Miftahu-l-ulum


“Miftahul-ulum” asari va uning O’zbekiston va dunyo fondlaridagi nusxalari, unga yozilgan sharhlar



Download 227,27 Kb.
bet6/15
Sana12.07.2022
Hajmi227,27 Kb.
#778440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Gulshoda Aktamova Omonxonovna 09.06.2022

1.2. “Miftahul-ulum” asari va uning O’zbekiston va dunyo fondlaridagi nusxalari, unga yozilgan sharhlar
O‘rta asrlar arab tilshunosligida o‘chmas iz qoldirgan asarlardan biri Sakkokiyning “Miftahu-l-ulum” asari o‘z davrining yirik nazariy tadqiqotlaridan biri hisoblanadi. Bu olimning birinchi va mashhur bo‘lgan asaridir. U 595/1205 yildan keyin yozilgan. Olim asarning yaratilish sababi haqida shunday yozgan: “Zamonamning fozil ahli, fazlni kamolotga yetkazgan zotlar mendan muxtasar qilib, ularga bir asar yozib berishimni qat’iylik bilan so‘radilar. Buning singari gaplarni eshitgach, ular g‘oyat xursand bo‘lishlari uchun, har bir zukko tushunadigan uslubda tasnifladim”13. Muallifning ushbu ma’lumotidan asar yuqori saviyada yozilganini bilib olish mumkin.
Asarning atalishi borasida Sakkokiy: “Bu asarda juda yaxshi bilib olish kerak bo‘lgan ilmlarni jamlab, uni العلوم مفتاح (“Miftahu-l-ulum”, ya’ni “Ilmlar kaliti”) deb atadim”, deb yozgan edi.14
“Miftahu-l-ulum” o‘n ikki ilmni qamrab olganligi bilan musulmon olamining tom ma’nodagi buyuk kashfiyotiga aylandi. Asar arab tili grammatikasining barcha ilmlarini qamrab olgan bo‘lib, shu sohadagi boshqa manbalardan eng afzali hisoblanadi. Asarning mashhur bo‘lishi unda Qur’oni karim oyatlari keng va aniq talqin qilinganligi, oyatlarning grammatik qurilishiga, ularning ifodalanishiga katta o‘rin berilganligi bilan bog‘liq. Sakkokiy vaqf (to‘xtash), tafxim (tovushlarni yo‘g‘on o‘qish), imola (unlilarning moyillashuvi) va bulardan boshqa Qur’onni to‘g‘ri o‘qishda muhim bo‘lgan qoidalarni alohida mavzu ostida bayon qilgan. Shu bilan bir qatorda, qoida sababli sodir bo‘lgan oyatlardagi morfologik o‘zgarishlarni ham tushuntirib bergan.
Asarning bo‘limlari haqida muallif: “Bu kitobni uch qismga bo‘ldim: sarf ilmi, nahv ilmi, bayon va ma’nolar ilmlari”, deb yozgan edi. Asar qismlarga bo‘linib, mavzular bob va fasllarga ajratib berilgan. Olim sarf qismini uch bob, o‘n to‘qqizta fasl va o‘n uch turga taqsimlagan.
Birinchi bob sarf ilmining tarkibiy qismi bo‘lgan ishtiqoqqa bag‘ishlangan. Bu bob ishtiqoq hodisasini tushuntirish uchun o‘ziga xos bo‘lgan usulda bayon qilingan. Sakkokiy so‘z yasalishi borasida o‘zidan avvalgi va keyingi olimlarda uchramaydigan ishtiqoqning tizimli qonunlarini ishlab chiqib, aynan shu bobda keltirgan. Boshqa olimlarda masalaga bu kabi yondashuv kuzatilmaydi. Bunga dalil o‘laroq ishtiqoq qonunlaridan keyin olim keltirgan uchta bobni aytish mumkin. Ular quyidagicha nomlangan: “birinchi fasl: kerakli natijalar (الواجبة النتائج); ikkinchi fasl: muhim bo‘lgan natijalar (الجائزة النتائج); uchinchi fasl: davom etmaydigan natijalar (النتائج غير المستمرة)”. Har bir fasl nomida “natijalar” so‘zi kelmoqda. Muallif bu fasllarning har birida so‘zlardagi harflarning o‘rni borasidagi qarashlarni misollar yordamida yoritgan. Keltirilgan misollar qarashlarning natijalarini ko‘rsatib bergani uchun ham fasl nomlarida aks etgan.
Ushbu fasllarda harflarning o‘zaro almashib kelishi, orttirilishi, son kategoriyasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida bahs yuritilgan.
Klassik davr tilshunoslari asarlarida ham ushbu hodisalar haqida ma’lumotlar bor, lekin ular Sakkokiy kabi alohida nom ostida, o‘ziga xos shaklida bayon etilgan emas.
“Miftahu-l-ulum” arab tilshunosligi tarixida takrorlanmas asar ekanligining yana bir isboti boshqa manbalarda uchramaydigan mavzularni keltirish va ularning mantiqiy izchillik usulida bayon qilinishidir. Ana shunday mavzulardan biri uchinchi faslni tashkil qiluvchi “Xatodan saqlanish turlari (أنواع االحتراز عن الخطإ) turlari hisoblanadi.
Sakkokiy bu mavzugacha bo‘lgan o‘rinlarda so‘z hosil qilish qoidalari bilan bir qatorda, ism, fe’l turkumlaridagi so‘zlarning shakllari borasida ham fikr yuritgan. U ism, fe’lga xos shakllarni alohida bayon qilgan. Bu shakllar orasida faqat tovush o‘zgarishi bilan farq qiladigan qoliplar bilan birga, ziyoda harflar birikkan qoliplarni ham keltirgan. Aynan shu qoliplarni e’tiborga olgani holda, tamoman o‘ziga xos faslni kiritgan.
Muallif bu mavzu doirasida fonetika, imlo, son kategoriyasi, fe’l bilan bog‘lanuvchi olmoshlarga oid qoidalarni bayon qilgan. Bunday mavzularning mazkur faslda keltirilishi ularning morfonologik tomondan ahamiyatli hisoblanishi tufaylidir. Ushbu faslning maqsadi haqida: “Bu bo‘lim maqsad bilan bog‘langan muhim ilmning bayoni bo‘lib, u [maqsad] xatodan saqlanishdir. Biz bu faslda o‘n uch tur haqida gaplashamiz”, - deb yozgan.15
Asarning boshqa manbalarda kuzatilmaydigan o‘ziga xos yana bir jihati shundaki, unda Sakkokiy Sibavayhiga ergashgan holda sintaktik jarayonlarning sodir bo‘lish sabablarini keltirgan. Sibavayhidan farqli ravishda, Sakkokiy bu sabablarni alohida mavzu ostida birlashtirib, har bir sababga bir fasl ajratgan. Sibavayhida bunday holat kuzatilmaydi.
Sibavayhi mazkur sabablarni bog‘liq mavzular doirasida keltiradi. Masalan, u so‘zning oxirida bo‘ladigan o‘zgarishlar mavzusi doirasida fe’llar bilan bog‘liq sintaktik jarayon sabablarini, muannas so‘zlar haqida mavzu doirasida فعال qolipining kasra [i] bo‘lish sababini keltirgan.
Asarning xotima qismida uning yozilishiga doir muayyan sabablar keltirilsa, Sakkokiy asarining xotima qismida sintaktik jarayonlarning sabablarini keltiradi. Eng ahamiyatli jihati, har bir sababni alohida fasl ostida keltirib, bog‘liq bo‘lgan nom bilan atagan. Fasllarning soni o‘nta ekanligidan o‘nta sabab yoritilganini bilib olish mumkin. Sakkokiy chuqur ilmiy qarashlari asosida o‘zidan oldingi olimlar asarlarida kuzatilmagan sintaktik jarayon sabablarini o‘nta faslda birlashtirdi. Ularning har birini oyat, she’r baytlari bilan dalillagan.
Muallif sarf va nahv ilmlarini yoritishda birlamchi manba bo‘lgan Qur’oni karim oyatlaridan misollar keltirgan. Sakkokiyning tafsirda, so‘zga ma’no berishda qanchalik mohir ekanligini “Biror sintaktik o‘zgarishga sabab bo‘lmaydigan harflar” (الحروف غير العاملة) mavzusida “so‘roq hamza (همبزة الاسبتفهام)”sining ma’nolarini ifodalashda kuzatish mumkin.
Sakkokiy mazkur yordamchi so‘zning to‘qqizta ma’nosini keltirib, har bir ma’nosini oyatlar bilan dalillaydi.
Mazkur asarning I va II qismlarida muallif arab tili grammatikasini mukammal ishlab chiqib, uning mantiqiy davomi sifatida III qismni “Maoniy va bayon ilmlari”ga bag‘ishlagan. Mazkur ilmlar tarkibiga “Ilm al-istidlol” (“Dalil keltiruvchi ilm”), “Ilm al-bade” (“Badiiyat ilmi”), “Ilm ash-she’r”, “Ilm al-qavofi”larni ham kirg‘izgan16. “Miftahu-l-ulum” asari shuhrat topib, unga mullo kotib Chalabiyning “Kashf az-zunnun an asomi-l-kutub va-l-funun” asarida keltirishicha 70dan ortiq sharh, talhis hoshiya va ta’liqotlar yozilgan.
Boshqa manbalarda esa “Miftahu-l-ulum” asari arab tili grammatikasining asosiy manbalardan biri bo‘lib, XIII-XV yuz yilliklarning o‘zida unga 25ta sharh yozilgan, uning o‘nga yaqin muxtasar nusxalari tuzilib, XVI yuz yillikda unga ikki manzuma yozilgan degan ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Arab va ajam olimlarining ta’kidlashicha, Sakkokiy bu asarlarida badiiyat ilmi haqida ko‘p asrlik ta’limotga ilmiy yakun yasagan. Muallif asar muqaddimasida shunday deya izoh beradi: “Men o‘z kitobimga tilshunoslik fanining lug‘atshunoslikdan tashqari zarur bo‘lgan sohalarini kiritdim. Butun morfologiya, to‘liq sintaksisdan so‘ng ma’oniy va bayon ilmlarining ishlatilish doirasini aniq tushuntirib berishni zarur deb hisobladim. Ularni egallash uchun nazm va nasrni tahlil eta bilish kerakligini tushundim, ayni vaqtda, shoir aruz va qofiya ilmlari xususida fikr yuritar ekan, unda aruz 15 bahrining har bir ko‘rinishiga arab shoirlari she’rlaridan namunalar keltirib, har bir ruknga moslab misollar taqte’ini beradi. Bu esa she’rlarni vaznga to‘g‘ri solib o‘qishga yordam beradi”. “Miftahul ulum” asariga yozilgan sharhlar:
Asarga to‘la sharh yozgan olim - Mavlo Hisomuddin Xorazmiy (hijriy 710-yil).
Asarning 3-qismiga sharh yozgan olimlar ko‘p bo‘lib shulardan uchtasini keltiriladi:
Qutbuddin Mahmud ibn Mas’ud Sheroziy;
Alloma Sa’duddin Taftazoniy;
Sayyid Sharif Ali ibn Muhammad Jurjoniy;
Boshqa sharhlar:
- Muhammad ibn Muzaffaruddin Xilxoliy sharhi (hijriy 745-yil)
- Ibnush Shayx Uvayna Ali ibn Husayn Shofe’iy sharhi (hijriy 755-yil)
- Jamoluddin ibn Muhammad Sharishiy sharhi (hijriy 769-yil)
- Ibn Kamol Posho Hanafiy sharhi (hijriy 940-yil)
Imom Subkiy uning boshqa yana bir qancha sharhlarini aytib o‘tgan.
“Miftahu-l-ulum”ning muxtasarlari:
- Sakkokiy o‘zi uni muxtasar qilgan va “Tibyon” deb nomlagan (ammo, bu bizgacha yetib kelmagan).
- Badriddin ibn Molik, “Misboh fi ixtisoril miftoh” (hijriy 686-yil)
- Xatib Qazviniy, “Talxisul miftoh” (hijriy 739-yil)
- Azududdin Iyjiy, “Al-Favoidul g‘iyosiyya” (hijriy 756-yil)
- Mavlo Husan muxtasari (hijriy 990-yil)
Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdurahmon Marokashiy “Miftahu-l-ulum” asarini nazmga solib, unga o‘zi sharh ham yozgan. Sharhning nomi “Zovu’l misboh ala tarjiyzil misboh”dir.
“Miftahu-l-ulum” asarini muxtasarlari ichida Xatib Qazviniyning “Talxis”i keng tarqalgan bo‘lib, unga muallifning o‘zi va boshqa ko‘plab olimlar sharh yozishgan. Ulardan eng mashhurlaridan Alloma Saduddin Taftazoniy, Ibn Yaqub Mag‘ribiy va Tojuddin Subkiyning sharhlarini keltirishimiz mumkin.
Asar har jihatdan mukammalligi, tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalarining qamrab olinganligi bilan ahamiyatlidir. Uning sarf va nahv bo‘limi arab tilshunosligi uchun juda qimmatli sanaladi. Shu sababli asar o‘tmishda ko‘plab qo‘lyozma nusxalarda ko‘chirilib, islom olamining turli mamlakatlariga tarqatilgan. Keyinchalik ularning ayrimlari Gʻarb mamlakatlariga ham olib ketilgan. Hozirgi kunda Turkiyaning o‘zida asarning 40 dan ortiq qo‘lyozma nusxalari saqlanmoqda. Bundan tashqari Germaniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Hindiston, Misr, Iroq fondlarida ham asarning qo‘lyozmalari mavjud. Qo‘lyozmalarning aksaryati o‘rta asrlarda ko‘chirilgan.
Bu asarning bizda bitta qo‘lyozma nusxasi 7843 inventar raqam ostida FA Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Asar to‘laligicha saqlanib qolmagan, sarf va nahv qismlari yo‘q. Asarning uchinchi qismi bo‘lgan maoniy va bayon ilmlari saqlanmoqda va ular ham to‘liq emasligi ushbu qismning muqaddima qismi yo‘qligidan ham ma’lum. Mavjud qismdagi fasllarning nomlari qizil siyoh bilan ajratib yozilgan. Asar 329-varag‘idan to oxirgi varag‘i bo‘lgan 502-varag‘igacha saqlanib qolgan. Oxirgi jumla quyidagi so‘zlar bilan yakunlangan: تمت الكتاب لامر الدين يوسف بن ابي بكر بن محمد السكاكي الخوارزمي صاحب المفتاح جزاه الله تعاللى خير الدارين (Amriddin Yusuf ibn Abu Bakr ibn Muhammad Sakkokiy Xorazmiyning kitobi tugallandi. Buyuk Alloh “Miftoh” sohibini ikki dunyo yaxshiligi bilan mukofatlasin). Ko‘chirilgan sanasi va kotibning nomi qayd etilmagan.
“Miftahu-l-ulum”ning Turkiyadagi qo‘lyozma nusxalari:
Chorum Hasan Pasha xalq kutubxonasida 19 Hk 3171 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami - 18x135-130x90 mm., har bir sahifada 21 satr mavjud, 188 varaq.
Anqara Milliy kutubxonasida 60 Hk 390 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami – 210x145-110x70 mm., har bir sahifada 13 satrli, 215 varaq.
Kastamonu xalq kutubxonasida 37 Hk 277/6 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami – 208x145-140x85 mm., har sahifada 19 satrli 62-81a varaqlar.
Kastamonu xalq kutubxonasida 37 Hk 995 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami 190x140-130x95 mm., har sahifada 17 satrli, 263 varaq.
Manisa xalq kutubxonasida 45 Hk 1899 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami 275x170-200x112 mm., har sahifada 21 satrli, 256 varaq.
Manisa xalq kutubxonasida 45 Hk 1902 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami – 204x122-150x62 mm., har sahifada 17 satrli, 180 varaq.
Anqara milliy kutubxonasida 60 Hk 282 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami – 207x150-142x90 mm., har sahifada 13 satrli, 212 varaq.
Manisa xalq kutubxonasida 45 Hk 1981 inventar raqam ostida saqlanayotgan nuxsa, o‘lchami – 185x135-130x85 mm., haar sahifada 17 satrli, 130 varaq.
Manisa xalq kutubxonasida 45 Hk 6479 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami – 275x190-170x115 mm., har sahifada 19 satrli, 101 varaq.
Manisa xalq kutubxonasida 45 Ak Ze 621 inventar raqam ostida saqlanayotgan nuxsa, o‘lchami – 210x145-155x75 mm., har sahifada 19 satrli, 124 varaq.
Chorum Hasan Pasha xalq kutubxonasida 19 Hk 5523 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami – 240x170-150x100 mm., har sahifada 15 satrli, 106 varaq.
Konya yozma asarlar kutubxonasida 07 A 139 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami – 203x142-124x67 mm., har sahifada 15 satrli, 174 varaq.
Kastamonu xalq kutubxonasida 37 Hk 1979 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami – 181x142-133x105 mm., har sahifada 17 satrli, 257 varaq.
Diyorbakr xalq kutubxonasida 21 Hk 662/1 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa, o‘lchami – 230x140-135x78 mm., har sahifada 21 satrli, 1b-87b varaqlar.
Nemis sharqshunosi Karl Brokkelman “Miftahu-l-ulum”ning boshqa davlatlarda mavjud quyidagi qo‘lyozma nusxalari to‘g‘risida ma’lumot beradi:
Ispaniya, Madrid, Eskorial muzeyi arab qo‘lyozmalari bo‘limida 205; 232 inventar raqam ostidagi qo‘lyozma nusxasi.
Hindiston, Patna qo‘lyozmalar fondi:
“Miftahu-l-ulum” Qo‘lyozma, 1674 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa;
“Miftahu-l-ulum” Qo‘lyozma, 1675 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa;
“Miftahu-l-ulum” Qo‘lyozma, 1676 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxa.
Bandipur qo‘lyozmalar fondi:
“Miftahu-l-ulum” Qo‘lyozma, 20/6142; 6143; 6144 inventar raqamlar ostida saqlanayotgan nusxalari;
Rompur qo‘lyozmalar fondi:
“Miftahu-l-ulum” Qo‘lyozma, 1/568; 87; 88; 89; 90 inventar raqamlar ostida saqlanayotgan nusxalar;
Iroqdagi Mosul markaziy kutubxonasi:
“Miftahu-l-ulum” Qo‘lyozma, 184; 247 inventar raqamlar ostida saqlanayotgan nusxalari17.
Doktor Abdulhamid Hindoviy Misrdagi Dorul-kutub kutubxonsida quyidagi raqam ostidagi qo‘lyozmalarni keltiradi:
64 Balog‘a, faksimil 13272
65 Balog‘a, faksimil 15803
66 Balog‘a, faksimil 15804
276 Balog‘a, faksimil 175490
Asarning toshbosma nashrlari Kalkutta, Istanbul, Qohirada amalga oshirilgan. Asarning Bag‘dod, Qohira, Bayrutdagi zamonaviy nashrlariga 2000-yili Bayrutda chop etilgan nashri asos qilib olingan.
O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondi:
“Miftahu-l-ulum” Toshbosma 11657 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxasi;
“Miftahu-l-ulum” Toshbosma 15182 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxasi;
“Miftahu-l-ulum” Toshbosma 12369 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxasi;
“Miftahu-l-ulum” Toshbosma 5858 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxasi;
“Miftahu-l-ulum” Toshbosma 6991 inventar raqam ostida saqlanayotgan nusxasi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida “Miftahu-l-ulum”ga yozilgan quyidagi sharhlar saqlanadi:
“Miftahu-l-ulum”ning “Ma’nolar ilmi” (علم المعاني) qismiga sharh. 6016 inventar raqam ostida saqlanayotgan qo‘lyozma nuxsa. Muallif – Ali ibn Muhammad ibn Ali Sharif Hasaniy Jurjoniy (1339-1413), “Miftah sharhi” (شرح المفتاح). Mundarija asar boshida keltirilgan. Sahifa raqamlari qizil siyoh bilan yozilgan. “Miftahu-l-ulum”ni sharhlashdan oldin asar uch qismdan iborat ekanligi, ular: sarf, nahv va ma’nolar ilmi ekanligini aytgan va uchinchi qism bo‘lgan “Ma’nolar ilmi”ni sharhlayotganini ta’kidlagan. Sharh to’liq emas. Mundarijadan uning 238-varaqdagi “So‘zni go‘zal ifodalash ilmi” (علم البديع) bilan tugaganini ko‘rish mumkin. Yozilgan sanasi va xattot haqida ma’lumot uchramaydi.
“Miftahul ulum” “Ma’nolar ilmi” (علم المعاني)ga sharh. 5628 inventar raqam ostida saqlanayotgan qo‘lyozma nuxsa. Muallif – Abu Said Ma’sud ibn Umar ibn Muhammad Taftazoniy (1322-1390), “Miftahul-u-lum” sharhi” (شرح مفتاح العلوم). Sharh to‘liq holda yetib kelmagan, 1a varaqdan 176b varaqqacha saqlanib qolgan bo‘lib, yozilgan sanasi, mundarijasi, xattotning nomi yo‘q, hajman katta bo‘lib, har bir sahifasi 27 satrli.
Bundan tashqari, Karl Brokkelman asarga yozilgan quyidagi sharhlarni ham keltirib o‘tgan:
Ali ibn Muhammad ibn Dehqon Ali Abu Bakr ibn Ali Nasafiy. 1318-yili Xorazmda yozilgan bo‘lib, Britaniya kutubxonasida 297, Jazoir Markaziy kutubxonasida 197 inventar raqamlar ostida saqlanadi.
Qutbiddin Mahmud ibn Ma’sud Sheroziy. “Kalitning kaliti” (مفتاح المفتاح) deb nomlanib, Sulaymoniya kutubxonasida 898-899, Britaniya Muzeyining arab qo‘lyozmalari bo‘limida 550 inventar raqam ostida saqlanadi.
Ali ibn Umar Kotibiy. Turkiyada Sulaymoniya kutubxonasida 897 inventar raqam ostida saqlanadi.
Abdukarim Roshidiy. 1400-yili tamomlangan, Jazoir Markaziy kutubxonasida 198 inventar raqam ostida saqlanadi.
Yahyo ibn Ahmad Kashiy. Taxminan 1349-yilda yozilgan, Berlindagi Germaniya Davlat kutubxonasida 7240 inventar raqam ostida saqlanadi18.

Download 227,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish