Migratsiyaning asosiy sabablari


Vebinarda ishtirok etgan xalqaro ekspertlar mehnat migratsiyasi sohasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi



Download 85,08 Kb.
bet2/4
Sana18.03.2022
Hajmi85,08 Kb.
#500525
1   2   3   4
Bog'liq
Insoniyat jamiyati rivojlanishining birinchi ming yilligida migratsiya yangi hududlarning rivojlanishi bilan bog

Vebinarda ishtirok etgan xalqaro ekspertlar mehnat migratsiyasi sohasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
Maykl Nyuson, Mehnat migratsiyasi va inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis, XMTning Janubi-sharqiy yevropa, Sharqiy yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha hududiy ofisi vakili (Avstriya):
Mehnat migranti nafaqat o‘z oilasi, vataniga, qolaversa, o‘zi ishlayotgan davlatga ham foyda keltiradi. Bugungi inqirozdan keyin xorijiy yirik ish beruvchilarda, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida mutaxassislarning yetishmovchiligi kuzatiladi, bu odamlarning iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga jiddiy ta'sir etadi. Pandemiyadan keyin bir yil davomida ham vaziyat avvalgi holatiga qaytmasligi mumkin. Shuning uchun inqiroz davrida va undan keyin mehnat migratsiya bilan bog‘liq vaziyatni hamkorlikda boshqarish lozim bo‘ladi. Mehnat migratsiya oqimini boshqarish uchun bandlik agentliklari, ish beruvchilar va davlat hamkorligi yo‘nalishlari hamda ular tomonidan qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni aniqlab olish zarur.
Inqirozdan keyin bandlik agentliklariga talab va ular tomonidan fuqarolarni ishga jalb qilish jarayoni kuchayadi. Bu ularning ayrimlari tomonidan odamlarni ishga yollashda o‘z vazifalarini suiiste'mol qilish xatarini ham oshiradi. Bu sharoitda vaziyatni samarali boshqarish uchun migrantlarni jo‘natish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, ularning sog‘lig‘ini tekshirish lozim. Bu borada migrantlarni qabul qiluvchi va jo‘natuvchi davlatlar hamda bandlik agentliklari o‘rtasida ishlarning sifatli tashkil etilishini ta'minlovchi kelishuv bo‘lishi kerak.
Yana bir muhim jihat, mehnat migrantlari uchun xavfsiz va maqbul sharoitlarni yaratish uchun avvalo bandlik agentliklari mehnat migrantlari jalb etilayotgan sanoat sohalarni yaxshi tushunishi lozim.
Pavel ShALUS, IRIS Dasturi menejeri, XMT shtab-kvartirasi vakili (Shveysariya):
– Xorijiy ishchi kuchini adolatli yollashning xalqaro tizimi (IRIS) standartlari ko‘plab mamlakatlarning davlat idoralari, ish beruvchilari va bandlik agentliklari tomonidan qabul qilingan hamda BMT, XMT konvensiyalarining asosiy normalariga asoslangan, shuningdek, bandlik va mehnat migratsiyasining barcha xalqaro amaliyotini qamrab oladi.
Xususan, ishchilarni jalb qilishda qonuniylik, ochiqlik va huquqlarni himoya qilish prinsiplariga rioya qilish lozim. Shuningdek, qabul qilingan xalqaro normalarga muvofiq, mehnat migrantlaridan foydalanishda majburiy va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, ish beruvchi va mehnat migranti o‘zaro ixtiyoriy kelishuvga ega bo‘lishi, majburiy to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik, ya'ni, xorijda ishga joylashtirganlik uchun to‘lovni faqat ish beruvchi amalga oshirishi, mehnat migranti ishdan tashqari vaqtida erkin bo‘lishi, mehnat shartlarining aniq bo‘lishi, shaxsiy ma'lumotlarni bandlik agentliklari va ish beruvchilar tomonidan oshkor qilinmasligi kabi prinsiplarga rioya etishi lozim.
Masalan, dunyoning mashhur savdo belgisiga erishgan yirik kompaniyalari “ish beruvchi to‘laydi” prinsipiga rioya qiladi.
Biroq, mamlakatimizda xususiy bandlik agentliklari instituti joriy etilgan bo‘lsa-da, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovlar tartiblarini qat'iy belgilab berilmaganligi, ayrim agentliklar tomonidan fuqarolarimiz ishonchi suiiste'mol qilinib, firibgarlik holatlari qayd etildi. Bu o‘z navbatida, bugungi kunda mazkur sohada ijobiy yutuqlarga erishgan davlatlarning qonunchilik tajribasi va muammolarini tahlil qilgan holda, O‘zbekiston sharoitida yangi hisoblangan xususiy bandlik agentliklari faoliyatini joriy etish zaruratini ko‘rsatmoqda.
– “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining amaldagi variantida XMTning 181-sonli Konvensiyasidagi mavjud qoidalar to‘liq aks etmagan. Qonunga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar esa XMT tavsiyalari va konvensiyalariga asoslangan va xalqaro standartlarga mos keladi hamda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Bugungi koronavirus pandemiyasi inqirozidan, iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat'i nazar barcha davlatlar zarar ko‘rmoqda. Bu albatta, barcha sohalar kabi mehnat migratsiyasiga katta zarba beradi.
Tan olish kerak, oxirgi yillarda O‘zbekiston hukumati tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qator davlatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘plab muzokaralar olib bordi va samarali natijalarga erishmoqda. Ayni paytda Rossiya tomonidan yangi migratsiya strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Xorijga ishga ketayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini saralash amaliyoti joriy etilsa, bandlik agentliklari va migrantlar duch kelayotgan muammolar kamaygan bo‘lardi.
Konferensiyada xususiy bandlik agentliklari vakillari ham sohani yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, o‘zlarini qizitirgan savollarga ekspertlardan javob oldi.
Konferensiya so‘nggida ishtirokchilar mehnat migratsiyasi sohasidagi muammolar yechimi, xususiy bandlik agentliklari faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini berishdi.




  • SAYT XARITASI

Tarkibga o'tish

  • MDH mamlakatlari

  • Osiyo mamlakatlari

  • Mamlakatni tanlash

  • Rossiya fuqaroligi

  • Evropa mamlakatlari

  • Immigratsiya

Download 85,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish