III BOB. “MIFTAHU-L-ULUM” ASARIDA ARAB TILI SINTAKSISINING YORITILISHI
“Miftahu-l-ulum” asarida sintaktik jihatdan o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan so‘zlarning tahlili………...………………………………………………...….......53
“Mufassal” va “Miftahu-l-ulum” asarlarida yordamchi so‘zlar semantik xususiyatlarining qiyosiy tahlili…………………….…….…….....…....................67
III bob bo‘yicha xulosa….………….……….…………………….………............75
XULOSA……………….……………….…….………………..………...............76
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………..............79
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon qo‘lyozmalar fondida ko‘plab arab tilida yozilgan qo‘lyozmalar mavjud, shunday bo‘lsa-da, o‘rta asrlarda yurtimizda yaratilgan asarlar yirik ilmiy markazlar tomonidan asosiy manba sifatida o‘rin tutgan Amr ibn Usmon Sibavayhi (765-796), Yahyo ibn Ziyod Farro (759-822), Mahmud Zamaxshariy (1075-1144), Nosiruddin Mutarriziy (1144-1213), Abu Yoqub Sakkokiy1 (1160-1228) kabi olimlarning asarlarini o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Arab, fors, turkiy xalqlar orasida sarf va nahv keng tarqalgan, XII asrdan XX asr boshlarigacha yurtimiz ilm dargohlarida fan sifatida o‘qitilgan, bugungi kunda ham jahon tilshunosligida sarf va nahv ilmlarining ahamiyati, atamalarning qo‘llanilishi, ularning yoritilishiga qiziqish ortgani hammaga sir emas. Shu sababli bu ilmlarning til hodisalariga oid nazariy jihatlari, yoritilish uslublari bugungi kun tilshunosligida ham dolzarb hisoblanadi.
O‘rta asrlarda arab olimlarining arab tili grammatikasiga oid asarlari dunyo kutubxonalarida ko‘p ekanligiga qaramasdan, yurtimizda yaratilgan asarlar nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Misr, Iroq, Hindistondagi bir qator oliy ta’lim muassasalari, yirik ilmiy markazlarda asosiy manba sifatida ilmiy izlanishlar olib borilishi yurtimiz olimlarining qanchalik salohiyatliligidan, arab tili grammatikasida alohida yo‘nalishi borligidan dalolat beradi. Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asari ham shunday manbalardan biri hisoblanadi. Turkiyada uning sarf bo‘limi, Jazoirda nahv bo‘limiga oid tadqiqotlar olib borilgan.
Yurtimizda qomusiy olimlar ilmiy me’rosini o‘rganishga bo‘lgan imkoniyatlar kengaymoqda. Ajdodlarimiz sharq ilm-fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. “Ularning aniq fanlar va diniy ilmlar sohasida qoldirgan bebaho merosi, butun insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi”2. Muqaddas islom diniga, allomalarimizning buyuk ilmiy merosini o‘rganishga bo‘layotgan e’tibor, “arab yozuvidagi turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafik namunalarini tadqiq qilish”3ning ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilishi arab tilini manbalar asosida chuqur tadqiq qilish uchun imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston qo‘lyozma fondlarida arab tili grammatikasi bo‘lmish sarf va nahvga oid ko‘plab qo‘lyozma asarlar mavjud. Ammo sarf va nahv ilmlari doirasida lingvistik qarashlar mazmunini til hodisalari, bayon qilish usullarini nuqtai nazaridan yaxlit va tizimli o‘rganish hanuz amalga oshmagan bo‘lib, ushbu masala ajdodlarimiz lingvistik tafakkuri, yondashuv usullarini anglashda dolzarb sanaladi.
Shu jihatdan, Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asarini nodir manba sifatida tatqiq etish va undagi morfologik va sintaksis masalalarni hozirgi arab grammatikasi nuqtai nazaridan va boy ilmiy meros sifatida o‘rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |