Microsoft Word yoshlik davri va uning oziga xos psixologik xususiyatlari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana21.02.2022
Hajmi0,68 Mb.
#61630
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
yoshlik davri va uning oziga xos psixologik xususiyatlari

3.2. O‘zligini anglash mezonlari 
YOshlar shaxsining har tomonlama kamol topishida aqliy 
faoliyatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlardan tashqari, ularning hissiyotlari, 
iroda va shaxslaridagi o‘ziga xos individual xususiyatlarning roli ham 
nihoyatda kattadir.
YOshlardagi o‘zini anglash turmush, o‘qish, mehnat va sport 
faoliyatlari taqozosi bilan namoyon bo‘ladi. O‘quv dargohidagi 
odatlanilmagan vaziyatning, shaxslararo munosabat va muloqot ko‘lamining 
kengayishi o‘zining aqliy, ahloqiy, irodaviy his-tuyg‘ularining 
xususiyatlarini oqilona baholash, qo‘yilayotgan talablarga javob tariqasida 
yondoshish o‘zini anglashni tezlashtiradi. Ular avval, o‘zlarining kuchli va 
zaif tomonlarini, yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib 
qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, o‘z shaxsiy 
fazilatini, xulq-atvorini, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatini taxlil qilish, 
qiyosiy baholash mayli kuchayadi. O‘spirin o‘smirga qaraganda o‘z 
ma’naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini to‘laroq tasavvur eta olsa ham, 
ularni oqilona baholashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Natijada u o‘z 
xususiyatlariga ortiqcha baho berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish 
illatiga duchor bo‘ladi, o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga g‘ayritabiiy 
munosabatda bo‘la boshlaydi, ayrim o‘spirinlar esa, o‘z xatti –harakatlari, 
aqliy imkoniyatlariga past baho beradilar.
O‘z-o‘zini anglash. O‘zining psixik xususiyatlarini anglash va o‘z-o‘zini 
baholash yoshlar va o‘spirinlarda yanada katta ahamiyat kasb etadi. YOshlar va 
o‘spirinlar hayotda o‘z o‘rnini topishga kirishishadi – shaxs xususiyatlari aktiv 
shakllanadi. YOshlar o‘zlarini anglashdek murakkab muammoni yol\iz emas, 
ota-ona, tengdoshlar, o‘qituvchilar bilan muloqotda, ularning qo‘llab-
quvvatlashlari ostida hal qiladi. 
YOshlarda o‘zini anglash negizida o‘zini o‘zi tarbiyalash istagi 
tug‘iladi va bu ishning vositalarini topish, ularni kundalik turmushga tadbiq 
qilish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin o‘zlarining o‘zini o‘zi tarbiyalash 


55 
psixologiyasidagi mavjud nuqsonlarga barham berish, ijobiy xislatlarni 
shakllantirish bilan kifoyalanib qolmay, ularni kattalarga xos ko‘p qirrali 
umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Emotsional, axloqiy qadriyatlar, yo‘l topish sohasida o‘spirinlar o‘z 
huquqlari va mustaqilligini himoya qiladilar. Ba’zan ular faqat originallikka 
da’vogarlik uchungina ataylab qo‘rslik qilishadi. Aslida ota-ona ta’siri 
ustunligicha qolaverdi. Avlodlar o‘rtasidagi farq moda, did, ko‘ngil ochish 
usullari kabi nisbatan yuzaki masalalarda juda sezilarlidir. Lekin ancha teran 
masalalar – siyosiy qarashlar, dunyoqarash, kasb tanlashda ota-ona mavqei 
ahamiyatliroq bo‘ladi va, odatda, tengdosh-o‘rtoqlar ta’si-ridan ustunlik qiladi.
YOshlarda murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, 
vijdon hissi, o‘z qadr –qimmatini e’zozlash, sezish va fahmlashga 
moyillikdir. Masalan, o‘spirin yigit va qiz sezgirlik deganda nozik, nafis 
holatlarning farqiga borish, zaruratni tez anglash, xolisona yordam 
uyushtirishni shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni 
tushunadi. O‘spirin o‘zining ezgu niyatini baholashga jamoada o‘z o‘rnini 
belgilash nuqtai nazaridan yondoshadi, chunonchi, “O‘zim tanlagan 
mutaxassislikka yaroqlimanmi?” “Jonajon respublikam, ota-onamga
munosib farzand bo‘la olamanmi?” “Jamiyatning taraqqiyotiga o‘z 
ulushimni qo‘sha olamanmi?” degan savollarga javob qidiradi. O‘qituvchi 
unga juda ustalik, ziyraklik bilan yordam berishi, har bir muloxazasida 
pedagogik – psixologik nazokatga rioya qilishi kerak, shunda o‘spirin yigit- 
qizlarda o‘z kuchiga va imkoniyatiga ishonch hissi paydo bo‘ladi.
Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini 
tasavvur qilishidan hosil bo‘lgan obraz - «Men» - obrazi deb atalib, uning 
qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining 
mezonlaridan hisoblanadi. 
«Men» - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs 
tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu 
nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari 


56 
to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. 
Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini kanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur 
qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik 
kam bo‘ladi, Ya’ni u tarbiyalangan bo‘ladi. 
O‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni 
ko‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, Ya’ni, inson tabiati 
shundayki, u o‘zidagi o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, nohmaqul 
sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday 
tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga sikib chiqariladi (avstriyalik olim Z. 
Freyd nazariyasiga ko‘ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir
shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday 
himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy 
kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Men» - 
obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o‘sha shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit, 
o‘zgalar va ularning munosabati katta rol o‘ynaydi. Odam o‘zgalarga qarab, 
guyoki oynada o‘zini ko‘rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish