Smolalar miqdorini aniqiash. Smolalarni aniqiash uchun
laboratoriyada ko‘z tomizg‘ichi yordamida 1 ml benzin sferik
shishaga quyiladi va kuydiriladi. Ular yongandan so‘ng sariq yoki
jigarrang halqali dog‘lar qoladi. Yonilg‘ida smolalar qancha ko‘p
bo‘lsa, qoldiq rangi to‘q va dog‘ diametri shuncha katta bo‘ladi.
Dog‘ kattaligiga qarab smolali birikmaning taxminiy miqdorini
aniqlash mumkin:
Dog‘ diametri, mm 6 8 10 12 14 16 18 20 22 24
Smolalar miqdori,
mg/100ml 4 11 20 32 43 56 70 85 102 120
Benzinning smolali moddalar to‘planishiga moyilligi (barqa-
rorligi) induksion davr bilan baholanadi. Bu davr benzinning
tashish, saqlash va undan foydalanish sharoitlari to‘g‘ri bo‘lganda
o‘z tarkibini o‘zgartirmasdan saqlash xususiyatini belgilaydi.
Saqlanib turgan benzinning induksion davrini aniqlash juda uzoq
jarayon bo‘lganligi uchun laboratoriya sharoitida tezkor oksidlash
usulidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatgich laboratoriya qurilmasida
(2.13-rasm) benzinni sun’iy ravishda oksidlab aniqlanadi. Jarayon
germetik idishda 100°C haroratda, 0,7 MPa yoki 7 atm. bosimda
quruq va toza kislorod yuborilib bajariladi.
Yonilg‘ining kislorod bilan o‘zaro ta’sirga kirisha boshlan-
ganini idishdagi bosim pasaygandan bilsa bo‘ladi. Induksion davr
benzin oksidlana boshlangan vaqtdan kislorodni aktiv yuta boshla-
guncha o‘tgan vaqtdir. Bu vaqt minutda o‘lchanadi. Kimyoviy
beqaror benzinlar dvigatel detallarida cho‘kindi quyqalar hosil
qiladi.
72
2.13 -rasm. Benzinning induksion davrini aniqlash asbobi:
1–kislorod berish trubasi; 2–benzin solingan stakan;
3–suv; 4–elektrli isitgich; 5–monometr.
Тurli markadagi benzinlar uchun bu qiymat 600–900 minutga,
sifat belgisi berilgan benzinlar uchun 1200 minutga teng. Hozirgi
zamon benzin markalari uchun induksion davr kamida 900 minut-
ga teng. Тekshirishlar bunday benzinning 1–1,5 yil mobaynida
saqlash mumkinligini, bunda sifati sezilarli darajada o’zgarmas-
ligini ko‘rsatadi.
Benzinga aralashgan oltingugurt dvigatel detallarining yeyili-
shini tezlashtiradi, masalan, benzin tarkibidagi oltingugurt miqdori
0,003 dan 0,1% ga yetsa, detallarning yeyilishi 2,7 baravar,
oltingugurt miqdori 0,2% ni tashkil etganda esa deyarli to‘rt
baravar ortadi, shuningdek, ularni qurum bosishi ham zo‘rayadi,
bu esa benzindagi smolali moddalar miqdoriga bog‘liq. Davlat
sifat belgisi qo‘yilgan Ai-98 markali benzinda oltingugurt va
smolali moddalar miqdori 0,05%ni, A-72 markali benzinda esa
0,12% ni tashkil etadi. Boshqa markali benzinlarning hammasida
oltingugurt 0,1% dan oshmaydi (2.14-rasm).
73
2.14-rasm. Benzinni saqlash mobaynida
Do'stlaringiz bilan baham: |