizm taʼsiri kuchaydi. L. Dalla-pikkola, L. Berio, L. Nono asarlarida
ichki ziddiyat oxanglari yangraydi, yuksak gʻoyaviy ifoda vositalarining murakkabligi,
toʻqimaliligi bilan qoʻshilib ketadi.
Musiqasi