Testning eksperimental psixologik imkoniyatlari
Masalan: Psixogeometriya – shaxsni eksperimental o‘rganish usullaridan biri bo‘lib, u orqali quyidagilarni aniqlash mumkin:
1.Tez vaqt ichida bizni qiziqtirayotgan shaxsni tuzilishi va qaysi tipga (sangvinik, melanxolik) kirishini va albatta shaxsni ba’zi xususiyatlarini ham aytib beradi
2. Hamma tushunadigan tilda har qanday insonning o‘zini tutishini va u haqida bir qator xarakteristika beradi.
3. Odatiy xolatlarda shaxs o‘zini qanday tutish senariysini tuzib beradi.
Psixogeometrik test orqali aniq tashxis qo‘yish 85 % etadi. Haqiqiy ilmiy ish esa rossiyalik psixologlar tomonidan olib borilgan, ya’ni testni bir Ravenning “Progressiv matritsalar” testi bilan aloqadorligi bor Yoki yo‘qligi tekshirib ko‘rilgan. Tadqiqotchilardan A.A.Alekseev, L.A.Gromevalar (1991) testni psixologik konsultatsiya amaliyotida qo‘llashni tavsiya etadilar.
Test matni
Yo‘riqnoma: “Beshta shaklga qarang (kvadrat, uchburchak, to‘g‘rito‘rtburchak, aylana, zigzag) qog‘ozda ko‘rsatilgan. Ular ichidan, birini tanlangki uni tanlab “Bu -Men” deya olsangiz: o‘zingizni tuzilishingizni his qilshga harakat qilib ko‘ring. Agar siz tanlashga qinalayotgan bo‘lsangiz unda birinchi bo‘lib, diqqatingizni tortganni tanlang, uni № 1 bilan belgilab qo‘ying. Endi esa qolganlarini o‘z xoxishingiz bo‘yicha joylashtirib raqamlab chiqing
Natijalarni bo‘yicha birlamchi tahlil:
Birinchi shakl – tajribadagi asosiy Yoki qiyosiy shakl hisoblanadi. U xarakterdagi asosiy, etakchi sifatlarni aniqlash imkonini beradi hamda shaxsning o‘zini tutish xususiyatini aniqroq ochib beradi.
Qolgan to‘rt shakl – o‘ziga xos ko‘zgulardir, tajribada insonning o‘zini qanday tutishini aniqlaydi.
Oxirgi shakl – shaxslararo munosabatlardagi qiyinchiliklarni aniqlashga keng imkon beradi.
SHaxsning asosiy tiplari haqida qisqacha psixologik xarakteristika
“Kvadrat”
Agarda sizning asosiy shaklingiz kvadrat bo‘lgan bo‘lsa, unda siz-charchamaydigan, mehnatkashsiz! Mehnatsevarlik, tirishqoqlik, ishni oxirgacha etkazuvchi-mana shular orqali haqiqiy kvadratlar mashhur. CHidamlilik, qat’iylik odatda kvadratlarni yuqori toifali mutaxassis bo‘lishini ta’minlaydi o‘z sohasida. Bunga yangi ma’lumotga bo‘lgan talab ham ko‘maklashadi.
Kvadratni tanlaganlarning: hamma ma’lumotlarni tizimlashtirilgan, shkalalarga joylashtirilgan. Kvadrat - kerakli ma’lumotni shu zahoti berishga qodir. SHuning uchun kvadratlarni irudit deyishadi. Hech bo‘lmaganda o‘zini sohasida.
Tafakkuriy tahlil - kvadratning kuchli tomoni. Agar siz qat’iy kvadratni o‘zingizga tanlagan bo‘lsangiz unda siz “chap yarim shar orqali tafakkur qiluvchilar” safiga kirasiz, buni informatika tilida aytganda ma’lumotni birin-ketin o‘zingizga qabul qilasiz, ya’ni a-b-v-g va boshqa shunga o‘xshash. Kvadratlar ko‘proq natijani xisoblaydilarki, uni aniqlash o‘rniga. Kvadratlar mayda-chuyda narsalarga juda katta e’tibor berishadi, hamma narsani oxirgacha bilishni yaxshi ko‘rishadi.
Kvadratlar bitta va umrbot saqlanadigan sovg‘ani yaxshi ko‘rishadi. Kvadrat ideali-rejali, va unga kutilmagan surprizlar yoqmaydi. U har doim insonlar va odamlarni o‘z oldiga eg‘adi.
Mana shu hamma xususiyatlar kvadratlarni zo‘r boshqaruvchi Yoki ijrochi bo‘la oladi. Mayda-chuyda narsalarga haddad tashqari qiziqishi, ya’ni xato aniqlovchi Yoki to‘ldiruvchi ma’lumotni kerakligi biron-bir narsani hal qilayotganda kvadratlarni tezkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Ehtiyotkorlik, tartib-intizom qoidalarni o‘zlashtirish juda kam chekka nuqtagacha rivojlanishi mumkin va biror bir masalani hal qilish payti kelganda (haf-xatar bilan bog‘liq) unda kvadratlar bilib bilmay bu masalani hal qilishni cho‘zishlari mumkin. Bundan tashqari kvadratlarning xissiy quruqligi va sovuqliklari har xil inson bilan aloqa o‘rnatishga halaqit beradi. Kvadrat kutilgan vaziyatlarda ortiqcha va keraksiz harakat qilishadi.
“Uchburchak”
Bu shakl etakchilik ramzini bildiradi va ko‘pchilik uchburchaklar o‘zlarining faoliyati asosi deb xisoblashadi. Uchburchakning eng asosiy xarakteristikasi-asosiy maqsadiga qarab diqqatni jamlab olishidir. Uchburchaklar – faol, ruhan kuchli, shaxslar ular o‘zlariga aniq maqsad qo‘yadilar, odatda bu o‘z maqsadiga etadilar!
Ular ham kvadrat singari “chap yarim shar orqali tafakkur qiluvchilar” xisoblanadi. Xolatni tez va chuqur tahlil qilishlari mumkin. Ammo kvadratlarga qarama-qarshi mayda chuydalarga e’tibor berishmaydi. Uchburchak muammoning asosida diqqatini kuchli yo‘naltirishlari, tafakkurda tahlil qilish va muammoni tez hal qilish yo‘llarini qidirish.
Uchburchak – o‘ziga ishongan inson, hamma narsada to‘g‘ri bo‘lishni istashadi! Kuchli talab to‘g‘ri bo‘lishi va ishdagi vaziyatni boshqarish, o‘ziga bog‘liq narsalargina emas, boshqalarga bog‘liq narsalarni echishni yaxshi ko‘rishadi. Bu esa uchburchaklarni boshqalar bilan raqobatchi bo‘lishga olib keladi. Har qanday ishdagi shiori g‘alaba, sovrin, omadga! U tez-tez xavfga soladi, biron bir masalani hal qilishga ikkilanuvchilarni yoqtirmaydi.
Uchburchaklar aybdor bo‘lib qolishlarini yoqtirmaydi va o‘z xatolarini katta qiyinchilik bilan tan olishadi. SHuni aytish mumkinki, ular o‘zlari ko‘rishni istagan narsani ko‘rishni xoxlashadi, shuning uchun qarorlarini o‘zgartirishni yomon ko‘rishadi. Ularni so‘zini qaytarganlarni yomon ko‘radi va o‘z aytganlarini qiladilar. Ammo ular o‘z xatolarida yaxshi o‘rganishadi. Asosiy maqsadlariga yordam beruvchi xar qanday ma’lumotni o‘zlariga so‘rab oladilar.
Uchburchaklar - o‘zlarini juda sevadilar. Agar kvadrat uchun g‘urur bajarayotgan ishni a’lo darajada etkazish bo‘lsa, uchburchak uchun esa yuqori martaba egallash, yuqori maqom olish boshqacha qilib aytganda-mansab (korera) qilish.
Biron bir ish qilish Yoki qaror qabul qilishlarini oldindan, bilib bilmay o‘ziga shunday savol beradi “bu orqali men nimaga ega bo‘laman?” Uchburchaklardan boshqaruv darajasidagi yuqori toifali liderlar etishib chiqadi. U o‘zi va unga bo‘ysunuvchi ishchilarining ishlarini qanday ahamiyatga ega ekanligini boshliqlarga yaxshi etkazib bera oladilar, uzoqdan o‘zlari uchun ma’qul ishni sezishadi va raqiblari ustidan g‘alaba qozonishga harakat qiladilar. Uchburchaklarning asosiy salbiy tomonlari: kuchli egoizm, o‘ziga qaratilganlik. Uchburchaklar xokimiyat tepasiga chiqish uchun oddiy tarbiya qonunlarini ham unitib o‘z maqsadi uchun boshqalar ketidan ergashib borishlari mumkin. Uchburchaklar hamma narsa va hammani ular o‘z atrofida yig‘ishga harakat qiladilar.
“To‘g‘ri to‘rtburchak”
Ushbu shakl o‘tish va o‘zgarish xolatini anglatuvchi sanaladi. Mazkur tipga mansub insonlar, hozir kechirayotgan o‘z hayotiy tarzlaridan norozidirlar. SHuning uchun ular doim o‘ziga yaxshi sharoit yaratish bilan ovora bo‘lishadilar. To‘g‘ri to‘rtburchak tipiga ega shaxslar, hayotiy munosabatlarda o‘zini tez – tez yuqotishga moyil bo‘lib, o‘z – o‘ziga noaniq munosabatda bo‘ladilar. To‘g‘ri to‘rtburchaklarning ko‘zga ko‘rinarli qirralari-turli vaziyatlarda ulardan nima kutishni ham bilmaysan. To‘g‘ri to‘rtburchaklar tez-tez o‘zgarishlari mumkin, hatto bir kunda ular o‘z qarashlarini o‘zgartiradilar, bu holatni yaxshi deb tushuntirishga harakat qiladilar, hayotning yangi yo‘llarini qidiradilar. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning o‘zini tutishiga yaxshilab qarasak unlarda shuni sezamizki, u har xil shakldagilarni “kvadrat, uchburchak va boshqalar” taqlid qilib ko‘radilar. To‘g‘ri to‘rtburchaklar uchun odamlar bilan muloqot o‘ta zarur va shu orqali ular o‘tish davrining qiyinchilikni engadilar. SHunga qaramasdan, to‘g‘ri to‘rtburchaklarda ijobiy tomonlar ham bor. Ular atrofdagi insonlarni o‘ziga jalb qila oladilar. Avvalo bu –qiziquvchanlik va dovyuraklik bilan bog‘liq. Mazkur tipga mansub kishilar ishonuvchan, sodda va beg‘ubor bo‘lishadilar. To‘g‘ri to‘rtburchak tipidagi insonlarni boshqarish osondir. Kimdir bu shaklni ishonch bilan tanlasa, u hayotda o‘zaro yaxshi munosabatlar tarafdoridir.
“Aylana”
Aylana – ushbu shaklga mansub insonlar doim barcha munosabatlarda totuvlik tarafdoridir.
Aylana shaklini birinchi o‘ringa quyuvchi kishilar eng mehribon insonlardir. Ular ko‘pincha, ishda joylarida kolliktivni ustun ko‘rishadilar shuningdek, oilaviy munosabatlarni mustahkam ushlovchi kishilar hisoblanishadilar.
Bundan tashqari, mazkur insonlar eng yaxshi aloqaga kiruvchilardir, birinchi o‘rinda ular eng yaxshi tinglovchilardir, ularda yuqori hissiyot darajalari kuzatiladi, empatiyaning rivojlanganligi-birovni tushunish, hamdard bo‘lish, boshqa odamlarning qiynnchiliklariga o‘z ijobiy hissiyotlari orqali javob beradilar. Aylana shaklini tanlovchilar begonalarning xursandchilik va g‘amlarini o‘zlarinikiday his qiladilar. Boshqalar uchun har qanday vaziyatlarda jonyakuyar insonlar sanalishadilar.
“Zigzag”
Bu shakl ijodkorlik, yangilikka moyillik ramzidir, ushbu shakl 5 ta shakllar ichidan eng o‘zgachasi sanaladi. Agar siz ishonch bilan ushbu shaklni tanlagan bo‘lsangiz, unda siz “o‘ng yarim shar ” orqali tafakkur qiluvchisiz, ya’ni boshqacha o‘ylovchilar.
SHuning uchun ko‘pchilik “chap yarim sharlar” orqali tafakkur qiluvchilar “zigzag” ni tushunmaydilar. CHunki ular o‘ng yarim shar bilan o‘ylamaydilar, mayda-chuyda narsalarni ko‘rmaydilar, shuning uchun u hayot rasmlarini kichikroq qiladi va go‘zallikni ko‘radi. Zigzaglarda odatda estetik sezgilar yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Zigzaglar – sintetik xayol qiluvchilardir. Ular bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan turli g‘oyalarni birlashtirib yangi g‘oyalarni yaratishga qodirdirlar. Aylanadan farqli ravishda zigzaglar nizolarda tez yon berishmaydilar, balki ularni hal etishning yangi yo‘llarini izlab topadilar va nizolar o‘zidan o‘zi yo‘qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday tipli insonlar tabiatan izlanuvchanlikka moyil bo‘lib, boshqalarga namuna bo‘la oladilar, Zigzaglar o‘z hayot yo‘lini doimiy o‘zgartirib turadilar, ular uchun eng zerikarli narsa bu hech o‘zgarmaydigan narsalar, voqealar, qonun-qoidalar, odamlar va hokazo. Doimiy majburiyatlar va shuningdek bir xil usullar ularga yoqmaydi. Ularga har xil yangiliklar va ishni bajarishga chorlovchi kuchli narsalar zavq bag‘ishlaydi. Ular o‘z ishlarida boshqalardan mustaqil bo‘lishni istashadi. SHunda zigzag tetiklashadi va o‘zining asosiy qobiliyatini ishga soladilar hamda yangi g‘oyalarni va usullarini o‘z ishlarida qo‘llaydilar. Zigzaglar hech qachon hozir Yoki oldin qilgan ishlari bilan maqtanmaydilar.
Zigzaglar –o‘z g‘oyalarining targ‘ibotchilari ham sanalishadilar. Ammo ularga siyosatchilik, etakchilik sifatlari etishmaydi: o‘zini bosib tura olmaydi, juda tez (to‘g‘ri gap tuqqanga yoqmaydi qabilida) harakat qiladilar. Bu esa, ularda ko‘pincha o‘z g‘oyalarini hayotga tadbiq qilishiga halaqit qiladi. Bundan tashqari, ular mayda – chuyda muammolarni yaxshilab o‘rganmaydi shuningdek, ayrim ishlarni oxirigacha yakunlashni istashmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |