Miftahu-l-ulum


III BOB. MIFTAHU-L-ULUM ASARIDA ARAB TILI SINTAKSISINI YORITILISHI



Download 227,27 Kb.
bet11/15
Sana12.07.2022
Hajmi227,27 Kb.
#778440
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Gulshoda Aktamova Omonxonovna 09.06.2022

III BOB. MIFTAHU-L-ULUM ASARIDA ARAB TILI SINTAKSISINI YORITILISHI
3.1. “Miftahu-l-ulum” asarida sintaktik jihatdan o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan so‘zlarning tahlili
Sakkokiy “Miftahul-ulum”ning ikkinchi qismini nahv ilmiga bag‘ishlagan. So‘zning boshqa bir so‘zlar bilan bog‘lanishidagi qoidalar, ularda sintaktik jihatdan sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar “nahv ilmi” deb atalib, u e’tibori jihatdan katta bo‘lgani bois alohida ilm sifatida shakllandi. Sakkokiy nahv ilmiga alohida to‘xtalib, o‘zgacha uslubda mavzularni tushuntirib, tartiblashtirib keltirgan. Sakkokiyning nahv ilmi borasidagi quyidagi fikrlaridan uni mavzuga o‘zgacha yondoshgani ma’lum bo‘ladi:
اعلم أن علم النحو هو أن تنحو معرفة كيفية التركيب فيما بين الكلم لتأدية أصل المعنى مطلقاً بمقاييس مستنبطة من استقراء كلام العرب ، وقوانين مبنية عليها ، ليحترز بها عن الخطأ في التركيب من حيث تلك الكيفية
“Arablarning gapidan olinadigan yakuniy to‘g‘ri xulosadan kelib chiqadigan o‘lchovlarga mos bo‘lgan holda, asl (to‘g‘ri) ma’noni ifodalash uchun gap qurilishi qanday bo‘lishini bilishga va uning qonunlarini anglashga yo‘naltirilgan ilm nahv ilmi ekanligini bilib olish kerak. Gap qurilishida amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalarda xatodan ehtiyot bo‘lish uchun ham bu ilmni bilish lozim”.
Mustafo G‘alayaniyning bu ilmga bergan ta’rifi Sakkokiynikidan qisqaligi bilan farq qiladi: “E’rob (so‘z oxiri o‘zgarishi) bugungi kunda muayyan usullar bilan “nahv”ga bog‘liq ilm bo‘lib, bu orqali arabcha so‘zlarning o‘zgarish va o‘zgarmaslik holatlari ma’lum bo‘ladi”76. Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib, nahv so‘zning gap tarkibida ishtirok etishiga doir qoidalarni o‘rganuvchi ilm ekanligini aytish mumkin. Bu ilmning asosiy maqsadi tilga xos bo‘lgan qoidalar asosida so‘zning gapdagi ishtirokini ta’minlashdir.
Sakkokiy “Miftaul-ulum” asarida sarf qismini ikki fasl uch bobga ajratgan. Birinchi bob o‘zgaruvchi so’zlar (المعرب) haqida. Bu haqida Sakkokiy shunday ta’rif bergan:
اعلم أن ليس كل كلمة معربة ، بل في الكلم ما يعرب ، وفيها ما لا يعرب ، ويسمى مبنيا . فلا بد من تمييز البعض عن البعض ، ويتعين أحدهما بتعيين الآخر ، والمبني أقرب إلى الضبط فلنعينه بتعين المعرب
Ma’nosi: Albatta hamma so‘z o‘zgaruvchan (المعرب) bo‘lavermaydi, balki o‘zgaruvchi so‘zlar ham, o‘zgarmaydigan so‘zlar ham mavjud. O‘zgarmaydigan so‘zlar o‘zgarmas (المبني) deb ataladi. Bularni bir biridan ajratish lozim. O‘zgarmas so‘zlarning oxiri tayinlangan bo‘ladi77.
Arab tilshunoslari so‘zlarni kelishikda o‘zgarishiga ko‘ra ikki guruhga: mabniy va mu’rob so‘zlarga ajratib o‘rganadilar. Agar so‘z boshqa bir so‘zga bog‘liq bo‘lsa yoki o‘zidan avval biror bir omil kelsa-yu, u o‘z kelishik ko‘rinishini o‘zgartirmasa (ya’ni so‘zning oxirgi harakati o‘zgarmasa) bunday so‘zlar mabniy deyiladi va ular umuman o‘zgarmaydigan so‘zlardir.
Turlanmaslik, ya’ni “bino” - so‘zning oxiri, undan oldin turgan omillar o‘zgarsa ham, bitta holatni o‘ziga lozim tutgan bo‘ladi. Bunday so‘zga o‘zgartiruvchi omillar ta’sir qilmaydi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek “e’rob” deb so‘zdan oldin turgan omillarning o‘zgarishi sababi bilan so‘z oxirining o‘zgarishiga aytiladi78.
Olimlarning aksariyati o‘zgarmaslik fe’l va harf so‘z turkumiga oid hodisa deb hisoblaydi. O‘zgarmaslik (المبني) turlari to‘rtta bo‘lib, bular: sukun, fatha [a], kasra [i], domma [u] hisoblanadi79. Ism, harflar turkumidagi o‘zgarmaslik ma’lum bir asosga ega hisoblanuvchi naql va sig‘ma (eshitish) asosida bo‘ladi80. Mustafo G‘alayaniy fikriga ko‘ra, o‘zgarmas so‘zlarga harf so‘z turkumining barchasi, o‘tgan zamon va buyruq fe’llari, hozirgi zamon fe’lining ta’kidni ifodalovchi “nun” va muannas ko‘plikni ifodalovchi “nun” qo‘shilgan shakllari va ba’zi ismlar kiradi81.
“Miftahu-l-ulum” asarida Sakkokiy bunga murakkabroq yondashib, boshqa olimlarda kuzatilmagan holda, sintaktik jihatdan o‘zgaruvchan so‘zlar (المعرب)dan oldin o‘zgarmaydigan (المبني) so‘zlarni o‘n to‘rt turga ajratgan.
Sintaktik jihatdan o‘zgaruvchanlikning asosiy ishtirokchisi ism va fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar bo‘lishiga qaramasdan, ularning ichida ham o‘zgarmas (المبني) so‘zlar bor. Boshqa olimlarda kuzatilmagan o‘zgachalikdan biri, Sakkokiy o‘z asarida o‘zgarmas so‘zlarni tartibli tizimlashtirgan.
Sakkokiyning fikriga ko‘ra, arab tilida o‘n to‘rtta o‘rinda bayon qilingan so‘zlar o‘zgarmas so‘zlar hisoblanadi. Bunday so‘zlar ichida munozarali o‘rinlar o‘rinlar bor. Olim bunday o‘rinlarda o‘z qarashlarini bayon etgan. O‘zgarmas so‘zlarning o‘zgarmaslik xususiyati ba’zilarida oldindan mavjud bo‘lsa, ba’zilari qo‘shimcha qo‘shillishi orqali o‘zgarmas shaklga o‘tadi. O‘zgarmaslik holati ismlarda kuzatilganda, fatha [a], kasra [i], domma [u], sukun bilan bo‘ladi. Fe’llarda kuzatilganda esa, kasra bilan o‘zgarmaslik kuzatilmaydi, balki ismlardan farqli ravishda fe’l harfning tushib qolishi orqali o‘zgarmas shaklga ega bo‘ladi.
O‘zgarmas so‘zlarni bunday batafsil yoritish boshqa olimlarda kuzatilmaydi. Bu kabi yondashuv orqali boshqa til sohiblariga ham mavzuni oson o‘zlashtirib olishga yordam beradi. Chunki arab tilida har bir harakat o‘zgarishi orqali butun bir ma’no o‘zgarib ketishi mumkin.
Sakkokiy o‘zgarmas so‘zlarni ikki qismga bo‘lganini ta’kidlab, birinchi qism 14 turga bo‘linishini aytadi:
1. Harflar. Bu so‘z turkumi morfologik tomondan ancha sodda bo‘lishi uning boshqa turkumlardan hosil qilinmaganidan deya ta’riflash mumkin. Sintaktikada uning vazifasi o‘zidan keyingi so‘z bilan bog‘lanishda namoyon bo‘ladi. Bu xususiyat ism va fe’llardan farq qilmaydi. Sintaktik vazifasiga ko‘ra harf ism va fe’l so‘z turkumiga bog‘lanadi va bog‘lanish jarayonida har ikkala turkumda sintaktik o‘zgarish sodir bo‘ladi. Shuningdek, harf semantik jihatdan ko‘p vazifani bajaruvchi bo‘lib, konteksga ko‘ra turli ma’nolarni ifodalab keladi.
2. So‘zlashuvda qo‘llaniladigan tovushlar, ularni harf deb bo‘lmaydi: حس وبس وري ووا وأخ وبخ ومض وغيط ونخ وتخ وهيخ وايخ ، و ظيخ وشيب وماء وغاق وخاز باز وطاق وطق وقب
3. O‘tgan zamondagi fe’llar (الفعل الماضي) va buyruq fe’llar (الفعل الأمر):
4. Ismi fe’l.
رويد زيدا - Zaydni sekinlat, رويدك – sekinla, هلم - kel, هات – ber (Sakkokiy fikricha, bu ikki so‘z ismi fe’l emas va bu haqida keyinroq to‘xtalishi aytilgan), هاء – ol, دونك زيدا – mana senga zayd.
5. Olmosh
6. Ismi ishora (ko‘rsatish olmoshlari), ذا – muzakkar birlik uchun, ذان va ذين muzakkar ikkilik uchun raf, nasb va jar holatlari uchun, muannas birlik uchun تا va تي va تهي va ته va ذي va ذه va ذهي deyiladi. Bu barchasi muannas birlik uchundir. Muannas birlik uchun asl olmosh تا deyishgan. Ba’zilar ذي muzakkarning barobarida. ذا muzakkar va ذي muannas uchun deyilgan. Ba’zilar ikkalasini ham asl deb, تي deyishgan. ا ni يا ga qalb qilinganidan so‘ng ته va ذه deyiladi.
Muannas ikkilik uchun raf holatda تان nasb va jar holat uchun تين dir. Muzakkar va muanas ko‘plik uchun اولاء . Ushbu ishora ismlarga tanbeh harf (ها) qo‘shiladi. هاولاء، هذين، هذان، هذا – muzakkar birlik, ikkilik va ko‘plik uchun. هاولاء، هتين، هنان، هذه –muannas birlik, ikkilik va ko‘plik uchun. Ismi ishoralar (ko‘rsatish olmoshi)dan faqat birlik shakli mabniy bo‘ladi.
Ismi mavsula (nisbiy olmoshlar) لذي muzakkarning birligi uchun التي muannasning birligi uchun, واللذان muzakkar ikkiligi uchun, اللتان muannas tasniyasi uchundir. Bular raf holatidadir. Nasb va jar holatida esa (ي) bilan واللذين va واللتين bo‘ladi. العلى والالى vaznida muzakkar hamda muannas uchun, الذينmuzakar jam’i uchun, واللائي hamza va (ي) bilan واللاء faqat maqsura hamza bilan, واللاي faqat (ي) bilandir. Bular muzakkar muannas bilan bo‘ladi. Lekin muannasi mashhurroqdir. واللاتي va اللواتي muannas jam’i uchun واللوات ham kelgan (ي) hazfi va تا ni kasri bilan. ما esa الذي ma’nosida ko‘pincha aqlsiz narsalar uchun ishlatiladi. Masalan: علمت ما علمته kabi. Gohida aqlli narsalar uchun ham ishlatiladi. Masalan: من – والسماء وما بناها kalimasi ham الذي ma’nosidadir. Lekin ما ni aksiga ko‘pincha aqlli zotlar uchun ishlatiladi. Bu ikki kalima lafzda mufrad bo‘lsada mufrad, tasniya va jam’ hamda tazkir va ta’nisni hammasiga shomildir. اي kalimasi ham الذي اية - اضرب الذي في الدار , ya’niاضرب أيهم في الدار ma’nosidadir. Masalan, kalimasi esa التي ma’nosidadir. Ismi mavsula (nisbiy olmosh)lardan ham faqat birlik shakli mabniy bo‘ladi.
7. Murakkabotlar (ikki ismni qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan so‘zlar) – bunga ba’zi sonlar kiradi. O‘n birdan, o‘n to‘qqizgacha bo‘lgan sanoq sonlar fatha [a] bilan o‘zgarmas bo‘ladi: أحد عشر، خمسة عشر
8. Gapda ishni g‘oyatda bo‘rttirib aytilgan so‘zlar: أتيتك من قبلك aslida من قبل ذلك
9. So‘roq ma’nosini bildiruvchi so‘zlar: ما, متى. Faqat أي bundan mustasno. حيص بيص va كفة كفة va صحرة بحرة va بين بين kabi so‘zlar ham mabniy hisoblanadi
10. فعال vaznidagi so‘zlar ham buyruq ma’nosida kelsa mabniy hisoblanadi: حذار – ehtiyot bo‘l, تراك – tark qil kabilar.
11. Mutakallim y harfi qo‘shilib kelgan ismlar, masalan: كتابي , shuningdek zamonni anglatuvchi ism, jumlalarga qo‘shilib kelsa: يرم فعل yoki إلى إذ - يومئذ
12. Birlik aniq holatdagi so‘z undalma bo‘lganda mabniy bo‘ladi: يا زيد
13. لا inkor yuklamasining egasi mabniy bo‘ladi: لا رجل
14. Kelasi zamon fe’lida ko‘plik muannaslik nuni (نون جماعة النساء) , yoki ta’kid nuni (نون التوكيد): يضربن و ليضربن
Mabniy so‘zlarning ikkinchi qismi: إذا و إذ و الان و امس و قط وفيه kabi ba’zi so‘zlar.
Ba’zi so‘zlar uchta harakatga mabniy bo‘ladi:حَيثُ، حَيثَ، حيثِ. Bu so‘zlar fatha [a], domma [u], kasra [i]ga mabniy. Ba’zi so‘zlar esa ikki harakatga mabniy bo‘ladi: عوضَ، عوضُ. Bu so‘zlar domma [u] bilan fatha [a]ga mabniy.
Sintaktik jarayon natijasida so‘zning oxirida o‘zgarish sodir bo‘ladigan so‘zlar o‘zgaradigan so‘zlar (المعرب) deyiladi. O‘zgarish hodisasi “e’rob” (إعراب) deyiladi. U ikki turga bo‘linadi: birinchi turga ismlar kiradi. Ismlar orqali o‘zgarish hodisasi: arab tilida uchta kelishik mavjud. Bular bosh kelishik – “raf” (الرفع), tushum kelishigi – “nasb” (النصب), qaratqich kelishigi – “jar” (الجر). Kelishiklar o‘z qo‘shimchalariga ega va bu ismlarni gapdagi vazifasiga ko‘ra o‘zgaradi. Ikkinchi turiga fe’l kiradi. Fe’llar orqali o‘zgarish hodisasi “raf” (الرفع), “nasb” (النصب), “jazm” (الجزم) bilan bo‘ladi.
Turlanadigan so‘zning oxiri raf’- العلمُ نافع (bosh kelishik), nasb – رأيت العلمَ نافعا (tushum kelishigi), jarr – إشتغلت بالعلمِ النافعِ (qaratqich kelishigi) haraklatlari bilan o‘zgaradi. Yuqoridagi misollarga e’tibor beradigan bo‘lsak, turlanadigan ismlar oldidan turli xil ta’sir qiluvchi omillar kelishi bilan ularning harakatlari o‘zgarib bordi. Turlanadigan fe’lning oxiri raf’ يكتب ُ (darak mayli), nasb يكتب َ لن ْ ْ (istak mayli) va shart mayli يكتب ْ لم ya’ni sukun harakatlari bilan harakatlanishi mumkin.82
Bundan bizga ma’lum bo‘ldiki, raf’ (bosh kelishik) va nasb (tushum kelishik) harakatlari ismda ham fe’lda ham bo‘ladi, lekin shart mayli (sukun) faqat turlanadigan fe’lga xos bo‘lsa, jarr (qaratqich kelishigi) esa faqat turlanadigan ismga xos bo‘ladi83.
Bu haqda rus arabshunos olimi V. Girgas shunday yozgan: Fleksiya – e’rob deganda so‘zlarning oxirgi bo‘g‘in unlisining o‘zgarishi tushuniladi. Ismlardagi bu o‘zgarish uning kelishigini, fe’llardagi (hozirgi zamon) o‘zgarish esa uning maylini ifodalaydi, ya’ni raf’ – ismlarda bosh kelishikni, fe’llarda darak maylini; nasb – ismlarda tushum kelishigini, fe’llarada istak maylini; jarr – ismlarda qaratqich kelishigini bildirsa, jazm – fe’llarda shart maylining ko‘rsatgichi hisoblanadi. Fleksiya haqidagi ilm arab grammatik tizimining originalligini ta’kidlaydi84.
Turlanadigan ismlarning belgilari harakat, harf yoki hazf qilish (ya’ni tushurib qoldirish) bilan ifodalanadi. Harflar uchta bo‘lib, ular: domma, fatha va kasradir. Turlanishni ifodalovchi harflar esa to‘rttadir. Ular: alif (ا), nun (ن), vov (و), ya (ي).
Bosh kelishikning 3ta alomati bor: domma [u] – الغرفةُ منيرة, vov (muzakkar to‘g‘ri ko‘plik uchun) – المعلمون مجتهدون, nun (ن) (ikkilikdagi so‘zlar uchun) – الغرفتان منيرتان
Tushum kelishigining to‘rtta alomati bor: fatha [a] – رأيت الصديقَ, alif (ا) – أعط ذا الحق حقه, ya (ي), kasra [i] – رأيت المعلماتِ. Qaratqich kelishigining uchta alomati bor: kasra [i] – كتبت بالقلمِ, ya (ي) – سلمت أبيك, fatha [a].
Jazmning uchta alomati bor: sukun (ْ), so‘z oxirini ng tushib qolishi (حذف الآخر), nun harfining tushib qolishi (حذف النون).
Sakkokiy mu’rab – fleksiya bo‘yicha o‘zgaradigan so‘zlarga shunday deya ta’rif bergan: mu’rab so‘zlar ikki turga bo‘linadi, uch kelishikda turlanadigan ismlar (منصرف), ikki kelishikda turlanadigan ismlar (غير منصرف)85.
Omillar o‘zgarishi sababli so‘zlarning oxiri dommali, fathali yoki kasrali bo‘lishi mumkin va bu munsarif so‘zlar deb nomlanadi. Bunday yuz beradigan o‘zgarish mu’rab ya’ni turlanish deb nomlanadi. Masalan: جاءنى زيد – Menikiga Zayd keldi. Bu jumlada Zayd so‘zi kelishikda o‘zgaruvchi so‘z hisoblanadi. Uning kelishik ko‘rsatkichi domma ya’ni bosh kelishik bo‘lib, bu uning e’robdagi o‘rniga ishora qiladi. "جاء" fe’li esa bu so‘zni raf’ holati – bosh kelishikda turishiga sabab bo‘luvchi omildir. رأيت زيدًا – “Zaydni ko‘rdim” hamda مررت بزيدٍ – “Zaydning oldidan o‘tdim” jumlalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ularning birinchisida رأيت – “ko‘rdim” fe’li o‘timli bo‘lganligi uchun “Zayd” nasb holati – tushum kelishigida kelgan bo‘lsa, ikkinchi jumlada esa ب old ko‘makchisi ta’sirida jar- qaratqich kelishigida turibdi86. Ko‘rinib turibdiki, olim bu yerda uch kelishikli so‘zlarni yoritib o‘tgan va ularni kelishiklarda turlanishiga qanday omil bo‘lganini ham ko‘rsatib bergan.
“Miftahu-l-ulum” asarida ikki kelishikli ismlar quyidagicha bayon qilingan: yana shunday ismlar ham borki, ular "ال" artikli bo‘lmagan holda tanvin dammaga emas, dammaning o‘zi bilan tugaydi. Ularning qaratqich kelishigi shakli tushum kelishigidagi bilan bir xilda, ya’ni fatha bilan ifodalanadi. Bunday ismlar esa “g‘oyru munsarif – ikki kelishikli” deyiladi 87. Masalan:
جاء عمرُ، رأيتُ عمرَ ، مررتُ بعمرَ
Ikkilik va to‘g‘ri ko‘plikdagi so‘zlar ham ikki kelishikli hisoblanadi. Chunki ularning qaratqich va tushum kelishigi shakllari o‘xshash bo‘ladi. Masalan:
Musulmonlar keldilar. جاء مسلمونَ
Musulmonlarni ko‘rdim. رأيتُ مسلمينَ
Musulmonlarning yonidan o‘tdim88. مررتُ بمسلمينَ
Sintaktik jihatdan o‘zgaruvchan so‘zlar (المعرب)ning o‘zgarishi (e’roblanishi) ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchisi o‘zidan oldingi tobe bo‘lib kelayotgan so‘zning kelishigiga qarab o‘zgaradi. Ular tobe so‘zlar deyiladi. Ular besh turga bo‘linadi:
1. Sifat (الصفة). Sifat sifatlanmishning holati, kelishigi, soni, jinsi qanday bo‘lishiga qarab o‘zgaradi. Chunki sifat sifatlanmishga tobe hisoblanadi: الغرفة المنيرة
2. Bog‘lovchi orqali bog‘lanib, (المعطوف بالحرف) uyushib kelgan so‘zlarda birinchi kelgan so‘z qaysi kelishikda bo‘lsa, qolganlari ham shunga moslashadi. Bunga quyidagi bog‘lovchilar kiradi:و، فَ، ثُمَّ، أَوْ، أَمْ، لَكِنْ، لَا، بَلْ
Masalan:
Qalam va siyohdon sindi. انكسر القلمُ و الدواةُ -
Qalam sindi keyin siyohdon sindi. انكسر القلمُ، ثُمَّ الدواةُ -
Qalam yoki siyohdon sindi. انكسر القلمُ، أَوِ الدواةُ -
Qalam sindi siyohdon sinmadi. انكسر القلمُ، لا الدواةُ -
Qalam yoki siyohdon sindi. انكسر القلمُ، أَمِ الدواةُ -
Qalam sindi, balki siyohdon89 انكسر القلمُ، بل الدواة ُ -
3. Ta’kid (التوكيد) so‘zlari ham kelishik jihatdan ta’kidlanayotgan so‘zga tobe bo‘ladi. Bu so‘zlarga quyidagilar kiradi: نفسه، عينه، كُلُّ، جميعُ
Amirning o‘zi keldi . جاء الاميرُ نفسُهُ أو عينُهُ
Qo‘shinning barchasi yurdi90 سار الجيشُ كلُهُ أو جميعُه
4. Badal (البدل) — bir so’z ifodalanib, ortidan boshqa maqsad qilingan, birinchi so’zni aniqlashtirib kelgan so’zning qo’llanilishi. Bunday birikmada ikki qism bo‘ladi: izohlab kelayotgan ikkinchi so’z badal (البدل), izohlanib kelayotgan so’z esa mubdal minhu (المبدل منه) deyiladi. Bu o‘zbek tilidagi izohlovchiga mos keladi: قال الأُستاذُ أَحمد
So‘zlarning sintaktik jihatdan o‘zgarish (e’roblanish) o‘rinlarining ikkinchi turi 19 turga bo‘linadi;
Olti o‘rinda ismlar bosh kelishik (raf’)da keladi: الفاعل، نائب الفاعل، خبر لإن و أخواتها، اسم كان و أخواتها، مبتدأ و خبر
O‘n bir o‘rinda ism tushum kelishigi (nasb)da keladi: مفعول به، مفعول فيه، مفعول مطلق،مفعول له، الواو معي، استثناء، حال، تمييز، خبر كان و اخواتها، اسم إنَّ و أخواتها
Ikki o‘rinda ism qaratqich (jarr)da keladi: مضاف اليه، مجرور بحرف الجر
Asl bosh kelishikdagi so‘z – bu فاعل (fe’liy jumlaning egasi). U ham ikki xildir:
ضرب زيد jumlasidagi kabi aniq ko‘ringan holatda.
ضربتُ ، زيد ضرب jumlasidagi kabi shaxs son qo‘shimchasi holatida.
Asliga o‘xshash bosh kelishikdagi so‘zlar besh xildir:
Ismiy jumlaning egasi (مبتدأ) va kesimi (خبر) bosh kelishikda keladi. Ismiy jumlaning egasi aniq holatda bo‘lishi kerak. Ammo noaniq holatda ham kelishi mumkin:
شرٌّ أهَرَّ ذا نابٍ
Ismiy jumlaning kesimi (خبر) bosh kelishikda keladi va u noaniq holatda kelishi kerak. Ammo ega va kesim ikkisi (bir paytda) aniq holatda kelishi mumkin:
الله إلهنا Alloh bizning ilohimizdir.
محمد نبيّنا Muhammad bizning nabiyimiz
Ismiy jumlada kesim 2 turga bo‘linadi:
Birinchisi, (so‘zdan iborat bo‘lgan) birlik.
زيد غلامك. Zayd sening g‘uloming
Ikkinchisi, butun boshli jumla. Kesim vazifasida keluvchi jumla to‘rt xildir:
Fe’liy jumla:
زيدٌ ذهب أبوه.
Zaydning otasi bordi
Ismiy jumla:
عمرو أخوه ذاهب. Amrning akasi borayapti
Shart ergash gap:
زيدٌ إن يكرمْنِي أكرمْهُ. Agar Zayd meni ikrom etsa, men ham uni ikrom etaman.
Hol ergash gap91:
. Xolid sening oldingda خالد أمامك
Bashr oliyjanoblardan بشرٌ من الكرام.
Ismiy jumlada kesim egadan oldinga o‘tkazilishi mumkin:
منطلقٌ زيدٌ. Zayd ketgan
Shuningdek, ikkisidan biri tushirib qoldirilishi ham mumkin:
فصبرٌ جميلٌ Endi chiroyli sabr(dan boshqa choram yo‘q)
كان و اخواتها” turkumiga kiruvchi yordamchi fe’llar ismiy jumlani tarkibida kelganda, bu jumlaning egasi bosh kelishikda keladi.
كان زيدٌ منطلقاً.Zayd ketgan edi.
"إن و أخواتها" turkumiga kiruvchi harflar ismiy jumlaning tarkibida kelganda, bu jumlaning kesimi bosh kelishikda keladi.
إن زيدًا منطلقٌ. Haqiqatdan Zayd ketgan.
Turdosh otlarni inkor qiluvchi لا yuklamasining kesimi bosh kelishikda keladi92.
لا رجلَ أفضلُ منك.Sendan afzalroq kishi yo‘q.
Ismning bosh kelishik o‘rinlaridan birinchisi foil (الفاعل) (ish harakat bajaruvchisi).
عرف زيد – Zayd bildi. Bu jumla fe’liy jumladir. Unda fe’l va foil ishtirok etadi.
زيد عارف – bu jumla ismiy jumla. Ismiy jumlada ega (mubtado) va kesim (xabar) bo‘ladi.
Tushum kelishikdagi so‘zlarning turi ikki xildir: asl va aslga o‘xshash.
Asl tushum kelishikdagi so‘z – bu مفعول – maf’ul (to‘ldiruvchi). Uning olti xil turi bor:
المفعول مطلق – almaf’ul al-mutlaq – mutloq masdar.
ضربتُ ضرْبًا.Qattiq urdim.
المفعول به – almaf’ul bihi – vositasiz to‘ldiruvchi.
ضربتُ زيدًا.Zaydni urdim.
المنادى – al-munada – undalma. Bunda undalmaning المنادى المضاف va المنادى المضارع va المنادى النكرة turlari nazarda tutilgan.
يا عبدَ اللهEy Abdulloh.
يا خيرًا من زيدِ.Ey Zayddan yaxshiroq(kimsa).
يا راكبًا.Ey minib olgan(inson).
المفعول فيه- al-maf’ul fihi. U ظرف الزمان (payt holi?) va ظرف المكان (o‘rin holi) dir.
أتيتُ اليومَ.Bugun keldim.
أتيتُ ذاتَ ليلةٍ.Kechasi keldim.
قمتُ أمامَك.Oldingda turdim.
المفعول معه – al-maf’ul ma’ahu (birgalik to‘ldiruvchisi).
ما صنعت وأباك وما شأنك وزيدا.
المفعول له – almaf’ul lahu (sabab maqsad holi).
ضربته تأديبا له.Unga odob berish bo‘lsin deb uni urdim.
جئتك للسمن. Sening oldinga bedanalar uchun keldim.
Asliga o‘xshash tushum kelishikdagi so‘zlar yetti xildir93:
الحال – al-hal – hol. Hol fe’liy jumlada ega yoki vositasiz to‘ldiruvchining holatini bayon qiladi.
ضربت زيدا قائما.Zaydni turgan holida urdim.
Hol noaniq holatda kelishi kerak. Holati bayon qilinayotgan gap bo‘lagi esa aniq holatda kelishi kerak. Ammo hol oldinga chiqadigan bo‘lsa, holati bayon qilinayotgan gap bo‘lagi noaniq holatda kelishi mumkin.
جاءنى راكبا رجل.Meni oldimga mingan holda bir kishi keldi.
التمييز – at-tamyiz (cheklov). Cheklov gapdagi yoki so‘zdagi mavhumlikni ketkazadi.
طاب زيد نفسا.Zaydning nafsi poklandi.
عندى راقود خلا.Menda sirka to‘ldirilgan ko‘za bor.
المستثنى ب" إلّا " – al-mustasna illa – إلّا yuklamasi bilan istisno qilingan so‘z. Bo‘lishli gapdan keyin yoki bo‘lishsiz gapdan keyin kelgan istisno qilinayotgan so‘z.
جاءنى القوم إلا زيدا.Mening oldimga Zayddan boshqa butun qavm keldi .
ما جاءنى أحد إلا زيدا.Mening oldimga Zayddan boshqa hech kim kelmadi.
Istisno so‘z oldinga o‘tishi ham mumkin.
ما جاءنى إلا زيدا أحد. Mening oldimga Zayddan boshqa hech kim kelmadi.
كان و اخواتها” turkumiga kiruvchi yordamchi fe’llar ismiy jumlani tarkibida kelganda, bu jumlaning kesimi tushum kelishigida keladi.
كان زيدٌ منطلقاً.Zayd ketgan edi.
"إن و أخواتها" turkumiga kiruvchi harflar ismiy jumlaning tarkibida kelganda, bu jumlaning egasi tushum kelishigida keladi.
إن زيدًا منطلقٌ.Haqiqatdan, Zayd ketgan.
Turdosh otlarni inkor qiluvchi لا yuklamasining ismi tushum kelishigida keladi.
لا خيرا منك عندنا.Bizning huzurimizda sendan yaxshirog‘i yo‘q.
ليس ma’nosidagi لا va ما yuklamalarining kesimi tushum kelishigida keladi.
ما زيدٌ منطلقاً.Zayd ketmagan.
Qaratqich kelishigidagi so‘zlarning turi ikki xildir:
مجرور بالإضافة (muzof ilayhi).
غلام زيدٍZaydning g‘ulomi
مجرور بحرف الجر (predlog bog‘lanib kelgan so‘z)
مررت بزيد .Zayd bilan yurdim.
Maxmud Zamaxshariyning ta’kidlashicha, izofa ikki xil bo‘ladi: ma’naviy va lafziy94.
Ma’naviy izofa – ل va من predloglari ma’nosidagi izofadir. Ya’ni qarashlilikni bildiradi.
غلام زيدZaydning g‘ulomi
خاتم فضةKumush uzuk
Lafziy izofa – اسم فاعل ya’ni aniq darajadagi sifatdoshning مفعولya’ni to‘ldiruvchisiga muzof bo‘lishi.
ضارب زيدZaydni uruvchi
Yoki sifatning فاعل ga muzof bo‘lishi.
حسن الوجهchiroyli yuzli

Download 227,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish