Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
154
hukumat ma'lum ma'noda vahhobiylik aqidalarini qabul qiladi, ammo ba'zi o‘rinlarda 
pragmatik yo‘l tutadi, ya'ni sudanliklarning aksariyati tasavvuf birodarligiga mansub 
bo‘lgani va vahhobiylikni o‘zlarining diniy hissiyotini tahqirlaydi, deb hisoblagani uchun 
chorak millionga yaqin qattiqqo‘l vahhobiylarga qarshi turadi. Shunday vahhobiylardan 
biri bo‘lgan saudiyalik millioner Usama bin Laden bu mamlakatdan Afg‘onistonga jo‘nab 
ketadi.
1994 yilning 3 fevral kuni Sudanda ro‘y bergan voqea vahhobiylikning eng nekbin 
dindorlari ishonchiga ham putur yetkazdi. Omdurmandagi As-Savra masjididagi juma 
namozi vaqtida to‘rt kishi avtomatdan o‘t ochib, 16 namozxonni otib tashladi. So‘ngra 
odamlar Usama bin Ladenning uyiga hujum qiladi. Bin Ladenning qo‘riqchilari ikki kishini 
o‘ldiradi, yana ikki kishi tutib olinadi, ularni Sudan islom sudi o‘limga mahkum qiladi. 
O'sha hukm qilingan kishilar o‘zlarini himoya qilish maqsadida odamlar namoz 
o‘qiyotgan paytda qirg‘in qilinganini, qurolli kishilarning maqsadi Sudanni "butparastlik 
yig‘inlari va shaytonning birodarlari"dan tozalash edi.
Qizig‘i shundaki, hakam to‘g‘ri qayd etganiday, o‘sha qurolli kishilarning vahhobiylik 
oqimi yo‘liga kirgan Ansor as-Sunnat sektasi masjidiga bostirib kirishiga sabab ularni 
yetarli darajada vahhobiy emas deb bilganidir. Bunday din sofligi uchun kurashuvchilar 
fikricha, faqat bir hovuch sudanliklargina haqiqiy musulmonlardir, qolganlarni esa qirib 
tashlash kerak.
Garchi bebosh vahhobiylarning qurboni sudanlik arablar emas, Isroil yahudiylari bo‘lsa-
da, Falastindagi vaziyat ham shunga o‘xshab ketadi. Bunday fojialar xususida yetarli 
darajada xabar berildi. Falastin yoki uning o‘rnida qolgan yerda aholining qishloq 
joylardan arab dunyosining turli joylaridagidek, yangi xorijiylik harakati uchun qulay 
zamin hozirlangan shaharga ko‘chishi 1948 yili falastinliklarining o‘z uyidan zo‘rlik bilan 
haydab chiqarilishiga olib keldi. Gaza nohiyasi, G'arbiy qirg‘oq va Livandagi ulkan 
qochqinlar lagerlarida dinning eski shakllari yo‘qolib ketgani uning ekstremistik 
shakllariga unumdor zamin hozirlab bermoqda. Ayni paytda "Hamas"ning yetakchi kuchi 
bo‘lgan "Falastin islom harakati"ning terrorchilik harakatlariga bevosita daxli yo‘q, uning 
"Izz ad-din al-Qussam" fraktsiyasigina terrorchi guruh deb hisoblanadi. Vahhobiylikdan 
ulgi olgan bu fraktsiyaga Saudiya Arabistonida ta'lim olgan bir kishi rahbarlik qiladi va 
o‘tgan yili o‘zining Oslo bitimiga qarshi ekanini bildirib qo‘yish uchun terroristik 
bombalarni portlatishdan ham tap tortmadi. Ularning kimligini o‘zlari borib turgan 
masjidlarning nomi ham aniq ko‘rsatib beradi: masalan, Ibn Taymiya nomli masjid 
vahhobiylar ta'limotini qabul qilgan o‘rta asrlarda yashagan olim nomi bilan ataladi. Bu 
masjidga kelib turuvchilar orasidan bir necha xudkush bomba portlatuvchi yetishib 
chiqdi.
Albatta, Falastin qochqinlar lagerlarida Oslo bitimlarini buzish tufayli hukumatning 
vahshiyliklaridan norozi bo‘lib, odamlarning qahr-g‘azabi yanada kuchayib bormoqda. 
O'sha bitim shartlariga ko‘ra, 1948 yili o‘z vatanidan ayrilgan falastinliklarga, o‘z 
yerlaringizga qaytish haqida o‘ylamay ham qo‘ya qolinglar, deb aytishmoqda. Abadiy 
qochqinlik hayotidan boshqa narsani tasavvur ham qilolmaydigan bunday kishilar uchun 
xudkushlik unchalik ham dahshatli narsa emas. Jannatga tushish uchun o‘zini o‘zi 
portlatib yuborayotgan yigit-qizlarga nafrat ko‘zi bilan qarayotgan g‘arblik jurnalistlar 
falastinliklarning taqriban 50 yildan beri jahannamda yashab kelayotganini, Oslo bitimi 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish